Referat mavzu: psixik jarayonlarni shakllanishida tilning ahamiyati
Download 40.1 Kb.
|
S6. Psixik jarayonlarni shakllanishida tilning ahamiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kichik maktab yoshi davri
- O‘smirlik davri
- O‘spirinlik davri
- Etuklik davri
Maktabgacha yosh davri. Maktabgacha yoshdagi davr o‘z ichiga 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarni qamrab oladi. 3 yoshda harakatni muvofiqlashtirish jarayonining takomillashuvi bola yugurganida, bir joyda tik turganida muvozanatni saqlash imkonini yaratadi. Buning natijasida bola mustaqil holda turli harakatlarni amalga oshira boshlaydi. Jismoniy jihatdan mustaqillikka erishish bolada erkin, kattalarning nazoratisiz, o‘z holicha qandaydir ishlarni bajarish, umuman yashash istagini tug‘diradi. Bu davrda egotsentrik nutq muhim ahamiyat kasb etadi. Rolli o‘yinlar ularning faoliyatlarida etakchilik qiladi. Rolli o‘yin faqat alohida olingan jarayon uchun ahamiyatli emas, balki bolada shaxsiy xususiyat va fazilatlarni shakllantirishda ham zarurdir.
Kichik maktab yoshi davri. Kichik maktab yoshi davriga 6-10 yoshli boshlang‘ich sinflarning o‘quvchilari kiradi. Bola maktab ta’limiga bog‘chada tarbiyalanayotganida tayyorlanadi. Kichik maktab yoshdidagi bolalarning eng muhim hususiyatlaridan biri unda o‘ziga xos ehtiyojlarning mavjudligidir. Bu ehtiyojdar o‘z mohiyati bilan muayyan bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashga, tevarak-atrofdagi voqelikni o‘zlashtirishga qaratilmay, balki faqat o‘quvchilik istagini aks ettirishdan iboratdir. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda ixtiyorsiz diqqat, mexanik xotira yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Kichik maktab yoshidagi bolalar “vaqt” tushunchasi bilan duch kelishadi, lekin ular kundalik tajribalari doirasidanchiqishmaydi. O‘smirlik davri. O‘smirlik insonning balog‘atga etish davri bo‘lib, o‘ziga xos xususiyati bilan kamolotning boshqa pog‘onalaridan keskin farqlanadi. O‘smirda ro‘y beradigan biologik o‘zgarishlar natijasida uning psixik dunyosida tub burilish nuqtasi vujudga keladi. Balog‘at davriga 11-15 yoshgacha bo‘lgan qiz va o‘g‘il bolalar kiradi. Bu davrda jismoniy o‘sish va jinsiy etilish amalga oshadi. Bu davrda jinsiy bezlar faoliyati kuchayadi. O‘smirlarda jinsiy etilish sirlarining 17 foizini ota-onadan, 9 foizini o‘qituvchilardan, 4 foizini maktab vrachi va psixologidan, qolgan foizini o‘rtoqlaridan, tengdoshlaridan ko‘cha-ko‘ydan oladilar. O‘smirlardagi fiziologik, psixologik nuqsonlar ularni tarbiyasi qiyin o‘smirlar qatoriga qo‘shilishiga olib keladi. O‘spirinlik davri. O‘spirinlik davri ikkiga bo‘linadi ilk o‘spirinlik va o‘spirinlik. Ilk o‘spirinlik davri 15-18 yoshlarni qamrab oladi. Bu kollej va litsey talabalari hisoblanishadi. O‘spirinlik davri talabalik davri hisoblanadi 19-23yoshlarni qamrab oladi. Ilk o‘spirinlik davri katta hayot ostonasida turgan yoshlar hisoblangani uchun ulardagi eng katta motivlardan biri bu kasb tanlash motivi hisoblanadi. Bu davrda mehnat faoliyati ustunlik qiladi. O‘spirinlik davriga kelib mustaqil hayotga qadam tashlanadi, buning natijasida har bir yoshda umr yo‘ldoshi tanlash funksiyasi ustunlik qiladi. Bunda har xil motivlar asosida umr yo‘ldoshi tanlanadi. Etuklik davri. Etuklik davri uch bosqichga bo‘linadi: yoshlik, birinchi bosqichi va ikkinchi bosqichi. Yoshlik davri 23-28 yoshlardan iborat bo‘lib, budavrning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida kamolga erishgan shaxs sifatida faol ishtirok etish va ishlab chiqarishda mehnat faoliyatini amalga oshirishdan iboratdir. Etuklik davrining birinchi bosqichiga 28- 35 yoshlar kiradi etuklik davrida odam o‘zining barcha kuch-quvvati, qobiliyati, aql-zakovati, ichki imkoniyatlarini o‘z kasbiga, ijtimoiy faoliyatiga, jamoat ishlariga to‘la safarbar qila oladi. Etuklik davrining ikkinchi bosqichi 36-55 (60)yoshlardagi erkak va ayollarni o‘z ichiga oladi. Etuklik davrining ikkinchi bosqichida qarilik alomatlari ko‘proq o‘rin egallaydi, uning boshlanish nuqtasi 45-50 yoshlardir. Lekin odamlarning o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra bu chegaraturlicha, masalan, bu bir kishida 60 yoshda, boshqa birida esa 70 yoshda bo‘lishi mumkin. Download 40.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling