Referat mavzu: To’ldiruvchilarning umumiy sinflanishi va ishlab chiqarish usullari


Download 49.17 Kb.
bet1/3
Sana28.12.2022
Hajmi49.17 Kb.
#1019785
TuriReferat
  1   2   3
Bog'liq
mustaqil ish





O’zbekiston Pespublikasi Toshkent viloyati








REFERAT


Mavzu: To’ldiruvchilarning umumiy sinflanishi va ishlab chiqarish usullari

2022 y



Toʻldiruvchilarning umumiy sinflanishi va ishlab chiqarish usullari





Toʻldiruvchi (tilshunoslikda) — gapning ot yoki otlashgan soʻz bn ifodalanadigan, harakatning obʼyekti boʻlgan predmetni koʻrsatib, asosan kesimga bogʻlanadigan boʻlagi. U oʻzi bogʻlangan soʻz (kesim)ga nisbatan grammatik tobe munosabatda boʻladi. Boshqaruvchi soʻzga bogʻlanish xarakteriga koʻra, T. 2 xil boʻladi; vositasiz T. va vositali T. Vositasiz T. tushum kelishigidagi soʻz bn ifodalanadi va harakat bevosita yoʻnaltirilgan obʼyektni koʻrsatadi, oʻtimli feʼl kesimga bogʻlanib, kimni? nimani? qayerni? soʻroqlariga javob beradi. Qiyoslang: Vali akasini koʻrdi. Tushum kelishigi belgisiz ham qoʻllanishi mumkin; Karim kitob sotib oldi. Vositali T. joʻnalish, chiqish va oʻrinpayt kelishiklaridagi soʻzlar yoki koʻmakchi olgan soʻz bn ifodalanib, harakat holat bevosita yoʻnaltirilmagan obʼyektni anglatadi. Masalan: Akamga shaxmat oʻyini yoqadi; Bizdan doʻstlarga salom deng; Karim ruchka bn yozdi.
olisdagi_odam tomonidan to'ldiruvchiga berilgan tasnif va ma'lumot. Toʻldiruvchi fe'lga bog'lanib, kimga? nimaga? kimdan? nimadan? kim bilan? nima bilan? kabi so'roqlarga javob bo'luvchi gap bo'lagidir. MASALAN: Bu 𝘀𝗼'𝘇𝗱𝗮𝗻 Usmon ajablandi.E'tibor bering: Men undan (kimdan?) so'radim.

Mehringni qo'yib, bunchalar saralab gul (nimani?) terding kimga? Gulidan (nimadan?) ko'zini (nimani?) uzmayin singlim asta javob berdi: — O'qituvchimga (kimga?) To'ldiruvchi doimo gapning kesimi bilan bog'lanadi. Agar u bog'langan so'z kesim bo'lib shakllanolmagan bo'lsa, ana o'sha so'z bilan birgalikda kesimga nisbatan bitta gap bo'lagi vazifasida keladi. Bunday vaqtda u gapning emas, bo'lakning bo'lagi bo'ladi. Masalan: Onamdan eshitgan gaplarni aytdim. Bu yerda onamdan eshitgan gaplarni birikmasi nimalarni? so'rog'iga javob bo'lib, kesimga bir butun holda bog'lanadi. Shunday qilib, to'ldiruvchilar kesimga to'g'ridan-to'g'ri bog'lanishiga ko'ra ikki guruhga bo'linadi: 1) mustaqil to'ldiruvchi 2) nomustaqil to'ldiruvchi. Esda saqlang: 1)To'g'ridan-to'g'ri kesimga bog'lanib keluvchi to'ldiruvchilar mustaqil to'ldiruvchi sanaladi.2) Kesim vazifasida kelmagan fe'lga tobe bog'lanib kelgan to'ldiruvchilar nomustaqil to'ldiruvchilar deyiladi.


To'ldiruvchi ikki guruhga bo'linadi: 1) Vositasiz to'ldiruvchi 2) Vositali to'ldiruvchi 1) Vositasiz to'ldiruvchi belgili va belgisiz tushum kelishigi shakllar bilan ifodalangan to'ldiruvchidir. Kimni? nimani? so'rog'iga javob bo'ladigan so'zlar bilan birikma hosil qiladigan fe'llar o'timli fe'llardir: Qarilari kutadi mehmon (ot), pazandasi yopadi shirmon (ot) ... 2) Vositali to'ldiruvchi hokim so'zning kimga? nimaga? kimdan? nimadan? kim uchun? nima uchun? kim haqida? nima haqida? kim bilan? nima bilan? kabi so'roqlarga javob bo'lib keladigan kengaytiruvchilaridir.

Vositali to'ldiruvchi jo'nalish, chiqish, ba'zan o'rin-payt kelishiklari yoki uchun, bilan, orqali, xususida kabi ko'makchilarni olgan so'zlar yoki so'z birikmalari bilan ifodalanad: Qizg'ish – pushtidan to'qroq, qizildan ochroq rang. ...


Ko‘pincha fe’l bilan ifodalangan, ba’zan fe’ldan boshqa ayrim so‘zlar bilan ifodalangan bo‘lakka boshqaruv yo‘li bilan bog‘lanib, uning ma’nosini to‘ldirib keladigan ikkinchi darajali bo‘lak to‘ldiruvchi deyiladi.
To‘ldiruvchi boshqaruvchi so‘zning talabiga ko‘ra kelishik affikslari (qaratqich kelishigidan tashqari) yoki ko‘makchilar orqali shakllanadi. Masalan: Aql va idrok quyoshga o‘xshaydi, ular dog‘larni bekitadi. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»).
To‘ldiruvchi o‘zi bog‘lanib kelgan so‘z bilan (fe’l, sifat, ravish, ot, modal so‘z bilan) «to‘ldiruvchi-to‘ldirilmish» sintaktik munosabatni yuzaga keltiradi.
To‘ldiruvchi ifoda materialiga ko‘ra egaga hamda qaratuvchiga o‘xshaydi, faqat grammatik shakl jihatdan ulardan farq qiladi.
To‘ldiruvchi quyidagicha ifodalanadi:

  1. Ot bilan: Nodon kishi o‘zining nasl-nasabiga, olim kishi esa o‘zining ilm va adabiga tayanadi. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»). Oy to‘lmagan bo‘lmasa ham, juda yorug‘, shabadada silkinayotgan terak barglarini bitta-bitta sanab chiqish mumkin. (P.Qodirov).

2. Olmosh bilan: Shaharliklar... o‘zlarini tog‘da yashayotganday his qilishadimi? (Sh.Xolmirzayev). O‘g‘il ham otaga shunchalik o‘rgandiki, u bilan birga yotadigan bo‘ldi. (Sh.Xolmirzayev).
3. Harakat nomi bilan: Xalqning hurmat qilishini tilasangiz, avval o‘zingiz hammani hurmat qiling. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»). Olim kishi... maqtashlar va olqishlarga uchib, o‘zini yuqori tutmaydi, kamtar bo‘ladi («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»).
4. Otlashgan sifat bilan: Yomondan qoch, yaxshiga quloch och. (Maqol). Aziz o‘g‘lim, yomonlar bilan suhbatdosh bo‘lma, ulardan arslondan qochganday qoch, hammaga rahm va shafqat ko‘zi bilan qara. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»). Botirdan yaxshi ish qolardonodan – yaxshi so‘z. (Maqol).
5. Otlashgan son bilan: Chiqmasa... bittasini menga ber, bir-ikki oy boqay... (P.Qodirov). Ikkovga birov botolmas, otliqqa yayov etolmas. (Maqol).
6. Otlashgan olmosh bilan: Manmanlik yaramas odat ekanini anglang, hamisha buni yodingizda tuting. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»). Kattami, kichikmi - har qaysisini hurmatlab, yoshi va martabasiga ko‘ra muomala qiling. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»).
7. Otlashgan sifatdosh bilan: Ayrilganni ayiq er, bo‘linganni bo‘ri yer. (Maqol).
8. Otlashgan ravish bilan: Ko‘kka boqma, ko‘pga boq. (Maqol). Ko‘pni bilgan oz so‘zlar, oz bo‘lsa ham soz so‘zlar. (Maqol).
9. Otlashgan taqlid so‘z bilan: To‘g‘ri, studentlar allaqachon paxtadan qaytib, yomg‘irdan ivigan parklar yana oshiq-ma’shuqlarning shivir-shiviriga to‘ldi. (O‘.Hoshimov).
10. To‘ldiruvchi so‘z birikmasi bilan ifodalanadi. Masalan: O‘zingdan kichiklarni kamsitmang. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»). Ular bosh silkib, shundoq muhtaram odam bilan tanishganlaridan minnatdor ekanliklarini izhor qilishdi (O‘.Hoshimov).
To‘ldiruvchi gapga teng predikativ birlik bilan ham ifodalanishi mumkin: Yoshi ulug‘ni ulug‘lasa, baxt topar. (Maqol).


Download 49.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling