AMD Athlon/Phenom protsessorlari
2000-yillar o’rtalarida AMD firmasi o’sha davr uchun yomon bo’lmagan Athlon 64 protsessorlarini ishga tushirdi. Ammo 2006-yilga kelib IntelCore 2 protsessorlari har jabhadan, barcha parametrlaridan o’tib ketdi. 2008-yilda ishga tushirilgan AMD firmasining Phenom protsessori ham Core 2 protsessorini yetib ololmadi. Va nihoyat 2009-yildagina AMD firmasi Phenom II protsessorlari ishga chiqarildi va Core 2 protsessorlari bilan teng raqobatlashadigan bo’lishdi. Ammo bu vaqtga kelib Intel firmasining Core i7 protsessorlari boshlang’ich va o’rta sistemalarini almashtib bo’lgandi.
AMD protsessorlarini ishlatish bir muncha qiyinroq Intel Core protsessorlarini ishga tushirishdan ko’ra va u protsessor modeliga bog’liq.
Protsessorning turi va xususiyatlarini aniqlash usullari
Bilamizki, kompyuterning ishlash samaradorligini ta’minlovchi «yuragi» – uning protsessori hisoblanadi. Ayni shu qismiga ko‘p narsa bog‘liq.
Birinchi usul: Vazifalar dispetcheri yordamida
Ekranning pastki qismiga – vazifalar panelining bo‘sh joyiga sichqonchaning o‘ng tugmachasi bilan chertamiz. Ochilgan menyuda «Vazifalar dispetcheri», ya’ni «Dispetcher zadach» bandini tanlaymiz.
Ochilgan dispetcher oynasidagi ikkinchi – «Proizvoditelnost» varaqasiga o‘tamiz, unda kompyuterning ishlash samaradorligi xususiyatlarini aks ettiradi. Eng yuqori qismida esa qurilmangizning markaziy protsessori haqidagi ma’lumotlar ham ko‘rsatiladi.
Ikkinchi usul: Qurilmalar dispetcheri orqali
Ishni boshlash uchun qo‘llanadigan «Pusk» tugmachasini bosamiz va klaviaturada «Dispetcher ustroystv» yozuvini teramiz. Ochilgan menyudagi «Protsessori» bandini tanlaymiz. Shunda kompyuteringizning «yuragi» haqidagi ma’lumotlar bir nechta qatorda ko‘rinadi. Bu esa protsessoringizning yadrolari soniga bog‘liq: ikki yadroli chipda ikki qator, to‘rt yadrolisida esa to‘rt qatorda, har bir yadroning takt chastotasi bilan birga aks etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |