Referat mavzu: XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movaraunnarhda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivoji
Abdurahmon Jomiyning ma’rifiy-tarbiyaviy qarashlari. “Tuhfat-ul-ahror” asari
Download 37.32 Kb.
|
Abdurasulova SH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jaloliddin Davoniyning axloqiy qarashlari. “Axloqi Jaloliy” asari. Jaloliddin Davoniy
Abdurahmon Jomiyning ma’rifiy-tarbiyaviy qarashlari. “Tuhfat-ul-ahror” asari
Abdurahmon Jomiy (1414-1492) Jom shahrida tug`iladi, yoshligida ularning oilasi Hirotga ko`chib o`tadi. Maktab, keiyn Nizomiya madrasasida o`qiydi. Keyin Samarqandda uz ilmini oshiradi. U ko`p sohalar bo`yicha chuqur bilim oladi. Jomiy 1469 yili Hirotda Navoiy bilan uchrashadi, do`stlashadi. 1472 yili Xajga boradi mashhur olimu mutafakkirlar bilan muloqotda buladi. 2 yillik safardan so`ng Hirotga qaytadi. Jomiy 3 ta lirik devoni, 7 ta dostondan iborat "Xaft avrang", ta’lim - tarbiyaga oid "Bahoriston" asarlari bilan jahon madaniyatiga katta hissa qo`shgan. Ta’limiy axloqiy qarashlari "Bahoriston" va "Xaft avrang"ga kirgan "Tuxfat ul - axror", "Silsiltul zaxob" (Oltin tizmalar) asarlarida ifodalangan. Jomiy inson kamolotining birinchi mezonini bilimlilika deb biladi. Kasb - hunarli bo`lishni ham kamolot mezoni deb biladi. U tarbiyaning roliga ham katta baho beradi. U insonda yaxshilik, saxiylik, shirinso`zlik, kamtarlik, sabr - qanoat, rostlik, mehnatsevarlikni tarbiyalashga alohida e’tibor beradi. Adib inson xirs va ta’madan uzoq bo`lishini istaydi. "It va gado" hikoyatida bu aks etadi. (It berganingga qanoat qiladi, gado esa qancha narsasi bo`lsa ham yana talab qilaveradi). Jaloliddin Davoniyning axloqiy qarashlari. “Axloqi Jaloliy” asari. Jaloliddin Davoniy (1427-1502) Eronning Davon qishlog`ida tug`iladi. Boshlang`ich ma’lumot olgach, Sherz madrasasida o`qiydi, shu yerda qozilik qiladi. Mudarrislik ham qiladi. U falsafa, pedagogika, riyoziyot, fikx bo`yicha asarlar yozadi. "Risolayi isboti vojib" (Zaruratning isboti haqida), "Risola-tul-Xuruf" (Harflar haqida risola), "Risoladur ilmul nafs" (Ruhshunoslik haqida), "Axloqi Jaloliy" asarlarini yozgan. "Axloqi Jaloliy" mashhur bo`lib, madrasalarda o`qitilgan. U 1839 yilda V.Tompson tomonidan ingliz tiliga tarjima qilingan. Asarda ijtimoiy - siyosiy masalalar, axloq - odob qoidalari uz aksini topgan. U tarbiyada maktab va oila rolini kursatadi. U qo`pol, badjahl muallimlarni tanqid qiladi, u aklli, yaxshi hislatli bo`lish lozim, deydi. Ota bolani jismoniy tarbiyalasa, muallim uni ma’naviy tarbiyalaydi. Oila va maktab tarbiyasini taqqoslaydi, bunda muallimning roli,o`rni yuqoriligini ko`rsatadi. U kasb - hunar egallashni insoniy fazilat deb biladi. U kasb - hunar egalarini 4 toifaga bo`ladi: 1. Qalam ahllari: olim, noib, munajjim, qozi, muxandislar. 2. Harbiylar. 3. Savdogar, hunarmandlar. 4. Dehqonlar. Devoniy insoniy fazilatlarni 4 ga bo`ladi: donolik, adolat, shijoat, iffat. U bularning har biri ichiga ham yana qator fazilatlar kiritadi. U yana sevgini 5 xilga buladi: 1.Ilohiy sevgi. 2. Ota - onaga muhabbat. 3. Muallimning o`ztalabasiga muhabbati. 4. Podshoning fuqarosiga muhabbati. 5. Ilm - ma’rifatga muhabbat. U sevgini ham kamolot belgisi sifatida qaraydi. Devoniy insondagi yomon xislatlar haqida gapirish bilan birga ularni bartaraf etishga ham maslahatlar beradi. Devoniyning ta’lim - tarbiyaga oid qarashlari hozirgi kunimiz uchun ham g`oyat qimmatli va foydalidir. Download 37.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling