Referat mavzu: "O‘zbekistonning eng yangi tarixi" O‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari."
Download 26.55 Kb.
|
“O‘zbekistonning eng yangi tarixi”
- Bu sahifa navigatsiya:
- BAJARDI : 4- kurs 403-GURUH TALABASI MAMANAZAROVA GULNOZA TEKSHIRDI : ________________________
- O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi.
RENESANS TA’LIM UNIVERSITETI PEDAGOGIKA-PSIXOLOGIYA O’ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI FANIDAN REFERAT MAVZU: “O‘ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI” O‘QUV FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI, NAZARIY-METODOLOGIK TAMOYILLARI."BAJARDI: 4-kurs 403-GURUH TALABASI MAMANAZAROVA GULNOZA TEKSHIRDI:________________________ Mavzu: “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari."O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Fanni o‘rganishning nazariy-uslubiy asoslari.Intellektual salohiyatli, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, komil insonni voyaga yetkazishda mamlakat eng yangi tarixining tutgan o‘rni.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning ma’naviy yetuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning o‘rni va saboqlari to‘g‘risidagi fikrlari.XXI globallashuv asrida ta’lim sohasida mazkur fanni o‘qitishdagi nazariy- konseptual yondashuv va ilg‘or innovatsiyalar O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi. O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi o‘ta muhim masala bo‘lib, u fanning tub ilmiy-nazariy asoslarini tashkil etadi. Ma’lumki O‘zbekiston tarixi sovet davrida eng qadimgi davrdan boshlab 5 ta taraqqiyoi bosqichiga: ibtidoiy, quldorlik, feodalizm, kapitalistik, sotsialistik (kommunistik) jamiyatlarga bo‘lingandi. Mustaqillik yillarida tarixchi olimlar “Yangi tarix”ta’limoti va tarix fanini o‘rganishning nazariy- uslubiy asoslariga suyangan holda shonli boy tariximizni ilmiy asosdadavrlashtirish sohasida ma’lum yutuqlarni qo‘lga kiritdilar va tarixni sinflar kurashidan iborat, deb tushunish, uni 5 ta formatsiyaga bo‘lishdan batamom voz kechdilar. O‘zbekiston tarixiga oid dastur, darslik, va o‘quv qo‘llanmalari sovet tuzumi davrining soxta, to‘qima materiallaridan butunlay holi qilindi. Ularda O‘zbekiston tarixi shartli ravishda eng muhim davrlarga, o‘zbek davlatchiligi tarixiy davrlariga, xususan, dastlabki davlatlar (qadimgi davrlardan IX asrgacha), IX-XII asrlarda o‘zbek davlatchiligi, Amir Temur va Temuriylar davrida o‘zbek davlatchiligi. Amir Temur va Temuriylar davrida o‘zbek davlatchiligi, O‘rta Osiyo hududlarining xonliklarga bo‘linib ketishi, uning sabablari va oqibatlari, Rossiya imperiyasining Turkistonda yuritgan mustamlakachilik siyosati, Sovetlar davri siyosati va Mustaqil O‘zbekiston davlati tarixiy davrlariga bo‘lindi. O‘zbekiston tarixi fani uchun tarixiy manbalarning o‘rni va ahamiyati nihoyatda katta. Zotan, manbalar tarixni tilga kiritadi. Manbalar o‘z holatiga ko‘ra, yozma va moddiy ko‘rinishlarga ega bo‘ladi, tariximizning eng qadimgi, ya’ni yozuvsiz zamonlarga oid davrini o‘rganishda arxeologik, antropologik va etnogafik manbalar yordamga keladi.Moddiy ashyoviy manbalarga qadimda inson qo‘li bilan yaratilgan hamma narsalar kirali. Yozma manbalarga esa qoyatoshlarga, sopol, yog‘och, teriga va xokazolarga bitilan qadimgi yozuvlar va kitoblar kiradiO‘zbekiston tarixi bo‘yicha eng qadimgi yozma manba zardushtiylik dining muqaddas kitobi “Avesto”dir. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida davlat boshqaruv tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy sohalarda katta o‘zgarishlar amalga oshirildi. SHuningdek, ta’lim sohasida ham bir qator islohotlar o‘tkazilib, barkamol avlodni shakllantirishga yo‘naltirilgan islohotlar rivojlantirilib borilmoqda. Bugun jahonda yuz berayotgan voqea va hodisalar, mafkuraviy qarama- qarshiliklarning mazmun-mohiyatini tahlil etish, turli xil yot g‘oyalardan yoshlarni himoya qilish uchun tarixiy tafakkurni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, Oliy o‘quv yurtlarida O‘zbekistonning eng yangi davri tarixini chuqur o‘rganish yosh mutaxassislarning bugungi davr siyosatini, jahon hamjamiyatidagi o‘rnini, davr qahramonlarini, ayniqsa o‘zining ham shu jarayon ishtirokchisi ekanligini to‘g‘ri va to‘liq anglashi jamiyat taraqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Fanni o‘rganishning nazariy-uslubiy asoslari.O‘zbekiston tarixi fanining uzviy va mantiqiy davomi sifatida “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o‘qitish xaqida so‘z ketganda, avvalo mustaqillik qo‘lga kiritilganidan keyingi, ya’ni yildan beri mamlakatimiz bosib o‘tgan tarixiy yo‘lning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushunish kerak. Ushbu jarayon qanday o‘tganini, mamlakatimiz mustaqillikka erishgunga qadar va mustaqillikning dastlabki yillarida qanday muammolarga duch kelganligini tushunish muhimdir. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi”, ya’ni O‘zbekistonning davlat mustaqilligiga erishishi arafasida yuzaga kelgan murakkab vaziyat, respublika mustaqilligining e’lon qilinishi, mustaqillik yillarida mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy sohalardagi islohotlar va ularning bosqichlarini, O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga har tomonlama integratsiyasini, xalqaro munosabatlar, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, tinchliksevar tashqi siyosat kabi masalalarning ilmiy va amaliy ahamiyati ochib beriladi. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o‘qitishning maqsadi – mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida yuz bergan muhim o‘zgarishlar, tub islohotlarning mazmun-mohiyatini ko‘rsatish va jamiyat hayotida aholining, jumladan, talaba-yoshlarning o‘rnini, o‘zligini anglatishdan iborat. O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o‘qitishning vazifalari – mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni hamda mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hamda boshqa sohalardagi islohotlarning mazmun-mohiyatini talabalarga tushuntirib berish, ularni Vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalash hamda milliy g‘ururni shakllantirishdan iborat. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o‘rganishning nazariy-uslubiy asoslari O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va murakkab vaziyatlar tarixini, shuningdek mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hamda boshqa sohalardagi islohotlarning mazmun- mohiyatini yoritishda ilmiy tadqiqotlar olib borishning ilmiylik, tizimlilik, tarixiylik, ob’ektivlik va qiyosiy tahlil usullaridan foydalanildi. Intellektual salohiyatli, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, komil insonni voyaga yetkazishda mamlakat eng yangi tarixining tutgan o‘rni.Mustaqil O‘zbekiston davlati hamisha demokratik taraqqiyot, modernizatsiya va yangilanish borasida belgilangan maqsadlarga erishishda eng muhim qadriyat va hal qiluvchi kuch bo‘lgan bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash vazifasini o‘zining asosiy ustuvor yo‘nalishlari qatoriga qo‘yib kelmoqda. Ayni paytda, O‘zbekiston tarixi fani, uning mantiqiy davomi bo‘lgan O‘zbekistonning eng yangi tarixi”ni o‘qitish, uning mazmun-mohiyatini ularga tushuntirish orqali, yuksak ma’naviyatli, dunyoqarashi keng qamrovli, intellektual salohiyatli, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, komil insonni voyaga yetkazishdek mas’uliyatli vazifa turibdi Buyuk shaxslar ta’kidlaganidek, “Yoshlar bilan ishlashda ham yangi yondashuvlar kerak...”. Zero, bugungi yoshlarimizning nafaqat jismoniy va ma’naviy sog‘lom o‘sishi, balki ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo‘lgan, uyg‘un rivojlangan insonlar bo‘lib, XXI asr talablariga to‘liq javob beradigan barkamol avlod bo‘lib voyaga etishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratish hukumatimiz oldiga qo‘yilgan eng oliy maqsadlardandir. Shu nuqtai nazardan, bugungi kunda yoshlar ijtimoiy-siyosiy kuch sifatidagi faoliyatining muhimligi va amaliy ahamiyati, O‘zbekistonda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ijtimoiy-siyosiy islohotlar, jamiyat hayotining barcha jabhalarini modernizatsiyalash va yangilash masalasi bilan chambarchas bog‘liqligida hisoblanadi. Chunki, mamlakat aholisining asosiy qismini yoshlar tashkil qiladi. Yuqoridagi mulohaza O‘zbekiston yoshlar davlati ekanligini yana bir karra tasdiqlaydi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab shaxsni har tomonlama kamolga yetkazish va rivojlantirish masalasiga alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatilib, yoshlarga oid qonun, qaror va davlat dasturlari qabul qilindi hamda izchil ravishda hayotga tatbiq etilmoqda. Bu siyosatning mazmun- mohiyati, asosiy yo‘nalishlari, yoshlarga beriladigan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va huquqiy kafolatlar O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 20 noyabrdagi “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi qonunida belgilab qo‘yilgan.Qonunga ko‘ra, yoshlar masalasi O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib, uning maqsadi yoshlarning bilim olishi, ta’lim-tarbiyasi, kasbiy tayyorgarligi, ijtimoiy-siyosiy shakllanishi va kamol topishi, ijodiy iqtidorining to‘liq ro‘yobga chiqishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy jihatdan shart-sharoit yaratish hamda ularni kafolatlashdan iborat. Bu qonunning qabul qilinishi o‘sib kelayotgan yosh avlodni barkamol etib tarbiyalash yuzasidan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, “Maktab ta’limini rivojlantirishning umummilliy dasturi” kabi qator hujjatlar ishlab chiqilishga mustahkam zamin yaratdi. Ta’lim tuzilishini modernizatsiyalash, uni demokratlashtirish, kompyuterlashtirish va insonparvarlashtirish, ta’lim dasturini erkin tanlash, uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish tobora kuchayib bormoqda. Ta’limni fundamentallashtirish, ma’naviy mas’ul shaxsni shakllantirish, bilishni emas, balki fikrlashni o‘rgatish zarurligi yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Zero, yosh avlodning har tomonlama kamol topishi uchun zamon ruhiga mos yangidan- yangi qonun loyihalarini ishlab chiqish va ularni amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha innovatsion loyihalar ishlab chiqish, ta’lim tizimining barcha bosqichlarida sifat o‘zgarishlariga erishish bo‘yicha aniq chora- tadbirlarni yanada kuchaytirish zarur. Binobarin, hukumatimiz yoshlar bilan ishlashda asosiy e’tiborni, avvalo, ularni tabiatimizga begona bo‘lgan g‘arazli oqimlardan asrab, zamonaviy bilim va tajribaga, intellektual salohiyat va ilg‘or texnologiyalarga ega, ma’naviy yuksak, komil insonlar etib voyaga yetkazish, jamiyatda o‘z oldiga qo‘ygan strategik maqsadlarga erisha olishiga va munosib o‘rin egallashiga qaratadi. Download 26.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling