Referat mavzu: Protsessorlarning tuzilishi, protsessorlarning ichki registrlari


Mikroprosessor ishlab chiqarish tarixi


Download 356.33 Kb.
bet3/7
Sana17.06.2023
Hajmi356.33 Kb.
#1530803
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7
Mikroprosessor ishlab chiqarish tarixi
Kompyuter eng oddiy sondagi elektron qismlardan tashkil topgan bo’lib, bu qismlarga nisbatan bajariladigan eng oddiy vazifalarning turi esa juda ham oz.Kompyuter elementlarning bu vazifalari o’tgan 45-50 yil ichida deyarli o’zgarmaydi, ammo bu elementlarning fizik tuzilishida muhim o’zgarishlar yuz berdi. Kompyuterlarning har bir rivojlanish bosqichi kompyuterlarning elementlar majmui bilan, yani elementlar b a z a s i orqali belgilanar edi. EХMning elementlar bazasi o’zgarishi bilan uning xususiyatlari, tashqi ko’rinishi va imkoniyatlari ham o’zgarib bordi. Inson tomonidan shu paytgacha ixtiro qilingan hech bir texnik qurilma elektron hisoblash mashinalari kabi jadal rivojlanmagan edi. Har 10-12 yilda EХMning tuzilishi va ishlab chiqarilishida katta o’zgarishlar yuz berdi. Bunday keskin o’zgarishlar natijasida ular eski EХMlarni yangi modellarning ko’llanilish soxalari tobora kengaytirib borildi va natijada ular eski EХMlarni siqib chiqara boshladi.
Mana shuning uchun ham hisoblash texnikasining rivojlanish davrida biri o’rniga boshqasi vujudga keladigan EХM a v l o d lari haqida gapirish o’rinlidir. Shunday qilib, hisoblash texnikasi avlodlarining almashishi asosida EХMning elementlar bazasining yangilanishi yetadi. Yangi elementlar bazasining vujudga kelishi EХM kismlari ishlashining yangi prinsiplarini, materiallarning yangi xossalarini va ishlab chiqarishning yangi usullarini ochishga olib keladigan fizika va kimyo sohalarining rivojlanishiga bog’liqdir.
Elementlar bazasining yangilanishi hisoblash texnikasini ishlab chiqaradigan zavodlarni to’la qayta ko’rishni ,yangi texnologik liniyalar, stanoklar va boshqa uskunalarni ishlab chiqarishni taqozo etadi. Shuning uchun bunday almashish hisoblash texnikasining xususiyatlarini tubdan yaxshilay olgandagina o’zini oqlaydi, xolos.
Тabiiyki, avlodlarning almashishi elementlar bazasining yangilanishidangina iborat bo’lmasdan, balki har bir yangi avlod bilan EХMdan amaliy foydalanishda masalalarni yangicha yechish usullari va dasturli taminotning yangi tashkil qiluvchilari ham vujudga keldi. O’zining taraqqiyot darajasi, elementlar bazasi, xotirasi va tezligiga qarab EХMlar asosan besh avlodga bo’linadi
Hozirgi vaqtda hisoblash texnikasining asosini to’rtinchi avlod mashinalari tashkil yatadi.

Download 356.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling