Referat mavzu: Reklama va uni kommunikatsiya siyosatidagi o'rni. Bajardi: Shermatov Akmal


Download 43.77 Kb.
bet1/8
Sana03.12.2023
Hajmi43.77 Kb.
#1800878
TuriReferat
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Referat mavzu Reklama va uni kommunikatsiya siyosatidagi o\'rni.-hozir.org


Referat mavzu: Reklama va uni kommunikatsiya siyosatidagi o'rni. Bajardi: Shermatov Akmal

Qarshi Davlat Universiteti

Ijtimoiy fanlar fakulteti

Turizm yo’nalishi 2- kurs

Shermatov Akmalning

MARKETING FANIDAN

REFERAT

MAVZU: Reklama va uni kommunikatsiya siyosatidagi o'rni.

Bajardi: Shermatov Akmal

Qabul qildi: Xayriddinov Shuhrat

2020-yil

Reklama va uni kommunikatsiya siyosatidagi o'rni

Reja:
1. Kommunikatsiya siyosatining mohiyati, mazmuni va maqsadlari.
2. Marketing kommunikatsiyasi kompleksi.
3. Reklama tushunchasi va uning mohiyati.

4. Marketing kommunikatsiyalar tizimida reklama.



1. Kommunikatsiya siyosatining mohiyati, mazmuni va maqsadlari
Marketing kommunikatsiyasi - firmadan turli ommaga, mijozlar, xaridorlar, sotuvchilar, yetkazib beruvchilar, aksionerlar, boshqaruv organlari hamda firmaning o‘z xodimlariga mo‘ljallangan signallar majmuasidir. Reklama, shaxsiy savdo, savdoni rag`batlantirish va jamoat bilan aloqalar kabi asosiy vositalar kommunikatsiya majmuasi hisoblanadi.

Kommunikatsiya raqobat kurashida muvaffaqiyat omili bo‘lib hisoblanadi. Korxona o‘z firmasining yaxshi imijini yaratish uchun ko‘plab kommunikativ jarayonlar bilan o‘zaro kelishishga majbur. Korxona tovar bilan raqobatlashib kommunikativ raqobatga chuqurroq, ya’ni bozorni muhimroq maqsadli segmenti va xaridorlari e’tiboriga erishishga kurashib jalb etiladi. Keyingi kommunikativ siyosatda strategik va taktik choralarni ichiga oluvchi faqat kompleks yondashish imkoniyati qo‘yiladi. Buning uchun korxonadan tadbirkorlikning integratsiyalangan kommunikativ konsepsiyasini yaratish va rivojlantirish talab qilinadi. Integratsiyalangan kommunikativ jarayonning xususiyati bo‘lib kommunikatsiya vositasi va jarayoni, tashuvchilari, shakllarining turlitumanligi hisoblanadi.

Kommunikatsiya quyidagicha klassifikatsiyalanadi:

1.Kontakt turi bo‘yicha: shaxsli va shaxssiz.

2.Jadalligi bo‘yicha: jadal va bo‘sh.

3.Qo‘llash chastotasi bo‘yicha: yagona va ko‘p marotabalik.

4.Ta’sir natijasiga ko‘ra: samarali va samarasiz.

5.Kommunikatsiya tashuvchilari sifatida: menejment (firma boshqaruvi), xodimlar, mijozlar, jamoat, biznes bo‘yicha sheriklar va boshqalar.

Reklamadan yangi mahsulotlarni bozorga chiqarishda ham foydalaniladi. Savdo konyunkturasini yangi mahsulotlar bilan ta’minlash hali muhim bo‘lmagan, sotuv, zaxira, iste’mol haqidagi ma’lumotlar yetarli bo‘lmagan paytda bu ham muhimdir. Bu paytda mutaxassislar yo‘nalishini tanlash uchun reklama orqali yangi taklif tuzadilar. Unda mahsulotlarning tavsiya etiladigan xususiyatlari va ishlab chiqarishning kelajagi hamda aholi talabini ko‘ra bilish, sinovga chiqarilgan mahsulotga xaridorning munosabatini kuzatish haqidagi ma’lumotlar o‘rin oladi. Reklamaning yo‘nalishini tanlash - savdo va sanoatning o‘zaro harakati va mahsulot aylanishiga ana shu manbalardan olingan mahsulot

zaxiralarining qatnashishiga ham bog‘liq. Reklama faoliyati marketing xizmatining tarkibiy turlaridan biridir. Uning bevosita yoki bilvosita turi yordamida korxonaning bozordagi o‘rni mustahkamlanadi va taklif etilayotgan mahsulotlarni sotish jadallashadi.



Download 43.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling