Referat mavzu: Tabiatni muhofaza qilish. Qashqadaryo misolida Geografiya 4 kurs sirtqi ta'lim talabasi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI EKOLOGIYA VA ATROF MUHITNI MUHOFAZA QILISH DAVLAT QO‘MITASI QASHQADARYO VILOYAT BOSHQARMASI


Download 203.84 Kb.
bet3/5
Sana12.03.2023
Hajmi203.84 Kb.
#1262363
TuriReferat
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tabiatni muhofaza qilish. Qashqadaryo misolida

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI EKOLOGIYA VA ATROF MUHITNI MUHOFAZA QILISH DAVLAT QO‘MITASI QASHQADARYO VILOYAT BOSHQARMASI

Manzil:
Jayhun ko'chasi, Qarshi, O'zbekiston
Mo’ljal:
Olimpiya kolleji
Avtobuslar:
30
Qabulxona:
+998 75 221 - 09 - 59, 771 - 00 - 43
Devonxona:
+998 75 221 - 09 - 59
Faks:
+998 75 221 - 09 - 59
Ish tartibi:
9:00 - 18:00
Tushlik:
13:00-14:00
Dam olish kuni:
Shanba, Yakshanba
Markazning 2016-2019 yillardagi faoliyati:
– 2016 yilda 3866 ta ekologik sertifikat berildi, ulardan 1531 tasi majburiy sertifikatlashtirish, 2335 tasi esa ixtiyoriy ekologik sertifikatlashtirishga tegishli.
– 2017 yilda 3558 ta ekologik sertifikat berildi, ulardan 2056 tasi majburiy sertifikatlashtirish, 1502 tasi ixtiyoriy ekologik sertifikatlashtirishga tegishli.
– 2018 yilda 5558 ta ekologik sertifikat berildi, ulardan 3796 tasi majburiy sertifikatlashtirish, 1757 tasi ixtiyoriy ekologik sertifikatlashtirishga tegishli.
– 2019 yilda 5492 ta ekologik sertifikat berildi, ulardan 4208 tasi majburiy sertifikatlashtirish va 1284 tasi ixtiyoriy ekologik sertifikatlashtirishga tegishli.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi tizimida ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha Qashqadaryo viloyatiqo‘mitalari, shuningdek viloyatlar va Toshkent shahrining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha hududiy boshqarmalaridan tashkil topgan.
Qashqadaryo viloyati ekologiya qo‘mitasi qoshida va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari, tumanlar atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘linmalarida, «Toza Hudud» davlat unitar korxonasining shaharlar va shuningdek, respublika tumanlarida maishiy chiqindilarni yo‘q qilish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchastkalari asosida tuman hokimliklarining obodonlashtirish bo‘limlari tuzildi.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, qulay ekologik vaziyatni barqaror ta’minlash, hududiy birliklarning samaradorligini oshirish, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasining rivojlanishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar strategiyasining maqsadlariga muvofiqlashtirish hamda davlat boshqaruvida ma’muriy islohotlar kontseptsiyasi doirasida davlat boshqaruvining samaradorligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasida quyidagilar tuzilgan:
– Biologik xilma-xillik va qo‘riqlanadigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspektsiyasi va yuridik shaxsni tashkil qilmasdan chiqindilarni yig‘ish, saqlash, tashish, yo‘qotish, qayta ishlash, ko‘mib tashlash va yo‘q qilish nazorati inspektsiyasi bazasida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish nazorati inspektsiyasi;
– Respublika ixtisoslashtirilgan sanitariya tozalash korxonalari assotsiatsiyasi;
– Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi va billing tizimi asosida davlat unitar korxonasi shaklida ekologik axborot markazi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va multimediyani joriy etish.
Davlat ekologiya qo‘mitasi qoshida O‘zbekiston ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish ilmiy-tekshirish instituti, O‘zbekiston ekologik qo‘mitasi, «Eko-Energiya» Ilmiy-innovatsion markazi, Ilmiy-Axborotlar markazi kabi bo‘limlar faoliyat ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish siyosati mamlakat ekologik xavfsizligini va atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarning atrof muhitga zararli ta’sirini oldini olish, aholi turmush darajasi va sifatini yaxshilash uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, chiqindilarni yig‘ish, saqlash, tashish, qayta ishlash va utilizatsiya qilishga yo‘naltirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining asosiy vazifalari va faoliyati
– Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va takror ishlab chiqarish sohasida davlat boshqaruvi;
– Atrof muhitning maqbul ekologik holatini, ekologik tizimlarni, tabiiy komplekslarni va alohida ob’ektlarni muhofaza qilish, ekologik vaziyatni yaxshilash;
– Chiqindilarni boshqarish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish, maishiy chiqindilarni yig‘ish, tashish, joylashtirish, qayta ishlash va utilizatsiya qilishning samarali tizimini tashkil etish, mahalliy hokimiyat organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari;
– Er, yer osti boyliklari, suv, o‘rmonlar, qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar, o‘simliklar va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat ekologik nazoratini o‘tkazish, atmosfera havosini muhofaza qilish;
– Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ishlarini muvofiqlashtirish, yagona ekologik va resurslarni tejash siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda idoralararo hamkorlikni ta’minlash;
– Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat kadastrini yuritish, shuningdek, yovvoyi hayvonlar, yovvoyi o‘simliklar, zoologiya va botanika kollektsiyalarini ko‘paytirish va parvarish qilish uchun pitomniklarni davlat ro‘yxatiga olish;
– Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ekologik ta’lim, targ‘ibot va ta’limni tashkil etish, shuningdek, mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish.
O‘zbekiston Respublikasida atrof muhitni muhofaza qilish va ekologiya siyosatini tartibga solish hamda amalga oshirish 
Mamlakatimizda atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, sanitariya va ekologik holatni yaxshilashni ta’minlash sohasida izchil ishlar olib borilmoqda.
Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari buzilishlari profilaktikasi, ularni aniqlash va oldini olishning samarali mexanizmlarini joriy etish, respublika aholi punktlarining sanitariya va ekologik holati uchun davlat organlari, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar rahbarlari va fuqarolarning shaxsiy javobgarligini kuchaytirish, shuningdek, 2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalarga erishishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 oktyabrdagi PF-5863-son Farmoni bilan 2030 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining Atrof muhitni muhofaza qilish kontseptsiyasi tasdiqlangan.
Mazkur Kontseptsiya o‘zida:
– atrof muhit ob’ektlarini (atmosfera havosi, suv, yer, tuproq, yer qa’ri, bioxilma-xillik, qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar) antropogen ta’sir hamda boshqa salbiy ta’sir qiluvchi omillardan saqlash va sifatini ta’minlash;
– ekologik jihatdan eng kam xavf tug‘diruvchi materiallardan, mahsulotlardan, ishlab chiqarish ob’ektlari va boshqa ob’ektlardan ustuvor darajada foydalanish;
– qo‘riqlanadigan tabiiy hududlarni kengaytirish;
– zaharli kimyoviy va radioaktiv moddalardan ekologik xavfsiz foydalanishni ta’minlash;
– chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishning ekologik xavfsiz tizimini takomillashtirish;
– aholining ekologik madaniyatini shakllantirish, atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat organlari faoliyatining shaffoflik darajasini oshirish va fuqarolik jamiyatining rolini kuchaytirish chora-tadbirlarini qamrab olgan.
Kontseptsiya erishilgan natijalar, maqsadli ko‘rsatkichlar va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha tegishli davrga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlardan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan uch yil muddatga alohida-alohida tasdiqlanadigan «yo‘l xaritalari» asosida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Kontseptsiyaning amalga oshirilishi natijasida 2030 yilda:
– Orol dengizining qurigan tubining O‘zbekistondagi qismida o‘rmonzorlar maydonini uning jami hududiga nisbatan 60 foizgacha yetkazish;
– qishloq xo‘jaligida suv resurslarini yo‘qotishni 10 foizga kamaytirish;
– qishloq xo‘jaligida suv iste’molini (solishtirma gektarga nisbatan) 15 foizga kamaytirish;
– oqava suvlarini tozalash samaradorligini 80 foizgacha oshirish;
– atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishini 10 foizga kamaytirish;
– transport vositalarining 80 foizini gaz-ballon yoqilg‘isi va elektr energiyasida ishlashga o‘tkazish;
– o‘rmonzorlar bilan qoplangan o‘rmon fondi hududini 4,5 mln gektargacha kengaytirish;
– IV toifadagi qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar maydonini 12 foizgacha kengaytirish;
– Qizil kitobga kiritilgan va pitomniklarda parvarish qilingan chiroyli tuvaloqlarni tabiatga qo‘yib yuborishni yiliga 4000 gacha ko‘paytirish;
– aholini qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib ketish xizmatlari bilan 100 foiz qamrab olish;
– hosil bo‘ladigan qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash hajmini 65 foizgacha ko‘paytirish;
– alohida xususiyatga ega chiqindilar (tarkibida simob bo‘lgan chiqindilar, avtoshinalar, akkumulyatorlar, ishlatib bo‘lingan moylar, qadoqlar chiqindilari va boshqalar)ni qayta ishlash hajmini 30 foizgacha ko‘paytirish kutilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi “Davlat ekologik sertifikatlashtirish va standartlashtirish markazi” davlat unitar korxonasi (keyinchalik matnda – Markaz) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 apreldagi 2915-sonli “O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq tashkil etildi.
Markaz o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofazaqilish davlat qo‘mitasi qaror va farmoyishlari, Ustav va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi oliy Majlisining 1995 yil 22 dekabrdagi 188-i-sonli qaroriga muvofiq (1996 yil 7 mayda kuchga kirgan) O‘zbekiston Respublikasi xavfli chiqindilarni chegaralararo tashish va yo‘q qilib yuborish ustidan nazorat qilish to‘g‘risidagi Bazel Konventsiyasigaqo‘shilgan.
Konventsiya talablari asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 19 apreldagi 151-sonli "Ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishni va ularni uning hududidan olib chiqishni tartibga solish to‘g‘risida " gi qarori qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007 yil 7 apreldagi 1670-sonli “O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan benzin va dizel motorlari bilan “M2”, “M3” va “N2” toifalaridagi yangi avtotransport vositalarini “Evro 2” ekologik darajadan kam bo‘lmagan talablarga muvofiqligi bo‘yicha ekologik sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risida vaqtinchalik Yo‘riqnoma” asosida muvofiqlik tug‘risidagi ekologik sertifikat DUK “Davekosertifikat” tomonidan beriladi. (Izoh: “Evro-3” ekologik darajadan kam bo‘lmagan talablari 2010 yildan joriy qilingan).
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 oktyabrdagi 5863-sonli "2030 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida " gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining2020 yil 30 yanvardagi 50-sonli "G‘ildirakli yangi transport vositalarini ekologik sertifikatlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida" gi qarori loyihasi tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi 4059-sonli "Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 18 fevraldagi 95-sonli "Ekologik xavfsizlik to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida" gi qarori tasdiqlandi.
Mahsulot va xizmatlarni ekologik sertifikatlashtirish markazi O‘zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasining 1997 yil 31 oktyabrdagi 54-sonli qarori bilan tashkil yetildi.
O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2002 yil 31 oktyabrdagi 10/4-sonli va 2002 yil 13 noyabrdagi 72-sonli "davlat yekologik sertifikatlashtirish, standartlashtirish va tartibga solish Bosh boshqarmasini tashkil etish to‘g‘risida" gi qaroriga muvofiq mahsulot va xizmatlarni ekologik sertifikatlashtirish markazi davlat yekologik sertifikatlashtirish, standartlashtirish va tartibga solish bo‘yicha boo‘ davlat boshqarmasi sifatida qayta tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 oktyabrdagi "Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" gi PQ-3956-sonli qaroriga muvofiq, Ekologik sertifikatlashtirish, standartlashtirish va normallashtirish Bosh Davlat boshqarmasi Ekologik sertifikatlashtirish va standartlashtirish davlat markazi deb qayta nomlandi.
Ekologik sertifikat – bu ekologik sertifikatlashtirish organi tomonidan tabiiy resurslardan foydalanuvchiga beriladigan hujjat bo‘lib, u mahsulotning ekologik jihatdan xavfsiz ekanligini va ekologik sertifikatlashtirish ob’ekti amaldagi me’yoriy hujjatlar yoki normativ-huquqiy hujjatlarning talablari va me’yorlariga javob berishini ko‘rsatadi.

5 iyun - Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni
Dunyo hamjamiyati diqqatini ekologik muammolarga qaratish, insonlarning ekologik bilim va madaniyatini boyitish maqsadida turli sanalar belgilangan. Jumladan, 2 fevral - Xalqaro suv botqoqliklari kuni, 21 mart - Xalqaro о‘rmon kuni, 22 mart - Butunjahon suv resurslari kuni, 15 aprel - Xalqaro ekologik bilimlar kuni, 22 aprel - Butunjahon yer kuni, 12 may - Ekologik ta’lim kuni, 22 may - Xalqaro bioxilma-xillik kuni sifatida nishonlanadi. Ular orasida 5 iyun - Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni о‘ziga xos xususiyatga ega. 1971 yilning 11 may kuni BMT Bosh kotibiga kelib tushgan 23 mamlakatning 2200 nafar fan va madaniyat arbobi imzolagan murojaatnoma mazkur sana belgilanishiga asos bо‘lgan. Murojaatnomada "YO biz tabiatning ifloslanishini bartaraf qilamiz yoki u biz - insoniyatni halokatga olib keladi", deya ta’kidlanadi. Bir yil о‘tib, Stokgolmda atrof-muhitni himoya qilishga bag‘ishlangan Butunjahon konferensiyasi bо‘lib о‘tadi. Unda jahonning 113 mamlakatidan vakillar ishtirok etib, aynan shu sana Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni sifatida belgilanadi.

Download 203.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling