Referat mavzu: talantning paydo bo‘lishi va tuzilishi. Bajardi: 110-20 guruh Beyjanov Umidbek Shavkatovich


Psixologik ma’lumotlarni umumlashtirilgan holda ikki xil xususiyatli fikrni alohida ta’kidlab o‘tish talant tuzilishini yengilroq tushunish imkoniyatini yaratadi


Download 24.82 Kb.
bet2/4
Sana17.06.2023
Hajmi24.82 Kb.
#1535134
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
Pedagogika va Psixologiya Referat

Psixologik ma’lumotlarni umumlashtirilgan holda ikki xil xususiyatli fikrni alohida ta’kidlab o‘tish talant tuzilishini yengilroq tushunish imkoniyatini yaratadi:

  1. Talant – bu shaxs psixik xislatlarning shunday murakkab birikmasidirki, uni:

  1. alohida, yagona maxsus qobiliyat bilan;

  2. xotiraning yuksak mahsuldorligi orqali;

  3. hatto noyob (kamyob, nodir) sifat tariqasida o‘lchab bo‘lmaydi;

  1. Shaxsda u yoki bu qobiliyatning mavjud emasligi hamda yetarli darajada taraqqiy etmaganligi talantning murakkab tarkibiga kiruvchi boshqa qobiliyatlarning jadal takomillashuvi orqali ularning o‘rnini bosib yuborishi (kompensatsiya qilishi) mumkin.

Ilmiy tadqiqotchilarning fikricha, yuksak iste’dod quyidagicha bosqichlardan iborat bo‘lishi mumkin:

  • Bunday shaxsning birinchi xususiyati - ziyraklilik, shaylik, jiddiy faoliyatni bajarishga tayyor turishlikdir;

  • Shaxsning ikkinchi xususiyati - uning mehnatga tayyorligi (mehnatga moyilligi, mehnatga intilishi, mehnatning ehtiyojga aylanishi)dir;

  • Insonning uchinchi xususiyati - unda tafakkur xususiyatlari va fikr yuritishning tezligi, aqlning tartibliligi, tahlil va umumlashtirishning yuqori imkoniyatlari, aqlning mahsuldorligidir. Ma’lumotlar tahlilining ko‘rsatishicha, maxsus iste’dod tuzilishi yuqoridagi sifatlardan tashqari, aniq faoliyat talablariga muvofiq keluvchi bir qator qobiliyatlar bilan to‘ldiriladi.

Talant o‘zining umumiy va maxsus sifatlari yig‘indisi bilan ijodiy yutuq imkoniyatining ayniyatidir. Talant mahoratning dastlabki sharti hisoblansa-da, lekin ular bir-biridan muayyan darajada tafovutlanadi. Talant - katta, ijodiy va zo‘r mehnat mahsulasidir. Mehnat esa hayotiy tajriba, ko‘nikmalarning zaruriy majmuasi manbaidir. Ijodiyotning sharti - bu hayotiy tajriba, zaruriy ko‘nikma va malakalar yig‘indisining mavjudligidir. Ijodiy faoliyat talantning ajralmas qismi hisoblanib, bunda ruhlanish deb nomlangan psixologik holat alohida ahamiyat kasb etadi. Ruhlanish esa faoliyat mahsuldorligi ortishiga qaratilgan ijodiy lahzadan iboratdir. Talant imkoniyat tariqasida psixologik hodisa hisoblansa, u holda mahorat-haqiqatga aylangan imkoniyat gavdalanishidir. Psixologik nuqtai nazardan haqiqiy mahorat - bu shaxs talantining faoliyatda namoyon bo‘lishidir.

Download 24.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling