Referat mavzu: Viruslar va Antivirus dasturlar. Bajardi: Mamanazarov Behruz Dilmurod o’g’li Toshkent 2023


Asosiy qism Kompyuter viruslari haqida umumiy tushunchalar


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana14.03.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1266829
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Новый документ

Asosiy qism
Kompyuter viruslari haqida umumiy tushunchalar
Virus nima?
Virus – bu dasturchi tomonidan tuzilgan, kompyuter ish faoliyatini tekis
ishlashiga halaqit beradigan, oqibatda kompyuterni yoqilishini ham taqiqlab
qo'yadigan dasturdir. Bu dasturlar asosan internet tarmog'i orqali foydalanuvchi
kompyuteriga tushadi. Albatta, bu dastur, internet foydalanuvchisi bilmagan
holda o'z kompyuterida paydo bo'ladi. Ularga qarshi kurashadigan dastur
antivirus deyiladi.
1986 yilda birinchi zararli dastur Pokistondan chiqdi. U "Miya" deb
nomlangan. Ushbu "Miya" 1988 yilda tarmoqning birinchi yo'q qilinishiga
sabab bo'lgan. Bu asosan ARPANET kompyuterlariga ta'sir qildi. Robert
Morris dunyo bo'ylab 6000 ga yaqin shaxsiy kompyuterlarga yuqtirgan
zararkunanda ixtiro qildi. Robert bu vaqtda atigi 23 yoshda edi. Shundan so'ng
butun dunyoda katta janjal sodir bo'ldi. Ushbu voqeadan uch yil o'tgach,
Symantec birinchi antivirus Norton Anti-Virus dasturini ishlab chiqdi.


Kompyuter viruslari qanday hosil bo`ladi?
Biologik viruslardan farqli ularoq, kompyuter viruslarini inson
tomonidan tuziladi. Viruslar kompyuter foydalanuvchilariga katta zarar
yetkazadi. Ular kompyuter ishini to`xtatadi yoki qattiq diskdagi ma’lumotlarni
uchiradi. Virus sistemaga bir necha yo`llar bilan tushishi mumkin: disketalar,
dastur ta’minot yuklangan CD-ROM, tarmoq interfeysi yoki modemli
bog`lanish, global Internet tarmog`idagi elektron pochta.
Internet ma’lumotlar almashinishiga katta imkoniyat yaratadi. Lekin,
kompyuter viruslari va zararli dasturlar tarqalishi uchun yaxshi muhit yaratadi.
Albatta Internetdan olingan barcha ma’lumotlarda virus bor deb bo`lmaydi.
Kompyuterda ishlovchi ko’pchilik mutaxassislar va operatorlar qabul
qilinadigan ma’lumotlarni viruslardan tekshirishni doimo bajaradi. Internetda
ishlayotgan har bir kishi uchun yaxshi antivirus ximoya zarur. «Kasperskiy
laboratoriyasi» texnik ta’minot xizmati statistikasiga ko`ra, viruslardan
zararlangan holatlarning 85% i elektron pochta orqali sodir bo`lgan. 1999 yilga
nisbatan xozirgi kunda bu ko`rsatkich 70 % tashkil etadi. «Kasperskiy
laboratoriyasi» elektron pochtalarga yaxshi antivirus ximoyasi kerakligini
ta’kidlaydi. Virus tuzuvchilarga elektron pochta juda qulay. Amaliyot shuni
ko`rsatadiki, ommabop dasturlar, operastion sistemalar, ma’lumotlarni uzatish
texnologiyalari uchun viruslar ko’plab tuzilmoqda. Xozirda elektron pochta
biznes va boshqa soxalarda muloqot uchun asosiy vosita bo’lib qolmoqda.
Shuning uchun virus tuzuvchilari elektron pochtaga diqqatini qaratmoqda.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling