Referat Mavzu: Tashkilotda operatsion protseduralarni boshqarish


rasm. Mintaqaviy tashkiliy tuzilma


Download 221.77 Kb.
bet13/26
Sana03.12.2023
Hajmi221.77 Kb.
#1799683
TuriReferat
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26
Bog'liq
Referat Mavzu Tashkilotda operatsion protseduralarni boshqarish-fayllar.org

rasm. Mintaqaviy tashkiliy tuzilma


Mahsulotli tashkiliy tuzilmada qandaydir mahsulotni ishlab chikarish va sotishga rahbarlik qilish bo'yicha vakolatlar bitta rahbarga topshiriladi, u mahsulotning ushbu turi uchun javobgar bo'ladi. Ikkilamchi vazifaviy xizmatlar (ishlab chiqarish, texnik va sotish) rahbarlari boshqaruvchi oldida hisobot berishlari kerak.
Mahsulotli tuzilmaga muvofiq harakat qiluvchi yirik firma aniq maqsulotga unga mahsulotning bir ikki turini ishlab chiqaruvchi firma qaragandek e' tiborni qaratadi. Natijada bu firma yangi mahsulotni ishlab chiqarishda boshqa tashkiliy tuzilmalarga asoslangan firmalarga qaraganda kattaroq muvaffaqiyatlarga erishadi. (5.10 rasm).
Iste'molchiga qaratilgan tashkiliy tuzilmada ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish darajasida vazifalarni mijozlar guruhlari bo'yicha ajralib chiqishi sodir bo'ladi, barcha bo'linmalar, iste'molchilarning faqat bitta guruhiga xizmat ko'rsatuvchi tashkilot kabi, iste'molchilarning ma'lum guruhlari atrofida, ularning talablarini qanoatlantirish uchun guruhlanadilar.
Bu e'tiborni mijozlar yoki bozorlarning ma'lum guruhlari talablariga jamlashga imkon beradi. Bunda mijozda tashkilot faqat uning uchun ishlayotgandek tuyiladi. (rasm).

rasm. Iste'molchiga qaratilgan boshqaruv tizimi
Iste'molchiga qaratilgan tashkiliy tuzilmaning afzalliklari:
  • mijozlar va bozorlarga xizmat ko'rsatishning operativligi va sifatini oshishi;


  • rahbarlikka aniq sohadagi omilkorroq mutaxassislarni jalb qilinishi;


  • jipslashgan boshqaruv va ishlab chiqarish jamoasini tashkil qilinishi;


  • norstandart vaziyatlarni hal qilishdagi operativlik;


  • shaxsiy javobgarlikni oshirish.


Bu tuzilmaning kamchiliklari:


Ushbu tuzilma nashriyot, bank firmalari tomonidan foydalaniladi. Iste'molchiga qaratilgan tashkiliy tuzilmalar ulgurja va chakana (savdo) firmalari uchun xosdir.


Boshqaruvning kombinatsiyalashtirilgan tuzilmasi bitta tashkilot doirasidagi bo'linmalar ishi xususiyatlari bilan belgilanadigan to'g'ri chiziqli, vazifaviy, to'g'ri-chiziqli vazifaviy va boshqa tashkiliy tuzilmalar yig'indisidan iboratdir. Bunda tashkilot ushbu vaziyat uchun yaxshiroq to'g'ri keluvchi shaklni o'ziga oladi. Masalan, firmaning bitta bo'limida mahsulotli, boshqasida vazifali, uchinchisida matritsa tuzilmadan foydalanish mumkin. Qoidaga ko'ra, boshqaruvning yuqori darajasi to'g'ri chiziqli vazifaviy tuzilma bo'yicha quriladi.
Boshqaruvning quyi darajasi odatda boshqaruvning to'g'ri chiziqli tuzilmasi bo'yicha quriladi. Bunda tashkilotlar boshqaruv tuzilmalarining egiluvchanligi, ularning turli tumanligi asosan boshqaruvning o'rtacha darajasi bilan belgilanadi. Tashkilotlardagi boshqa-ruvning yuqori va quyi darajalari o'zgarishlarga nisbatan konservativroqlar (rasm).

Tuzilmalarning barcha turli tumanligi



I Tashkilot

Pastki daraja (boshqaruvning to'g'ri chiziqli tuzilmasi)




B oshqaruvning yuqori darajasi


(boshqaruvning to'g'ri chiziqli vazifaviy tuzilmasi)



Download 221.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling