Referat mavzu: "Yaponiyada tadbirkorlikni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash mexanizmi" Bajardi
Download 48.19 Kb.
|
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.YAPONIYADA DAVLATNING KICHIK VA O’RTA BIZNESNI QO’LLAB – QUVVATLASH YO’NALISHLARI
Avvalgi nashr
Yangi nashr Turi Kapital hajmi (million yen) Ishchilar soni Ishlab chiqarish 100 dan kam 300 or less Turi Kapital hajmi (million yen) Number of Employees Ishlab chiqarish 300 dan kam 300 dan kam Ulgurji savdo 30 dan kam 100 dan kam Chakana savdo 10 dan kam 50 dan kam Ximzmat ko’rsatish Ulgurji savdo 100 dan kam 100 dan kam Chakana savdo 50 dan kam 50 dan kam Xizmat ko Rsatish 100dan kam 3.YAPONIYADA DAVLATNING KICHIK VA O’RTA BIZNESNI QO’LLAB – QUVVATLASH YO’NALISHLARI Yaponiyada 1964 – yildan boshlab kichik va o’rta biznesning “Oq kitobi” chop etila boshlandi. Unda har yili korxonalar haqida ma’lumot, o’tga yil sarhisobi va kelasi yil rejalari qayd etiladi. 1970 – yildan boshlab esa, kichik va o’ta biznesni rivojlantirishda subpudrat aloqalarini rolini oshirish asosiy yo’nalish sifatida belgilandi. Ularga beriluchi moliyaviy yordamga to’xtaladigan bo’lsak, aslida davlat tashkiloti hisoblansada, Savdo va sanoat markaziy kooperativ banki o’zining 90% ssuda kapitalini hususiy sektor hisobiga amalga oshiradi. Kichik va o’rta biznesga moliyaviy ko’mak beruvchi Davlat koorporatsiyasi faqatgina yetakchi 22 ta sohaga kredit va subsidiyalar ajratadi. Undan tashqari juda mayda korxonalarga moliyaviy yordam ko’rsatuvchi milliy koorporatsiya ham mavjud bo’lib, bu kreditlarning muddtai juda uzoq, ammo summasi kichkinadir. Alohida Yaponiya hos bo’lgan usul ham mavjud bo’lib, bu zayomlarni kafolatlashni kiritish mumkin. Yaponiyada qaytmas moliyaviy yordam turi ham mavjud bo’lib, unga ilmiy tadqiqot ishlari uchun sarflanuvchi harajatlar kiritiladi. Budjetdan kichik va o’rta biznesni qo’llab – quvvatlashga bo’lgan harajatlar 80 – yillarda 0,5%ni tashkil etgan bo’lsa, 1995 – yillarga kelib ular 0,26 % ga 2009 – yilga kelib esa 1,5 % ga kamaytirilgan. Yaponiyada konsalting xizmat ko’rsatish keng yo’lga qo’yilgan. Bu bilan Savdo sanoat palatasi shug’ullanadi. Bu xizmat bepul bo’lib, 2013 yilga budjet harajatlarining 5,7 mln yennii tashkil etdi. Moliyaviy yordam turi hisoblanuvchi soliq yuki yengillashtirish kichik va o’rta biznesga berilayotgan yordamning asosiy qismini tashkil etadi. Korporatsiya solig’ining qishloq xo’jaligi bilan shug’ullanuvchi korxonalarga 30%ga kamaytirilgani bunga yaqqol misoldir. Kichik korxonalarni uskuna bilan ta’minlash maqsadida, ular sotib olgan uskuna qiymatining 30% gacha bo’lgan miqdorini , korporatsiya solig’ining 20 % idan chegirib qolinishi mumkin. 7 Bilamizki, 2013 yil aprel ayidan boshlab, Yaponiya soliq tizimiga o’zgartirishlar kiritildi. Unga ko’ra, yirik koroxonalarning soliq stavkasi 30% deb, kichik va o’rta korxonalar uchun 20% etib belgilandi. Undan tashqari quyidagi qoidalar ham mavjud: Korxona turi Daromad miqdori Soliq stavkasi Yirik korxonalar 30% Kichik va o’rta korxonalar Yiliga 8 mln yendan ko’p 15% Ustav kapitali 100mln yendan ko’p korxonalar Yiliga 8 mln yendan ko’p 19% 7
Kichik va o’rta biznesga ishchilarni jalb etish maqsadida 2013 – 2016 yillarda ish haqida darajasini oshirish ko’zda tutilgan bo’lib, yirik korxonalarda 10% ga, kichik va o’rta korxonalarda esa 20% ga oshishi rejalashtirilgan. 8 Kichik va o’rta biznesga nisbatan olib borilgan soliq siyosati 2006 yil 31 – martidan, 2012 yil 1- apreliga qadar 3 mln yenga kamaytirilgan. Shunga qaramasdan, Yaponiya korxonalari yiliga 14 marta soliq to’lovlarini amalga oshiradilar, 330 soat vaqt ushbu hujjatlarni to’ldirishga sarflanadi. Hamda yillik foydaning 49,7 % i soliqlar uchun ishlatiladi. Yaponiyada mulk solig’i ham mavjud bo’lib, u soliqqa tortiluvchi foydaning 6,585% ga 530 ming yen qo’shib to’lash bilan amalaga oshiriladi. Undan tashqari yangi oshiluvchi korxonalar uchun ro’yxatdan o’tish va litsenziya boji ham mavjud bo’lib, u ustav kapitali 70 % ining 0,4%ga tengdir. Ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug’ullanuvchi korxonalar solig’i 12% ni tashkil etadi. 2012 yilga kichik va o’rta biznesni rivojlantirishda quyidagi ishlar amalga oshirildi: Mahalli iqtisodni qo’llash va kichik va o’rat biznesda mahalliy talabni paydo qilish uchun: Ishlab chiqairishga subsidiyalar 100,7 mln yen Hududda talab yuqori bo’lagan kichik va o’rta biznesni tashkil etishga subsidiyalar 20 mln yen Inson omillarini qo’llab – quvvatlashga bo’lgan loyihalar 28,2 mln yen Xorijda savdoni amalga oshirish uchun loyihalar 2 mln yen Kichik va o’rta korxonalar biznesini jonlantirish maqsadida Boshqaruv hujjatlarini to’ldirishda maslahat ishlarini olib borish 40,5 mln yen Yangi kichik va o’rta biznesni tashkil qilish 289,3 mln yen Kichik hajmli subpudratchilar loyihalari 0,7 mln yen Sanoat kichik va o’rta biznesida tadqiqot ishlari uchun 11,9 mln yen Korxonalarning xorij bozorida faoliyatini kengaytirish uchun 3,2 mln yen Moliyaviy ko’mak 26,5 mln yen Xodimlar malakasini oshirish va kadrlar tayyorlash maqsadida tashkil etilgan “Kichik va o’rta biznes Agentligi” qoshidagi 9 ta universitetda har yili 16000 hodimga ta’lim beriladi. Hozirgacha uning bitiruvchilari soni 560000 tani tashkil etgan. Bundan tashqari ilmiy tadqiqot va konstruktor ishlari uchun har yili budjet mablag’lari hisobidan 23 mln yen ajratiladi. Umumiy hisobda kichik va o’rta biznesni qo’llab – quvvatlash uchun budjet harajatlari 2012 yilda 180,2 mln yenni, 2013 yilda esa 181,1 mln yenni tashkil etgan. Bu 2012 yilga nisbatan 0,9 marta , yoki, 0,5 % ga ko’pdir. Moliyaviy yordamdan tashqari kichik biznesga ishchilarni jalb etish maqsadida 292 ta ish ko’rgazmalari o’tkazildi. Davlat tomonidan moliyaviy yordamdan tashqari, kichik biznesga subpudratchilar tomonidan kiritilgan mablag’ 2012- yilda 590 mln yenni tashkil etgan. 8 “ Japan Tax Update” Issue 83// January 2013 by Ministry of Finance. http//: www.pwc.com/jp/tax Xulosa Kichik va o’rta biznesmamlakat iqtisodiyotining ajralmas qismidir. Ayniqsa, eksport siyosatini amalga oshiruvchi Yaponiyani kichik biznessiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Kichik biznes turi uning olib borayotgan faoliyati, ishchilar soni va kapital miqdoriga qarab baholanadi. Yaponiyaning 1963 - yilda qabul qilinga “Kichik va o’rta biznes haqida Asosiy qonun” ga ko’ra 300 mln yenda kam kapitalga ega, hamda, 300 kishidan kam ishchi kuchiga ega korxonalar kichik va o’rta biznes sirasiga kiradi. Kichik biznesni rivojlantirish Yaponiyada avvaldan yo’lga qo’yilgan bo’lib , uzoq vaqt davomida uning institutsional va huquqiy asoslari tashkil qilib kelindi. Kichik va o’rta biznes korxonalarini nazorat qilish bilan Iqtisodiyot, savdo va sanoat Vazirligi qoshida tashkil etilga “Kichik va o’rta biznes Agentligi”ni aytish mumkin. Asosiy davlat organi sifatida Iqtisodiyot, savdo va sanoat Vazirligi, Moliya Vazirligi faoliyat yuritadi. Kichik va o’rta biznesni qo’llab – quvvatlashning o’ziga xos yo’nlaishlari mavjud. Yaponiyda asosan quyidagi yo’nalishlarni ajratish mumkin: 1. Moliyaviy yordam berish, davlat hisobidan subsidiyalar , kreditlar ajratish, soliqlardan chegirmalar taqdim etish, unda tashqari Yaponiyaga xos bo’lgan zayomlarga kkafolatlar taqdim etish yo’lga qo’yilgan. Bunday faoliyat bilan Kichik va o’rta biznes moliyaviy korporatsiyasi, Milliy moliyaviy korporatsiya kabilar shug’ullanib keladi. 2. Konsultativ yordam. Bunda davlat hujjatlarini amalga oshirishda, boshqaruv hujjatlarida va boshqaruv ishlarida maslahatlar taqdim etiladi. Yordamning bu turi bepul hisoblanib, barchasi budjet mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi. 3. Inson resurslarini rivojlantirish bo’yicha yordam xodimlar malakasini oshirish va malakali kadrlarni yetishtirish bilan amalaga oshiriladi. Bunda Agentlik qoshida mahsus o’quv yurtlari tashkil etilgan bo’lib, har yili 16000 ga yaqin hodim qayta tayyorlanadi. Undan tashqari Universitet va Ilmiy tadqiqot markazlarining ishlab chiqaruvchilar bilan aloqalari yo’lga qo’yilgan bo’lib, milliy innovatsiya tizimiga muvofiq tarzda, malakali bitiruvchilar korxonalarga ishga yuboriladi. 4. Davlatning venchur kompaniyalarini rivojlantirishga bo’lgan e’tibori, innovatsiyalarni rivojlantirishga qaratilgandir. Raqobatning muhim omili sifatida, innovatsiyalarni ishlab chiqish nafaqat hususiy mablag’lar hisobiga, balki davlat mablag’lari hisobiga ham amalga oshadi. Bu mablag’lar qaytmas mablag’lar deb atalib, ularning hajmi 2012 yilda 23 mln yenni tashkil etgan. Aynan, kerakli tarmoqlarni rivojlantirish maqsadida ISSV tomonidan yetakchi tarmoqlar ro’yxati tuzib chiqilgan bo’lib, ular 22 tani tashkil etadi. Yaponiyada kichik biznesni qo’llab – quvvatlash siyosati juda murakkab tashkil etilgan. Har yili “Oq kitob” nashr qilinib, unda bir yillik rejalar joy oladi. Bunda ko’makning asosiy shakli soliqlarni kamaytirish orqali olib boriladi. Yirik biznes korxonalariga yillik foyda solig’i 30% qilib belgilangan bo’lsa, kichik biznes korxonalari uchun bu miqdor 15-19 % miqdorida belgilangan. Subsidiyalar berish, davlat tomonidan berilgan moliyaviy ko’mak shakli bo’lib, uning asosiy yo’nalishi yangi korxonalarni tashkil etish va yirik korxonalar bilan subpudrat munosabatlarini tashkil etishdan iborat. Yaponiyada kichik biznesga doir 40 dan ortiq qonunlar ishlab chiqilgan. Ulardan asosiysi bo’lgan “Kichik va o’rta biznes haqida Asosiy qonun” ga 1999 – yilda o’zgartirish kiritilgan bo’lib, unda kichik va o’rta biznes korxonalariga davlat aralashuvini kamaytirish va ular mustaqilligini ta’minlash muhim o’rin kasb etadi. Bugungi, kunda Yaponiyada korxonalarning 99,7 % i kichik biznes vakili hisoblanadi. Yaponiyaning kichik biznesni qo’llab – quvvatlash siyosatini o’rganish shu yo’ldan borayotgan O’zbekiston uchun ham muhimdir. http://fayllar.org Download 48.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling