Referat mavzu: Viruslar va Antivirus dasturlar. Bajardi: Mamanazarov Behruz Dilmurod o’g’li Toshkent 2023
Asosiy qism Kompyuter viruslari haqida umumiy tushunchalar
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Новый документ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kompyuter viruslari qanday hosil bo`ladi
Asosiy qism
Kompyuter viruslari haqida umumiy tushunchalar Virus nima? Virus – bu dasturchi tomonidan tuzilgan, kompyuter ish faoliyatini tekis ishlashiga halaqit beradigan, oqibatda kompyuterni yoqilishini ham taqiqlab qo'yadigan dasturdir. Bu dasturlar asosan internet tarmog'i orqali foydalanuvchi kompyuteriga tushadi. Albatta, bu dastur, internet foydalanuvchisi bilmagan holda o'z kompyuterida paydo bo'ladi. Ularga qarshi kurashadigan dastur antivirus deyiladi. 1986 yilda birinchi zararli dastur Pokistondan chiqdi. U "Miya" deb nomlangan. Ushbu "Miya" 1988 yilda tarmoqning birinchi yo'q qilinishiga sabab bo'lgan. Bu asosan ARPANET kompyuterlariga ta'sir qildi. Robert Morris dunyo bo'ylab 6000 ga yaqin shaxsiy kompyuterlarga yuqtirgan zararkunanda ixtiro qildi. Robert bu vaqtda atigi 23 yoshda edi. Shundan so'ng butun dunyoda katta janjal sodir bo'ldi. Ushbu voqeadan uch yil o'tgach, Symantec birinchi antivirus Norton Anti-Virus dasturini ishlab chiqdi. Kompyuter viruslari qanday hosil bo`ladi? Biologik viruslardan farqli ularoq, kompyuter viruslarini inson tomonidan tuziladi. Viruslar kompyuter foydalanuvchilariga katta zarar yetkazadi. Ular kompyuter ishini to`xtatadi yoki qattiq diskdagi ma’lumotlarni uchiradi. Virus sistemaga bir necha yo`llar bilan tushishi mumkin: disketalar, dastur ta’minot yuklangan CD-ROM, tarmoq interfeysi yoki modemli bog`lanish, global Internet tarmog`idagi elektron pochta. Internet ma’lumotlar almashinishiga katta imkoniyat yaratadi. Lekin, kompyuter viruslari va zararli dasturlar tarqalishi uchun yaxshi muhit yaratadi. Albatta Internetdan olingan barcha ma’lumotlarda virus bor deb bo`lmaydi. Kompyuterda ishlovchi ko’pchilik mutaxassislar va operatorlar qabul qilinadigan ma’lumotlarni viruslardan tekshirishni doimo bajaradi. Internetda ishlayotgan har bir kishi uchun yaxshi antivirus ximoya zarur. «Kasperskiy laboratoriyasi» texnik ta’minot xizmati statistikasiga ko`ra, viruslardan zararlangan holatlarning 85% i elektron pochta orqali sodir bo`lgan. 1999 yilga nisbatan xozirgi kunda bu ko`rsatkich 70 % tashkil etadi. «Kasperskiy laboratoriyasi» elektron pochtalarga yaxshi antivirus ximoyasi kerakligini ta’kidlaydi. Virus tuzuvchilarga elektron pochta juda qulay. Amaliyot shuni ko`rsatadiki, ommabop dasturlar, operastion sistemalar, ma’lumotlarni uzatish texnologiyalari uchun viruslar ko’plab tuzilmoqda. Xozirda elektron pochta biznes va boshqa soxalarda muloqot uchun asosiy vosita bo’lib qolmoqda. Shuning uchun virus tuzuvchilari elektron pochtaga diqqatini qaratmoqda. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling