Referat Mavzu: O`zbekistonda oliy ta`lim sohasida olib borilgan islohotlar va uning istiqbollari Reja
Download 28.77 Kb.
|
Mavzu O`zbekistonda oliy ta`lim sohasida olib borilgan islohotl-fayllar.org (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sankt-Peterburg
- Foydalanilgan adabiyotlar
Mavzu: O`zbekistonda oliy ta`lim sohasida olib borilgan islohotlar va uning istiqbollari Referat Mavzu:O`zbekistonda oliy ta`lim sohasida olib borilgan islohotlar va uning istiqbollari Reja:
Prezidentimizning keng qamrovli islohotlari
Oliy ta`lim sohasida fuqarolar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar Oliy va o`rta maxsus ta`lim bo`yicha yillik ko`rsatkichlar Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Tayyorladi: Baratova Mohinur Jamiyat taraqqiyoti amalga oshirilayotgan islohotlarning koʻlami va mantigʻiga bogʻliq. Qaysi soha eʼtiborga muhtojligini ilgʻab, chuqur va har tomonlama oʻylanib amalga oshirilgan islohotlargina xalqning mushkulini oson, ogʻirini yengil, turmushini farovon qiladi, muammolariga yechim topib beradi. Bajarilayotgan ishlar zamirida bugungi muammolarni yechish bilan birga uzoq kelajak ham koʻzlangan boʻlishi lozim. Achchiq boʻlsa ham tan olish kerak, mamlakatimizda jamiyatning rivojlanish tendensiyalari, aholining demografik oʻsishi, salmoqli qatlam boʻlgan yoshlarning intilishi, global texnologik jarayonlarni hisobga olmagan holda taʼlim tizimida oʻtkazilgan islohotlar kutilgan samarani bermadi. Uning asnosida muammolar koʻpaysa koʻpaydiki, kamaymadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida amalga oshirilayotgan islohotlar, birinchi navbatda, demografik jarayonlar va urbanizatsiyani, bashariyat tafakkuri hamda xalqimizning oʻsayotgan siyosiy dunyoqarashi, ongi va madaniyati, umumxalq manfaati chuqur oʻylangan holda amalga oshirilmoqda. Bu yil mamlakatimiz mustaqilligining 30 yillik sanasini nishonlaymiz.Tarix uchun oʻttiz yil arzimas, albatta, lekin bu jamiyat taraqqiyoti uchun ancha salmoqli muddat hisoblanadi.Shu yillar davomida nimalarga erishdik, qanday yutuqlarni qoʻlga kiritdik, degan savollar hammani qiziqtiradi. Jamiyat taraqqiyoti hamma vaqt ham bir tekisda rivojlanmaydi, chunki u oʻz yoʻlida qarama-qarshiliklarga, ziddiyatlarga boy boʻladi, lekin ana shu ziddiyatlar va qarama-qarshiliklarni mustahkam iroda va matonat bilan yengib, oʻzining taraqqiyot yoʻlini toʻgʻri tanlab olishda mamlakat yetakchilarining roli va oʻrni katta boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Yangi Oʻzbekiston” gazetasi bosh muharriri savollariga bergan javobida taʼkidlaganidek, “Mustaqil taraqqiyot borasida erishgan ulkan yutuqlar bilan birga, yoʻlimiz ayrim xato va kamchiliklardan ham xoli boʻlmaganini ochiq aytish lozim. Mustabid tuzumdan voz kechib, demokratik jamiyat barpo etishga qaratilgan jarayonlar, murakkab va tahlikali davrning oʻzi turli muammo va vazifalarni oldimizga koʻndalang qoʻydi. Ularni muvaffaqiyatli hal etish uchun bilim va tajribamiz, iroda va qatʼiyatimiz baʼzan yetsa, baʼzida yetmagan holatlar ham boʻldi”. Agar yetakchi burilish pallasini his qila olmasa, jamiyat turgʻunlikda qolib ketadi.Shuning uchun ham tarixchilar shaxsning tarixdagi rolini alohida eʼtirof etib, uni alohida ilmiy mavzu sifatida oʻrganadi.Shu maʼnoda xalqimiz yetakchi masalasida shukrona aytib kelmoqda.Har qanday yutuqning garovi — bu tinchlikdir.Shunday ekan, jamiyatimizning barqaror rivojlanishida millat yetakchisining xizmatlari katta, buni xalqimiz qadrlaydi. Shavkat Mirziyoyevning Prezidentlik lavozimiga kelishi bilan mamlakatda keng qamrovli islohotlarni amalga oshirishning natijalarini tahlil etar ekanmiz, Oʻzbekiston muhim tarixiy burilish pallasida turganini aniq koʻramiz. Mamlakatimiz va xalqimiz hayotida keyingi besh yil hech oʻylab koʻrilmagan, xayolga keltirilmagan yangiliklarga boy boʻldi. Aynan shu davrda mamlakatimiz iqtisodiyotida, madaniyati va maʼnaviyatida, ijtimoiy-siyosiy hayotida, turmush tarzida, dunyoqarashiyu, tafakkurida demokratik oʻzgarishlar yuz berdi. Umuman hamma sohada katta yuksalish, rivojlanish va ijobiy oʻzgarishlar davri boʻldi. Bu besh yillikda demokratik qadriyatlar, fuqarolarning demokratik-huquqiy erkinliklari qaror topib, matbuot va soʻz erkinligiga yoʻl ochib berildi. Jamiyatga demokratik huquqiy va matbuot erkinligini berish har qanday davlat rahbaridan katta matonat va jasorat talab etadi. Shavkat Mirziyoyev oʻzida ana shu matonat va jasoratni topa oldi. Bu xizmatlari bilan Prezidentimiz xarizmatik shaxs ekanini isbotladi hamda Oʻzbekiston tarixida demokratik prezident sifatida alohida joy oldi.Bular hammasi xalqimiz uchun haqiqiy maʼnodagi tuhfa boʻldi.Buni aytishdan maqsadim — taʼlim erkinlikni sevadi. Taʼlim tizimida, jumladan, oliy taʼlimda amalga oshirilgan islohotlar natijasida yuz bergan oʻzgarishlar ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va maʼnaviy jihatdan katta tarixiy ahamiyatga ega. Amalga oshirilgan islohotlar nafaqat mamlakatimizda katta ijobiy oʻzgarishlarga olib keldi, hatto xalqaro maydonda ham mamlakatimiz obʼroʻ-eʼtiborini yangi bosqichga olib chiqdi.Bu borada qator meʼyoriy hujjatlar qabul qilindi. Prezidentimiz taʼlimdagi kamchiliklarni tanqidiy tahlil qilib, uni bartaraf etish yoʻllarini koʻrsatib berdi. Taʼlim tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod maʼnaviyatini yuksaltirish, maʼnaviy- maʼrifiy muhitni zamon talabiga moslash, oʻqituvchi kasbining, nufuzini oshirish, yangi davr pedagoglarini tarbiyalash, pedagogika fanini rivojlantirish, innovatsion taʼlim va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini taʼlimga joriy etishga katta eʼtibor qaratish masalalariga jiddiy yondashish va shu bilan birga, oʻqituvchilar oyligini oshirish va ragʻbatlantirib borish zarurligini koʻrsatdi, bu masalalarda katta ishlar amalga oshirildi. Zamonaviy ilm-fan va ishlab chiqarish tomonidan ilgari surilgan barcha masalalarni ishonch bilan hal qilishga qaratilgan davlat siyosatini amalga oshirish uchun oliy oʻquv yurtlarida barcha shart-sharoitlar, imkoniyatlar yaratilmoqda. Har qanday barqaror rivojlanayotgan jamiyat da xato-kamchilik boʻlgani kabi, bizda ham ular mavjud boʻlganini tan olish kerak. Yoshlarning oliy taʼlim olish va konstitutsion huquqlarini ruyobga chiqarish imkoniyati maʼlum darajada cheklangan edi. Keyingi besh yilda oʻtkazilgan Oliy taʼlim islohotlarida bunday holatlarga butunlay chek qoʻyildi va u oʻtmishga aylandi. Oliy taʼlim islohotlarining mahsuli sifatida mamlakatimizda oliy maʼlumot olmoqchi boʻlgan har qanday fuqaro uchun imkoniyatlar eshigi ochildi. Aniqroq aytganda, yoshidan qatʼi nazar, oliy maʼlumotni kunduzgi, kechki va sitqi taʼlim shaklida olishga sharoit yaratildi. Yaʼni mamlakatimizning har bir fuqarosi yoshi, millati va elatidan qatʼi nazar, oʻzining Konstitutsion huquqlaridan toʻliq foydalanish imkoniyatiga ega boʻldi. Bundan tashqari, mehnat staji, ish tajribasiga ega boʻlgan fuqarolar oʻzlari ishlayotgan korxonaning yuqori tashkilotlari tavsiyasi bilan imtihonsiz, suhbat asosida oliy oʻquv yurtiga kirish imkoniyatini qoʻlga kiritdi. Jumladan, kamida 5 yil ish stajiga ega xodimlarini 2021/2022 oʻquv yilida davlat OTMlarining sirtqi va kechki taʼlim shakliga oʻqishga kirishi uchun Respublikamizdagi 71 ta tashkilotga tavsiya berish huquqi berildi. Ular tomonidan berilgan yoʻllanmaga koʻra, ishlovchi xodimlar imtihonsiz, suhbat natijalariga koʻra, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilish qoidasining kiritilishi xalqimiz uchun kutilmagan yangilik boʻldi.Har bir tashkilot 100 tagacha xodimiga shunday yoʻllanma berishi mumkinligi ham qayd etildi.Oliy taʼlim islohotining bu qoidasi bozor munosabatlarining mohiyatiga ham moslandi. Oliy taʼlim islohoti, fuqarolarning oliy taʼlim olish huquqi toʻgʻrisida gap borar ekan, oʻrta maktab va kollejlar bitiruvchilarini oliy taʼlim bilan qamrab olish masalasi ham yechimini kutayotgan oʻtkir muammolardan edi. Maktab va kollej bituruvchilari bilan oliy oʻquv yurtlarining nisbati keskin farq qilishi bilim olaman, degan ilmga chanqoq yoshlarning ehtiyojini qondira olmasligi oqibatida minglab yoshlarning yaqin va uzoq mamlakatlarga chiqib ketishiga olib keldi. Prezident tashabbusi bilan koʻrilgan chora-tadbirlar tufayli 2017-2021-yillarda bu raqam oldingi 9 foizdan 28 foizga yetdi. Maktab bitiruvchilarini oliy taʼlim bilan qamrab olish darajasi 2030-yilda 50 foizga yetkaziladi.Shuni hisobga olib, oliy oʻquv yurtlariga talabalar qabul qilish davlat grantlari 2 barobar koʻpaytiriladi. Oliy taʼlim muassasalari soni 141 taga yetdi, qabul oʻrinlari 66 mingtadan 182 mingtaga oshdi.Xorijiy mamlakatlar taʼlim muassasalarining 26 ta filialida mutaxassislar tayyorlash yoʻlga qoʻyildi. Oliy taʼlimning qamrov darajasini bosqichma-bosqich oshirish, tizimda sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, oʻquv yuklamalarini maqbullashtirish, taʼlim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish, oliy taʼlim muassasalarining moliyaviy mustaqilligini taʼminlash, professor-oʻqituvchilarning maoshi oʻrtacha 3,5 barobarga oshirilishi — oliy taʼlim islohotlarining dastlabki natijalaridir. Oliy taʼlim islohotlarining muhim qirralaridan yana biri yoshlarimizning bir vaqtda bir nechta oliy oʻquv yurtiga hujjat topshirish masalasi edi. Mamlakatimizda ancha yillardan buyon faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy taʼlim maskanlarining qabul jarayoniga havas bilan qarab kelar edik.Zero, bir vaqtning oʻzida mamlakatimizdagi hamma xorijiy oliy oʻquv yurtlariga hujjat topshirish mumkin edi.Bu holat bizni ham hayratga solar, ham havasimizni keltirgan. Prezidentimiz aynan ana shu masalada “Yoshlarimizga bir vaqtning oʻzida bir nechta oliy oʻquv yurtiga hujjat topshirish imkoniyatini berishimiz, oʻylaymanki, ularning taʼlim olish huquqlarini kengaytirishga xizmat qiladi”, — deb taʼkidlagan edi. Hech qancha vaqt oʻtmay yoshlarimiz shunday imkoniyatga ega boʻldi. Keyingi yillarda oliy taʼlim tizimiga nodavlat va xususiy sektorning, shuningdek, koʻplab xorijiy oliy oʻquv yurtlari va filiallarining kirib kelishi ijobiy holat boʻldi. Bir jihatdan oliy taʼlimning qamrovi kengaysa, ikkinchidan, davlat va nodavlat taʼlim muassasalari oʻrtasida ijobiy maʼnodagi oʻzaro raqobatni taʼminlaydi, tizimda bozor qonunlari ishlay boshlaydi. Zero uning natijasi muhim hisoblanadi, chunki har bir oliy oʻquv muassasasi sifatli kadr lar tayyorlash uchun kurashadi. Raqobat va bozor sifatsiz mahsulotlarni yoqtirmaydi. Natijada raqobatbardosh mahsulot yaratish har bir oliy taʼlim muassasasining asosiy maqsadiga aylanadi, natija kutilganidek yuqori boʻladi.Shularning oʻziyoq taʼlimdagi islohotlar chuqur oʻylangan holda olib borilayotganini anglatadi. Tizimdagi islohotlarning eng muhim jihatlaridan biri, oliy taʼlim bilan ishlab chiqarish oʻrtasidagi aloqadorlik integratsiyasini vujudga keltirish boʻldi.Zero, hamkorliksiz yuqori malakali, zamon talabidagi kadrlar tayyorlash mumkin emas.Mamlakatimizdagi yirik sanoat korxonalarining buzilib ketishi natijasida hamkorlik aloqalari uzilib, taʼlim oʻz yoʻlida, ishlab chiqarish oʻz yoʻlida faoliyat yuritar edi. Bugungi kunda mamlakatimizda yirik va oʻrta ishlab chiqarish korxonalari qad koʻtardi, oliy taʼlim bilan ishlab chiqarish oʻrtasidagi hamkorlik integratsiyasi yoʻlga qoʻyildi. Texnika oliy oʻquv muassasalari talabalari nafaqat yangi texnologiyalar bilan tanishish, balki ularni boshqarish amaliyotiga ega boʻlmoqda. Keyingi yillarda yoshlarimizning ta’lim olishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmatiga ko‘ra, o‘tgan 6 yil mobaynida oliy o‘quv yurtlari soni 77 tadan 170 taga yetdi, ularga qabul 3,5 baravarga ortdi. Oliy ta’limda raqobatni qo‘llab-quvvatlash va xususiy sektorni jalb qilish orqali 24 ta xorijiy hamda 27 ta nodavlat oliygohlar tashkil etildi. Shu asosda yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrov darajasi 9 foizdan 32 foizga oshirildi. Oliy ta’limga qamrov darajasini oshirish maqsadida respublika OTMlariga 2022/2023 o‘quv yilida qabul ko‘rsatkichlari jami 197 ming 858 tani (shu jumladan 16 ming 933 ta magistratura) tashkil etib, o‘tgan o‘quv yiliga nisbatan 15 foizga oshirilgan. Joriy yilda 25 ta yangi oliygoh faoliyati yo‘lga qo‘yilib, jumladan, nodavlat oliy o‘quv yurtlari 27 taga, xorijiy oliygohlar 31 taga, davlat oliygohlari esa 112 taga yetdi. Universitetlar tarkibidagi 5 ta pedagogika instituti va 3 ta pedagogika fakultetlari negizida alohida Pedagogika institutlari, Toshkent davlat agrar universitetining Nukus hamda Termiz filiallari hamda Toshkent davlat texnika universitetining Termiz filiali negizida alohida institutlar tashkil etildi. Mamlakatimizda o‘qituvchilarga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olgan holda, Andijon davlat chet tillar instituti va Namangan davlat chet tillar instituti tashkil etildi. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiga «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» milliy tadqiqot universiteti, uning Buxoro va Qarshi filiallariga alohida institut maqomi berildi. Samarqand davlat universitetida Agrobiotexnologiyalar instituti, Muhandislik instituti va Urgut filiali tashkil etildi. Shuningdek “Yangi O‘zbekiston" universitetining tashkil etilganligi iqtidorli yoshlarimiz uchun yaratilgan alohida imkoniyatdir. Shu bilan birga yurtimizda xorijiy yetakchi universitetlar filiallari tashkil etildi.Bunda Sankt-Peterburg davlat universiteti, Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyotuniversiteti, Qozon federal universiteti, Italiyaning Piza universiteti filiallarini alohida qayd etish lozim. Bunday salohiyatli xorijiy oliygohlarning faoliyati mahalliy oliygohlarning rivojlanishiga ham ijobiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. Joriy o‘quv yilida 200 ming nafardan ortiq yoshlarimiz oliygohlarga qabul qilinishi rejalashtirilgan. Bunda davlat grantlari 4 ming 636 taga yoki 10 foizga oshirildi. 2022 yilda oliy ta’lim sohasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 38 foizga yetkazish maqsadida nodavlat oliy ta’lim muassasalari soni 27 tadan, jami oliygohlar soni esa 170 tadan oshiriladi. Oliy ta’lim jarayoni to‘liq kredit-modul tizimiga o‘tkazildi.Asos sifatida Yevropaning ECTS (European Credit Transfer and Accumulation System) tizimi qabul qilindi. O‘quv reja va o‘quv dasturlar tayanch oliy ta’lim muassasalari tomonidan ishlab chiqilib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanishi amaliyoti bekor qilindi. Oliy ta’lim muassasalariga akademik mustaqillik berilib, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab barcha o‘quv rejalar va o‘quv dasturlar har bir oliy ta’lim muassasasi tomonidan mustaqil ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi tartibi joriy etildi. Yangi standartlar va malaka talablari asosida kredit-modul tizimiga mos ravishda OTMlar tomonidan 625 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 634 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha o‘quv rejalar hamda 4,7 mingdan ziyod o‘quv dasturlar ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Ta’lim jarayoniga oliy ta’lim muassasalaridan olinadigan turli hisobot va ma’lumotlar sonini keskin kamaytirish, ularni tayyorlashning qog‘oz shaklidan voz kechish, boshqaruv tizimini raqamlashtirish maqsadida “Raqamli universitet" loyihasi doirasida “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi" (HEMIS - Higher Education Management Information Systems) ishlab chiqildi. Bu tizim “Ma’muriy", “O‘quv", “Ilmiy" va “Moliyaviy" jarayonlarini boshqarish modullarini o‘z ichiga oladi. 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab bosqichma-bosqich oliy ta’lim muassasalarida joriy etish orqali “O‘quv jarayoni" modulida guruh jurnali, dars jadvali, imtihonlar jadvallari, talabaning reyting daftarchasi, o‘zlashtirish qaydnomalari, davomat hisobotlari, diplom va akademik ma’lumotnomalar raqamlashtirildi. “Ma’muriy jarayon" modulida oliy ta’lim muassasasi strukturasi, talabalar kontingenti va ularning harakati, professor-o‘qituvchilar tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yuritish hamda hisobotlarni tayyorlash raqamlashtirildi. 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab barcha davlat oliy ta’lim muassasalarida talabalar o‘quv varaqasi, reyting daftarchasi, akademik ma’lumotnoma, dars jadvali, davomat va o‘zlashtirishga oid ma’lumotlar, to‘lov-kontrakt shartnomalari raqamlashtirildi. Ta’lim jarayonini ortiqcha me’yorlashtirishni qisqartirish maqsadida oliy ta’limning 26 ta ta’lim sohasi bo‘yicha davlat ta’lim standartlaridan voz kechildi va standartlar soni 2 tagacha qisqartirildi. Mazkur standartlar YUNESKO tomonidan joriy etilgan “Ta’limning xalqaro standart klassifikatsiyasi" (TXSK 2011) hamda “TXSK: Ta’lim va kasbiy tayyorlash sohalari" (TXSK-S 2013) asosida qayta ishlab chiqilib, tasdiqlandi va Davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Oldingi klassifikatsiya bo‘yicha 6 bosqichli tizim amal qilgan bo‘lsa, endilikda 8 darajali tizim joriy etildi. Yangi standartlar va malaka talablari asosida kredit-modul tizimiga mos ravishda OTM tomonidan 625 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 634 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha o‘quv rejalar hamda 4,7 mingdan ziyod o‘quv dasturlar ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Respublika oliy ta’lim muassasalarini o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash ta’lim siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.So‘nggi 5 yilda 11 ming 990 nomdagi yangi avlod o‘quv adabiyotlari yaratildi hamda nashr etishga ruxsat berildi. Jumladan, joriy yilning 1 iyul holatiga 1 ming 527 nomda (shundan, darslik – 504 ta, o‘quv qo‘llanma – 1 023 ta) o‘quv adabiyotlari nashr etishga ruxsat berilgan. Shu bilan birga, so‘nggi olti yilda (2017-2022 yy) respublika oliy ta’lim muassasalarining xorijiy universitetlar bilan o‘zaro hamkorlik dasturlari hamda “El-yurt umidi" jamg‘armasi grantlari doirasida 6 ming 151 nafar professor-o‘qituvchilar xorijiy oliy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalariga malaka oshirish va stajirovka o‘tash uchun yuborildi. Ularning 2185 nafari Yevropa, 445 nafari Amerika, 1059 nafari Osiyo, 2462 nafari MDH mamlakatlariga yuborildi. Oliy ta’lim muassasalarida “Karera markazlari" faoliyati yo‘lga qo‘yilib, uning tarkibida “Kovorking ofis"lari tashkil etildi. Darhaqiqat, balandparvozliklardan xoli bo‘lgan bu ko‘rsatkichlarda yoshlarning samarali oliy ta’lim olishi uchun keng imkoniyatlar mujassam. Xulosa oʼrnida, taʼlim sohasidagi islohotlar ham bugungi kunda oʼzining dolzarbligi hamda amaliy ahamiyati bilan boshqa sohalardagi islohotlardan aslo qolishmaydi.Chunki ushbu sohadagi islohotlarni yanada keng koʼlamda davom ettirish davr talabidir. Keyingi yillarda yoshlarimizning ta’lim olishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmatiga ko‘ra, o‘tgan 6 yil mobaynida oliy o‘quv yurtlari soni 77 tadan 170 taga yetdi, ularga qabul 3,5 baravarga ortdi. Oliy ta’limda raqobatni qo‘llab-quvvatlash va xususiy sektorni jalb qilish orqali 24 ta xorijiy hamda 27 ta nodavlat oliygohlar tashkil etildi. Shu asosda yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrov darajasi 9 foizdan 32 foizga oshirildi. Oliy ta’limga qamrov darajasini oshirish maqsadida respublika OTMlariga 2022/2023 o‘quv yilida qabul ko‘rsatkichlari jami 197 ming 858 tani (shu jumladan 16 ming 933 ta magistratura) tashkil etib, o‘tgan o‘quv yiliga nisbatan 15 foizga (27 ming 203 nafar) oshirilgan. Joriy yilda 25 ta yangi oliygoh faoliyati yo‘lga qo‘yilib, jumladan, nodavlat oliy o‘quv yurtlari 27 taga, xorijiy oliygohlar 31 taga, davlat oliygohlari esa 112 taga yetdi. Universitetlar tarkibidagi 5 ta pedagogika instituti va 3 ta pedagogika fakultetlari negizida alohida Pedagogika institutlari, Toshkent davlat agrar universitetining Nukus hamda Termiz filiallari hamda Toshkent davlat texnika universitetining Termiz filiali negizida alohida institutlar tashkil etildi. Mamlakatimizda o‘qituvchilarga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olgan holda, Andijon davlat chet tillar instituti va Namangan davlat chet tillar instituti tashkil etildi. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiga «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» milliy tadqiqot universiteti, uning Buxoro va Qarshi filiallariga alohida institut maqomi berildi. Samarqand davlat universitetida Agrobiotexnologiyalar instituti, Muhandislik instituti va Urgut filiali tashkil etildi. Shuningdek “Yangi O‘zbekiston" universitetining tashkil etilganligi iqtidorli yoshlarimiz uchun yaratilgan alohida imkoniyatdir. Shu bilan birga yurtimizda xorijiy yetakchi universitetlar filiallari tashkil etildi. Bunda Sankt-Peterburg davlat universiteti, Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti, Qozon federal universiteti, Italiyaning Piza universiteti filiallarini alohida qayd etish lozim. Bunday salohiyatli xorijiy oliygohlarning faoliyati mahalliy oliygohlarning rivojlanishiga ham ijobiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. Joriy o‘quv yilida 200 ming nafardan ortiq yoshlarimiz oliygohlarga qabul qilinishi rejalashtirilgan. Bunda davlat grantlari 4 ming 636 taga yoki 10 foizga oshirildi. 2022 yilda oliy ta’lim sohasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 38 foizga yetkazish maqsadida nodavlat oliy ta’lim muassasalari soni 27 tadan, jami oliygohlar soni esa 170 tadan oshiriladi. Oliy ta’lim jarayoni to‘liq kredit-modul tizimiga o‘tkazildi. Asos sifatida Yevropaning ECTS (European Credit Transfer and Accumulation System) tizimi qabul qilindi. O‘quv reja va o‘quv dasturlar tayanch oliy ta’lim muassasalari tomonidan ishlab chiqilib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanishi amaliyoti bekor qilindi. Oliy ta’lim muassasalariga akademik mustaqillik berilib, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab barcha o‘quv rejalar va o‘quv dasturlar har bir oliy ta’lim muassasasi tomonidan mustaqil ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi tartibi joriy etildi. Yangi standartlar va malaka talablari asosida kredit-modul tizimiga mos ravishda OTMlar tomonidan 625 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 634 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha o‘quv rejalar hamda 4,7 mingdan ziyod o‘quv dasturlar ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Ta’lim jarayoniga oliy ta’lim muassasalaridan olinadigan turli hisobot va ma’lumotlar sonini keskin kamaytirish, ularni tayyorlashning qog‘oz shaklidan voz kechish, boshqaruv tizimini raqamlashtirish maqsadida “Raqamli universitet" loyihasi doirasida “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi" (HEMIS - Higher Education Management Information Systems) ishlab chiqildi. Bu tizim “Ma’muriy", “O‘quv", “Ilmiy" va “Moliyaviy" jarayonlarini boshqarish modullarini o‘z ichiga oladi. 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab bosqichma-bosqich oliy ta’lim muassasalarida joriy etish orqali “O‘quv jarayoni" modulida guruh jurnali, dars jadvali, imtihonlar jadvallari, talabaning reyting daftarchasi, o‘zlashtirish qaydnomalari, davomat hisobotlari, diplom va akademik ma’lumotnomalar raqamlashtirildi. “Ma’muriy jarayon" modulida oliy ta’lim muassasasi strukturasi, talabalar kontingenti va ularning harakati, professor-o‘qituvchilar tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yuritish hamda hisobotlarni tayyorlash raqamlashtirildi. 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab barcha davlat oliy ta’lim muassasalarida talabalar o‘quv varaqasi, reyting daftarchasi, akademik ma’lumotnoma, dars jadvali, davomat va o‘zlashtirishga oid ma’lumotlar, to‘lov-kontrakt shartnomalari raqamlashtirildi. Ta’lim jarayonini ortiqcha me’yorlashtirishni qisqartirish maqsadida oliy ta’limning 26 ta ta’lim sohasi bo‘yicha davlat ta’lim standartlaridan voz kechildi va standartlar soni 2 tagacha qisqartirildi. Mazkur standartlar YUNESKO tomonidan joriy etilgan “Ta’limning xalqaro standart klassifikatsiyasi" (TXSK 2011) hamda “TXSK: Ta’lim va kasbiy tayyorlash sohalari" (TXSK-S 2013) asosida qayta ishlab chiqilib, tasdiqlandi va Davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Oldingi klassifikatsiya bo‘yicha 6 bosqichli tizim amal qilgan bo‘lsa, endilikda 8 darajali tizim joriy etildi. Yangi standartlar va malaka talablari asosida kredit-modul tizimiga mos ravishda OTM tomonidan 625 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 634 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha o‘quv rejalar hamda 4,7 mingdan ziyod o‘quv dasturlar ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Respublika oliy ta’lim muassasalarini o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash ta’lim siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. So‘nggi 5 yilda 11 ming 990 nomdagi yangi avlod o‘quv adabiyotlari yaratildi hamda nashr etishga ruxsat berildi. Jumladan, joriy yilning 1 iyul holatiga 1 ming 527 nomda (shundan, darslik – 504 ta, o‘quv qo‘llanma – 1 023 ta) o‘quv adabiyotlari nashr etishga ruxsat berilgan. Shu bilan birga, so‘nggi olti yilda (2017-2022 yy) respublika oliy ta’lim muassasalarining xorijiy universitetlar bilan o‘zaro hamkorlik dasturlari hamda “El-yurt umidi" jamg‘armasi grantlari doirasida 6 ming 151 nafar professor-o‘qituvchilar xorijiy oliy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalariga malaka oshirish va stajirovka o‘tash uchun yuborildi. Ularning 2185 nafari Yevropa, 445 nafari Amerika, 1059 nafari Osiyo, 2462 nafari MDH mamlakatlariga yuborildi. Oxirgi olti yilda (2017-2022) oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish maqsadida 6 ming 279 nafar xorijlik mutaxassislar o‘quv jarayoniga jalb qilingan bo‘lib, ularning 1 ming 845 nafari Yevropa, 462 nafari Amerika, 1 ming 759 nafari Osiyo, 2 ming 213 nafari MDH mamlakatlari professor-o‘qituvchilari va soha mutaxassislari hisoblanadi. Axborot tizimi asosida shakllantirilgan ma’lumotlar bazalari Moliya vazirligining “Yagona ijtimoiy himoya reyestri", Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Yagona mehnat tizimi", Soliq qo‘mitasining “Ijara" tizimi, Yoshlar ishlari agentligining “Yoshlar daftari", Toshkent shahar hokimligining “Geoaxborot tizimi", Xalq ta’lim vazirligining “attestat.edu.uz" tizimiga integratsiya etilmoqda. Elektron hukumatning yagona idoralararo tarmog‘i bilan integratsiya qilish natijasida talabalarning o‘qish joyidan ma’lumotnoma so‘rash amaliyoti bekor qilindi. Shu bilan bir qatorda talabalarga transport vositalaridan foydalanish uchun imtiyozli chiptalarni xarid qilish maqsadida Transport vazirligining axborot tizimlariga integratsiya qilish natijasida talabalardan “talabalik guvohnomasi"ni qog‘oz ko‘rinishida talab qilishga chek qo‘yildi. 2022 yildan boshlab, talabalarga ijara pullarini qoplab berish maqsadida ma’lumotlarni Davlat soliq qo‘mitasining maxsus platformasiga taqdim etish orqali ijaraga beruvchi va talaba o‘rtasida elektron shartnomalar tuzish yo‘lga qo‘yildi. Ayni vaqtda, ushbu axborot tizimi oliy ta’lim muassasalarining ma’muriy boshqaruv, o‘quv, ilmiy va moliyaviy faoliyatini raqamlashtirishga qaratilgan bo‘lib 35 dan ortiq turli hisobotlar va statistik ma’lumotlar faqat elektron tarzda shakllantirilmoqda. Mazkur axborot tizimi orqali talabalar uchun bir qator xizmatlar yo‘lga qo‘yildi. Jumladan, barcha bitiruvchi talabalarga diplom va uning ilovasini elektron tarzda olish imkoni yaratildi. Davlat oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan talabalarga shartnomalarini to‘liq elektron shaklda taqdim etish xizmati joriy etildi. 2022/2023 o‘quv yili boshlangunga qadar oliy va professional ta’lim muassasalarining mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga hujjatlarni onlayn topshirish axborot tizimi - vacancy.edu.uz to‘liq ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Vazirlik tomonidan mamlakat oliy ta’lim jozibadorligini targ‘ib qiluvchi “Study in Uzbekistan" (“O‘zbekistonda tahsil olish") maxsus veb-portali ishlab chiqilmoqda. Mazkur portal O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat, magistratura, doktorantura ta’lim yo‘nalishlari, mustaqil tadqiqotchilik, izlanuvchilik xususiyatidan kelib chiqib, mavjud barcha ta’lim yo‘nalishlari va ta’lim shakllari bo‘yicha tahsil olish istagini bildirgan xorijiy abituriyentlar va talabalar uchun arizalarni onlayn topshirishga imkon beradi. Foydalanilgan adabiyotlar: abt.uz/blog/oli-talim-islohotlari-kengayib-borayotgan-imkoniyatlar https//yuz.uz http://fayllar.org Download 28.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling