Referat mavzu: Shaxsiy electron hisoblash mashinasi haqida tushuncha bajardi: tekshirdi


Download 238.86 Kb.
bet5/5
Sana17.06.2023
Hajmi238.86 Kb.
#1538651
TuriReferat
1   2   3   4   5
Bog'liq
ШАХСИЙ ЭЛЕКТРОН

EHMlarning to‘rtinchi avlodi(1975 yildan boshlab). Ularda element bazasi sifatida katta integral sxemalar, ya’ni 1sm. kub hajmda 100 mingtagacha elementni birlashtirgan mikrosxema qo‘llaniladi. Hozirgi kunda beshinchi avlod mashinalarini ishlab chiqish ustida katta ishlar qilinyapti. Ayniqsa, bu sohada XX asrning 80-yillarida Yaponiya olimlari taklif etgan beshinchi avlodning loyihasi diqqatga sazovordir. Bu loyiha keyingi davr mashinalarini yaratishni ko‘zda tutgan. Yaponiya olimlarinig ta’biricha, ushbu avlod mashinalari mantiqiy masalalarni hal qila oladigan, og‘zaki gaplarni "eshitadigan" va "tushinadigan", matnlarni o‘qiyotgan tezlikda tarjima qila oladigan hamda "ko‘ra" oladigan, "tushunadigan" bo‘lishi kerak. Bunday kompyuterlar katta va o‘ta katta integral sxemalar asosida qurilishi nazarda tutilgan. Oxirgi paytlarda rivojlangan mamlakatlardagi ilmiy laboratoriyalarda oqsil molekulalari bilan tajriba o‘tkazilmoqda. Ular kompyuterlarning arifmetik asosini tashkil qiluvchi asosiy element ikkilik sanoq sistemasida xotirlovchi katakchalar vazifalarini o‘tayapti. Albatta, ushbu yo‘nalish bo‘yicha EHM qurish haqida gap yuritishga erta albatta, lekin tajribalar yaxshi natijalarga olib kelsa, kompyuterlarning yangi davrini boshlaydigan biokompyuterlarga ega bo‘lishimiz ham mumkin. Hisoblash texnikasi vositalarining tuzilishi va ularni ishlab chiqarishning takomillashuvi bilan elektron hisoblash mashinalarining yangilari paydo bo‘laveradi. Hozirda EHMlarni quyidagi turlarga ajratish mumkin: mikro, shaxsiy, mini, o‘rtacha tezlikda ishlaydigan, katta tezlikda ishlaydigan super EHMlar. Hozirgi kunda EHMlardan fizika, matematika, astronomiya, geofizika, texnika va boshqa bir talay fan sohalarida turli xil murakkab amaliy masalalarni yechishda muvaffaqiyatli foydalanilmoqda, jumladan, atom energetikasi, gidrotexnika inshootlarini qurish, kemasozlik, kosmik fazoni zabt etish va boshqa shu kabi ko‘plab sohalarning beqiyos darajada tez rivojlanib ketishi, shak-shubhasiz hisoblash texnikasining keng ko‘lamda samarali qo‘llanilayotganligi natijasidir. Hozirgi kunda EHMlar qo‘llanilmayotgan biror sohani topish qiyin, yaqin kelajakda uning yana ham kengroq rivojlanishi va inson faoliyatiga chuqurroq kirib borishi kutilmoqda.
Kompyuter(inglizcha: computer — „hisoblayman“) — oldindan berilgan dastur boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama. Biroq, kompyuter hisoblash ishlarini bajarishdan tashqari uning funksiyasi ancha keng. EHMlarning rivojlanishida kompyuter ning bir necha avlodlarini koʻrsatish mumkin. Bu avlodlar element turlari, konstruktiv-texnologik xususiyatlari, mantiqiy tuzilishi, dastur taʼminoti, texnik tafsilotlari, texnikadan foydalanishning qulaylik darajasi bilan bir-biridan farq qiladi. Kompyuterning dastlabki avlodida (Ural-1, Minsk-2, BSEM-2) asosiy element elektron lampa boʻlgani uchun u juda katta joyni egallagan edi. Soʻngra bu lampa oʻrnida tranzistorlar ishlatilgan kompyuter (Razdan-2, M-220, Minsk-22 va boshqalar), integral mikrosxemalar ishlatilgan kompyuter (IBM-360, 1BM-370, (AQSh), YESEVM (Rossiya) va boshqalar, integratsiya darajasi katta boʻlgan integral sxemalar oʻrnatilgan shaxsiy kompyuterlar paydo boʻldi. Shaxsiy kompyuter (mikro va -mikro EHM) tushunchasi 20-asr 70-yillar oxiridan boshlab keng tarqala boshladi. Shaxsiy kompyuterning keyingi avlodlarida mikroelektron va biosxemalardan foydalanildi; ularning hajmi kitob kattaligidek hajmga kichraydi, massasi esa 3,5 kg gacha kamaydi. 1981-yil IBM shirkati shaxsiy kompyuterning yanada takomillashgan modellarini ishlab chikara boshladi. Keyinchalik boshka firmalar IBM bilan PC biriktirilgan kompyuterni, Apple shirkati esa Macintosh (talaffuzi: „Makintosh“) yoki oddiygina „maki“ deb ataladigan kompyuterni yaratishdi. 21-asr boshlarida dunyoda oʻnlab million shaxsiy kompyuterlar, 1 millionga yaqin EHM (shu jumladan, bir necha oʻn superEVM) boʻlgan. Kompyuterlar masalalarni yechishda foydalaniladigan komponentlar (tarkibiy qismlar) tarkibi va tavsifi jihatdan bir-biridan farq qiladi. Murakkab masalalarni yechishda kuchli qurilmalar urnatilgan kompyuterdan, qujjatlarni bosishda harf bosish qurilmasi boʻlgan kompyuterdan foydalaniladi. Istalgan kompyuter tizimlar bloki, monitor va klaviaturadan iborat boʻladi. Kerak boʻlganda boʻlardan tashqari boshqa qurilmalar ham ulanadi. Tizimlar bloki da kompyuterning ishlashi uchun zarur muhim qismlar (diskni yuritkich, vinchester — qattiq disk, mantiqiy amallarni bajaruvchi mikrosxemalar) boʻlib, unga qolgan qurilmalar ulanadi. Monitor (displey) matn va turli tasvir kurinishidagi axborotlarni ekranda aks ettiradi. Klaviatura kompyuterga buyruq va turli axborotlarni kiritadi. Koʻpincha, kompyuter tarkibiga „sichqon“ manipulyatori va printer kiritiladi. „Sichqon“ ikki yoki uchta knopkasi (tugmasi) boʻlgan qurilma boʻlib, uning yordamida kompyuter ishini osonlashtiradi. Printer esa axborotlarni qogʻozga tushirish uchun xizmat qiladi. Zamonaviy kompyuterlar, asosan, toʻrt qurilma: boshqarish, protsessor, xotira va kiritish-chiqarish qurilmalaridan iborat. Boshqarish qurilmasi kompyuterning barcha qurilmalari ishini muvofiklashtiradi va boshqaradi. Protsessor kompyuterning asosiy qurilmasi boʻlib, axborotlarga ishlov beradi, yaʼni hisoblash amallari, solishtirish va uzatish kabi arifmetikmantiqiy amallarni bajaradi. Bu qurilma bajaradigan amallar dasturlar orqali belgilanadi. Xotira qurilmasi axborotlarga ishlov berish vaqtida uni saqlash uchun xizmat qiladi. Foydalanayotgan dasturlar ichki xotirada, uzoq, muddat saqlanadigan axborotlar tashqi xotira (disketalar)da saqlanadi. Ichki va tashqi xotiralarda axborot almashinuvi kiritish — chiqarish qurilmalari yordamida amalga oshiriladi.
Kompyuter oʻyinlari ham keng tarqalgan. Ularning mingdan ortiq xili mavjud; ular yordamida koʻp narsalarni amaliy bilib olish va amaliy tajribalarni orttirish mumkin (qarang: Kompyuter oʻyinlari). Kompyuterning universalligi axborotni aniq maqsad yoʻlida qayta ishlay olishiga, inson faoliyatining turli sohalarida ishlab chiqarishni tubdan oʻzgartirishga, kishilarning ishini osonlashtirishga imkon beradi. Ob-havoni oldindan aytib berishda meteostyalar va sunʼiy yoʻldoshlardan keladigan axborotlarni yigʻib va tahlil qilib, juda katta hisoblash ishlarini bajaradi va inson uchun qulay boʻlgan shaklda ifodalaydi (qarang: Intranet, Internet, Kompyuter tarmogʻi).



Download 238.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling