Referat mavzu: O’zbekistonda inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va


Download 53.14 Kb.
bet2/6
Sana11.03.2023
Hajmi53.14 Kb.
#1260809
TuriReferat
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Referat mavzu O’zbekistonda inson va fuqarolarning asosiy huquq-fayllar.org

bo’g’in huquqi, deb ataluvchilar (tinchlikda bo’lgan huquq, rivojlanishga bo’lgan huquq
va h. k). 
Mazkur qoidaq O’zbekiston qonun hujjatlarining butun bir tizimida mustahkamlab
qo’yilgan. Unga ko’ra; fuqarolarning faqat ayrim qatlamlari-nafaqa oluvchilar, nogironlar, 
talabalar, bolalar, urush va mehnatfaxriylariga qonunga binoan biror-bir imtiyozlar
berilishi mumkin. Belgilangan imtiyozlar ijtimoiy adolat va qonun oldida tenglik 
prinsiplariga asoslanishi darkor.


Jamiyatda shaxsning tutgan o’rni, fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklari hamda


burchlari konstitutsiyaviy huquq normalarida o’z ifodasini topqdi. Inson va jamiyat, shaxs 
va davlat munosabatlaridagi qator muammolar yechimini topishda, avvalambor huququy
holatiga qanchalik yondashilganligi katta ahamiyatga ega. Shaxsning huquqiy holatining 
asoslari, uning tarkibiy qismlari har bir taraqqiy etgan mamlakatlar konstitutsiyalari,
konstitutsiyaviy qonunlari va qonunlarida mustahkamlab qo’yilgan. 
Har bir shaxs jamiyat a’zosi sifatida namoyon bo’lar ekan, shu jamiyat va uning a’zolari
oldida ma’lum mas’uliyatlarni o’z bo’yniga oladi. Chunki shu jamiyat a’zosi sifatidagina 
u ma’lum mavqeiga ega ekan, shu sababli jamiyatning faol a’zosiga aylanishi lozim.
Jamiyat o’z navbatida davlat bilan ham ma’lum munosabatlar o’rnatadiki, bunday 
munosabatlarning eng yuqori ko’rinishi, o’zining har bir a’zosining huquq va erkinliklari
davlat tomonidan himoya qilinishi, himoya qilinishining muammosini qanchalik darajada 
hal qilinganligi bilan ifodalanadi.
Davlat jamiyat hayotidagi barcha ijtimoiy –iqtisodiy, siyosiy munosabatlari tartibga 
solib borish vazifasini amalgam oshirishda huquqiy vositalardan qanchalik mohirona
foydalana olsa, jamiyat hayoti ham shunchalik erkin muhitga ega bo’ladi. 
Shaxsning huquqiy holati asosan ikki mezon asosida belgilanadi. Birinchidan,
shaxsning jamiyat a’zosi sifatidagi munosabatlarida, ikkinchidan, shaxsning muayyan 
davlat bilan yuzaga keladigan munosabatlar asosida.
Shaxs huquqiy holatini belgilovchi, ya’ni shaxsning tartibga solinishi jamiyatda 
amalda bo’lgan ijtimoiy normalar ta’sirida yuzaga keladi. Bunda urf-odat, odob-axloq
normalarining, jamiyatda mavjud va shakllanayotgan an’analarning alohida o’rni mavjud. 
Shunga qaramay, ijtimoiy normalar shaxsning huquqiy holatiga salmoqli ta’sir
o’tkazmaydi. 
Shaxs bilan davlat o’tasidagi munosabatlar hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Davlat 
mavjud bo’lgan barcha huquq sohalarining vazifasim ijtimoiy
munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan bo’lsada, eng asosiy tomoni-konstitutsiyaviy 
huquq sohasi asosida shaxsning huquqiy holatiga ma’lum baho berish mumkin.
Shaxsning huquqiy holatiga ta’sir etuvchi qator omillar mavjudki, ular bevosita 
shaxsning jamiyat va davlat bilan bo’lgan munosabatlarida ko’rinadi.
Avvalambor shaxsning muayyan davlat bilan uzviy huquqiy munosabatda bo’lishi, ya’ni 
shu davlat fuqaroligiga ega bo’lishlikning o’zi alohida huquqiy holatni belgilab beradi.
Fuqaroligi bo’lmagan, ya’ni hech bir davlat fuqaroligini olmagan shaxslarning 
huquqiy holati muayyan davlat alohida holatda bo’ladi.
Ikki fuqarolikka yoki ko’p fuqarolikka ega bo’lgan shaxslarning huquqiy holati ham 
ma’lum munosabatlarda o’zgacha holat kasb etadi. Demak, fuqarolik, fuqarolikka ega
bo’lmaslik, ko’p fuqarolik masalalari shaxsning huquqiy holatiga ta’sir etuvchi omildir. 
Ikkinchidan, shaxsning huquqiy holatiga ta’sir etuvchi omillardan yana biri,
shaxsning ma’lum yoshga to’lishi va natijada muomala layoqatiga ega bo’lishi 
hisoblanadi.
Huquqiy layoqatga ega bo’lish ham alohida ahamiyat kasb etadi, ya’ni o’z hatti-
harakatiga ongli ravishda yondasha olishlik lozim.
O’zbekiston qonunlari bilan inson huquq va erkinliklarini davlat tomonidan qonuniy 
cheklashlarga qo’yiladigan aniq talablar quyidagicha belgilangan:
1. faqat qonunga asoslanish; 
2. boshqalarning huquq va erkinliklarini xurmatlash, axloq talablarini, demokratik
jamiyatda jamoat tartibi va ijtimoiy farovonlik talablarini qondirish maqsadlarida 
amalgam oshirish.
Shu bilan birga huquq va erkinliklarni cheklashga favqulotda hollardagina yo’l 
qo’yiladi.





Download 53.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling