Referat mavzu: Viruslar va Antivirus dasturlar. Bajardi: Mamanazarov Behruz Dilmurod o’g’li Toshkent 2023
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Новый документ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toshkent - 2023 Mavzu: KOMPYUTER VIRUSLARI VA ANTIVIRUS DASTURLAR Mundarija
О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI REFERAT Mavzu: Viruslar va Antivirus dasturlar. Bajardi: Mamanazarov Behruz Dilmurod o’g’li Toshkent - 2023 Mavzu: KOMPYUTER VIRUSLARI VA ANTIVIRUS DASTURLAR Mundarija 1. Kirish 2. Asosiy qism 1. Kompyuter viruslari haqida umumiy tushunchalar 2. Kompyuter viruslaridan himoyalanish usullari 3. Antivirus dasturlari 3. Xulosa 4. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Kirish Kompyuter viruslari bugungi kunda ko'pchilikning eng dolzarb muammosidir. Bu hammani tashvishga solmoqda. Kompyuter viruslariga qarshi minglab professional mutaxassislar ko’plab kompaniyalarda ish olib borishmoqda. Bu mavzu o’ta qiyin va muhimki ko’p e’tiborni talab qilmoqda. Kompyuter virusi informatsiyani yo`qotish sabablaridan biri va asosiysi bo’lib qolmoqda. Viruslar ko’plab tashkilot va kompaniyalarni ishlarini buzishga olib kelganligi ma’lum. Shunday ma’lumotlar mavjudki, Niderlandiya gospitallaridan birida bemorga kompyuter kuygan tashxis bo`yicha iste’mol qilingan dori oqibatida bemor olamdan o`tgan. Bu kompyuter virusining ishi bo`lgan. E’tiborsizlik bilan qilingan ishdan kompyuter tezda virus bilan zararlanadi. Inson kasallik virusi bilan zararlansa issiqligi o`zgarishi, vazni o`zgarishi, xolsizlanish va og’riqning paydo bo`lishi ko`zda tutiladi. Kompyuter virusi bilan zararlangan kompyuterlarda quyidagilar kuzatiladi: dasturlarning ishlashining sekinlashishi, fayllar hajmi o`zgaradi, g`ayritabiiy va ba’zi bir noma’lum xatoliklar, ma’lumotlar va sistema fayllari yo`qotilishi. Ba’zi viruslar zararsiz ko’payadi, lekin qo’rqinchli emas. Bu viruslar ekranga xato ma’lumot chiqaradi. Ammo, bir turdagi viruslar hujum qiluvchi, ya’ni, yomon asoratlar qoldiruvchi hisoblanadi. Masalan, viruslar qattiq diskdagi informastiyalarni ham o’chirib tashlaydi. Kompyuter virusi o'zi nima? Ular ma'naviy qashshoq, hayotdan va boshqalardan alamzada dasturchilar tomonidan g’arazli maqsadlarda yozilgan dastur. Ular odatda, ko'p martalab nusxalanadi va ijrochi fayllarga "yopishib oladi". Ularning "ishga tushishi" oqibatida goh displeyda turli yot yozuvlar paydo bo'lishi, goh diskdagi yozuvlar (fayllar) ni o'chirib yuborishi mumkin. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling