Referat mavzu: O’zbekistonda davlatning pul-kredit siyosati
Download 1.75 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekistonda davlatning pul kredit siyosati uning dastaklari va
21 4-diagramma. Banklar tomonidan jalb qilingan jami depozitlar hajmi yil boshiga nisbatan 36,3 foizga oshib, 2012 yil 1 yanvar holatiga 18,0 trln. so'mni tashkil etdi. Banklardagi omonatlar hajmining oshishida aholi real daromadlarining o'sishi hamda bank tizimining barqarorligi asosiy omil bo'lgani holda, banklardagi omonatlarning to'liq qaytarilishi davlat tomonidan kafolatlanganligi va ulardan olinadigan foiz daromadlari soliqdan ozod etilganligi bank depozitlarini qulay, xavf-xatarsiz va barqaror daromadli moliyaviy instrumentga aylantirdi. Aholining talab va ehtiyojlarini inobatga olgan holda, hozirda tijorat banklari tomonidan 400 dan ortiq jozibador omonat turlari taklif etilmoqda. Natijada, aholining banklardagi pul mablag'lari qoldig'i o'tgan yilning mos davriga nisbatan 1,7 trln. so'mga yoki 1,4 barobarga ortib, 2012 yil 1 yanvar holatiga 6,2 trln. so'mga etdi(5-diagramma). Aholi omonatlarining tarkibida jamg'arma va muddatli omonatlar ulushi 88,1 foizni tashkil etdi. 22 5-diagramma. Banklarning resurs bazasini mustahkamlash maqsadida banklar tomonidan uzoq muddatli obligatsiyalar va deposit sertifikatlarini muomalaga chiqarilishiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Jumladan, 2011 yilda tijorat banklari tomonidan 204 mlrd. so'mlik uzoq muddatli obligatsiyalar investorlar o'rtasida joylashtirilgan bo'lsa, aholi va xo'jalik yurituvchi sub'ektlar o'rtasida joylashtirilgan bank depozit sertifikatlari hajmi 427 mlrd. so'mni tashkil qildi. Bugungi kunda banklar resurs bazasining muttasil o'sib borayotganligi, o'z navbatida banklarning kreditlash va investitsiyalash imkoniyatlarini kengaytirib, bank aktivlari hajmining oshishiga imkon bermoqda. Tijorat banklarining umumiy aktivlari o'tgan yilga nisbatan 6,7 trln. so'mga yoki 32,4 foizga oshib, 27,5 trln. so'mga etdi. Download 1.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling