Referat mavzu: To’ldiruvchilarning umumiy sinflanishi va ishlab chiqarish usullari


Download 482.67 Kb.
bet1/2
Sana28.12.2022
Hajmi482.67 Kb.
#1019977
TuriReferat
  1   2
Bog'liq
mustaqil ish 2

O’zbekiston Pespublikasi Toshkent viloyati







REFERAT




Mavzu: To’ldiruvchilarning umumiy sinflanishi va ishlab chiqarish usullari

2022 yil
Xomashyoni qayta ishlash va massa tayyorlash texnalogik jarayonlari

Xomashyo — konlardan olingan foydali qazilmalar va boshqa tabiiy resurslar, ulardan ishlab chiqarilgan va yana ishlov talab etadigan mahsulotlar. Keng maʼnoda Xom ashyo mehnat taʼsirida oʻzgargan va yanada ishlanishi lozim boʻlgan mehnat predmetinn anglatadi. Xom ashyo jarayonida Xom ashyodan tayyor mahsulot yoki yarim fabrikat paydo boʻladi. Xom ashyoning jami xilmaxil koʻrinishlari kelib chiqishiga koʻra sanoat va qishloq xoʻjaligi xom ashyosiga boʻlinadi. Sanoat Xom ashyosi, oʻz navbatida, mineral va sunʼiy Xom ashyoga boʻlinadi. Ishlatilishiga koʻra, mineral Xom ashyo yoqilgʻienergetika (neft, tabiiy gaz, kumir, uran, yonuvchi slanetslar), metallurgiya (qora, rangli, nodir va asl metallar rudalari), konkimyo (agronomiya rudalari, bariy, kaltsiy ftorid, oltingugurt), texnika (olmos, grafit, slyuda), qurilish materiallari (sement, keramika) i.ch. Xom ashyolari va boshqalarga boʻlinadi. Sunʼiy Xom ashyoga sintetik smolalar, plastmassalar, sintetik kauchuk, sunʼiy teri, sintetik yuvish vositalari va boshqa kiradi. Qishloq xoʻjaligi Xom ashyosi va oʻrmon xoʻjaligi, baliq ovlash va tayyorlov tarmogʻining ishlov berilmagan (xom) mahsulotlari oʻsimlik Xom ashyosi (don va texnika ekinlari, yogʻoch, yovvoyi va shifobaxsh oʻsimliklar) va hayvonot Xom ashyosi (goʻsht, baliq, sut, teri, jun) ga boʻlinadi. Ayrim sanoat tarmoqlarida Xom ashyoni birlamchi (metallurgiyada rudalar, qogʻoz sanoatida sellyuloza) va ikkilamchi (metall parchalari, makulatura) turlarga boʻlish muhim amaliy ahamiyatga ega. Ikkilamchi xom ashyodsh toʻgʻri foydalanish ijtimoiy mehnatni tejashni taʼminlaydi. Birlamchi Xom ashyoni kompleks qayta ishlash sanoatning Xom ashyo bazasini kengaytirish va iktisodiy samaradorligini oshirishda muhim manba xisoblanadi.
Paxta xom-ashyosi,don,urug'lar va ularni qayta ishlash
Paxta xom-ashyosi, don, urug‘lar va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish boshqarmasi (keyingi matnda – boshqarma deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining (keyingi matnda - Inspeksiya deb yuritiladi) mustaqil tarkibiy tarmog‘i hisoblanadi.
Boshqarmada:
– Paxta xom ashyosi va undan qayta ishlangan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi;
– Don, urug‘lar va ulardan qayta ishlangan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi faoliyat ko‘rsatadi.
Boshqarma o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, Inspeksiya hay'ati qarorlari, Inspeksiya boshlig‘ining buyruqlari hamda mazkur Nizom talablari asosida amalga oshiradi.
Boshqarmada (tezkor) yig‘ilishlar o‘tkazib boriladi, alohida muhim masalalar Inspeksiya hay'ati majlislarida muhokama qilinishi mumkin.
Boshqarma belgilangan vakolatlari doirasida o‘z faoliyatini Inspeksiya markaziy apparatining (keyingi matnda - markaziy apparat deb yuritiladi) tarkibiy tarmoqlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalari, tuman bo‘limlari (keyingi matnda – quyi turuvchi inspeksiyalar deb yuritiladi), Inspeksiya qoshidagi “Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi” davlat unitar korxonasi (keyingi matnda
– unitar korxona deb yuritiladi), shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlari, nodavlat tashkilotlar, jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda tashkil etadi.
Boshqarma xodimlari quyi turuvchi inspeksiyalar paxta xom-ashyosi, don, urug‘lar va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish tarmoqlari (keyingi matnda - quyi tarmoqlar deb yuritiladi) faoliyatini nazorat qilish, muvofiqlashtirish, ularga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan shaxsan javobgardirlar.
Quyi tarmoqlar o‘z faoliyatlarini mazkur Nizom talablari asosida amalga oshiradilar.

Download 482.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling