Referat mavzu: Tarmoqda uzatiluvchi axborotni himoyalashda kriptografiyaning o‘rni. Reja


Alifbo – axborot belgilarini kodlash uchun foydalaniladigan chekli to’plam. Matn


Download 44.83 Kb.
bet2/6
Sana28.10.2023
Hajmi44.83 Kb.
#1728669
TuriReferat
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Referat mavzu Tarmoqda uzatiluvchi axborotni himoyalashda kript-fayllar.org

Alifbo – axborot belgilarini kodlash uchun foydalaniladigan chekli to’plam.
Matn – alifbo elementlarining tartiblangan to’plami.
Zamonaviy ATlarida qo’llaniladigan alifbolarga misol sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
* Z33 alifbosi – rus alifbosining 32 harflari va bo’sh joy belgisi;
* Z256 alifbosi – ASCII va KOI-8 standart kodlariga kiruvchi belgilar;
* Binar alifbo - Z2={0, 1}
* Sakkizlik yoki o’n oltilik alifbolar.
SHifrlash – akslantirish jarayoni: ochiq matn deb ham nomlanadigan matn shifrmatnga almashtiriladi. Deshifrlash – shifrlashga teskari jarayon. Kalit asosida shifrmatn ochiq matnga akslantiriladi.
Kalit – matnni shifrlash va shifrini ochish uchun kerakli axborot.
Kriptografik tizim – ochiq matnni akslantirishning T oilasini o’zida mujassamlashtiradi. Bu oila a’zolari k bilan indekslanadi yoki belgilanadi. k parametr kalit hisoblanadi. K kalitlar fazosi – bu kalitning mumkin bo’lgan qiymatlari to’plami. Odatda kalit alifbo harflari ketma-ketligidan iborat bo’ladi.
Kriptotizimlar simmetrik va ochiq kalitli tizimlarga bo’linadi.
Simmetrik kriptotizimlarda shifrlash va shifrni ochish uchun bitta va aynan shu kalitdan foydalaniladi.
Ochiq kalitli kriptotizimlarda bir-biriga matematik usullar bilan bog’langan ochiq va yopiq kalitlardan foydalaniladi. Axborot ochiq kalit yordamida shifrlanadi, ochiq kalit barchaga oshkor qilingan bo’ladi, shifrni ochish esa faqat yopiq kalit yordamida amalga oshiriladi, yopiq kalit faqat qabul qiluvchigagina ma’lum.
Kalitlarni tarqatish va kalitlarni boshqarish terminlari axborotni akslantirish tizimlari jarayoniga tegishli. Bu iboralarning mohiyati foydalanuvchilar o’rasida kalit yaratish va tarqatishdir.
Elektron raqamli imzo deb – xabar muallifi va tarkibini aniqlash maqsadida shifrmatnga qo’shilgan qo’shimchaga aytiladi (elektron xujjatdagi mazkur elektron xujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan xolda maxsus o’zgartirish natijasida xosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron xujjatdagi axborotda xatolik yo’qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo).
Kriptobardoshlilik deb kalitlarni bilmasdan shifrni ochishga bardoshlilikni aniqlovchi shifrlash tavsifiga aytiladi.
Kriptobardoshlilikning bir necha ko’rsatkichlari bo’lib, ular:
· barcha mumkin bo’lgan kalitlar soni;
· kriptoanaliz uchun zarur bo’lgan o’rtacha vaqt.
Tk akslantirish unga mos keluvchi algoritm va k kalit qiymati bilan aniqlanadi. Axborotni himoyalash maqsadida samarali shifrlash kalitni yashirin saqlashga va shifrning kriptobardoshliligiga bog’liq.

Download 44.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling