Referat mavzu: "Yaponiyada tadbirkorlikni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash mexanizmi" Bajardi
Download 48.19 Kb.
|
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajardi: 4 -kurs yapon-ingliz guruhi talabasi Ishanova Nigora Rixsulla qizi
- 2. Yaponiyada kichik va o’rta biznesni qollab quvvatlash bilan shug’ullanuvchi davlat tashkilotlari
- YO’NALISHLARI 5. Xulosa
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI “Osiyo-Tinch okeani mintaqasi va Janubiy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik” kafedrasi REFERAT Mavzu: “Yaponiyada tadbirkorlikni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash mexanizmi” Bajardi: 4 -kurs yapon-ingliz guruhi talabasi Ishanova Nigora Rixsulla qizi Toshkent 2014 Reja:
qo’llab – quvvatlash siyosatining nazariy asosi 2. Yaponiyada kichik va o’rta biznesni qollab quvvatlash bilan shug’ullanuvchi davlat tashkilotlari 3. Kichik va o’rta biznesni rivojlantirish maqsadida qabul qilingan qonunlar 4. YAPONIYADA DAVLATNING KICHIK VA O’RTA BIZNESNI QO’LLAB – QUVVATLASH YO’NALISHLARI 5. Xulosa 1. Kichik va o’rta biznes atamasi va davlat tomonidan kichik va o’rta biznesni qo’llab – quvvatlash siyosatining nazariy asosi Kichik va o’rta biznes – u mustaqil xo’jalik subyekti bo’lib, foyda olish maqsadida mahsulot ishlab chiqarish, ximat kor’satish ishlari bilan shug’ullanadi. Biznesni klassifikatsiya qilishda turli omillar rol o’ynaydi.Lekin ulardan asosiysi korxona ko’lamini aniqlashdan ishchilar sonidan foydalanishdir.Korxonalarni quyidagi turlarga bo’lish mumkin. Ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanuvchi (nimani qanday ishlab chiqarish jarayonini o’z ichiga oladi) Tijorat faoliyati bilan shug’ullanucvchi (nimani va qancha sotib olish, sotish va taqsimlash jarayonini o’z ichiga oladi) Mahsulotni taqsimlovchi (mahsulotlarni iste’mol, ayirboshlash, yig’ish jarayonini o’z ichiga oladi. Ishchilar soniga ko’ra korxonalarni quyidagi turlarga ajratish mumkin: Kichik korxonalar, yoki kichik biznes (100 kishigacha);
Undan tashqari korxonalarni tavsiflashda quyidagilardan ham foydalaniladi: Mulk turiga ko’ra (xususiy yoki davlat korxonasi); Faoliyat turiga ko’ra; Ishlab chiqaruvchi mahsulotning turiga ko’ra;
Kichik va o’rta biznesning o’ziga xos hususiyati sifatida quyidagilarni aytib o’tish mumkin: 1. Mahalliy bozorda faoliyat olib borishi; 2. Bozor o’zgarishlariga tezda ko’nika olish; 3. Iste’molchi bilan to’gridan to’g’ri aloqa; 4. Tovar va xizmatlar bozorida tor sohaning egallanganligi; 5. Kam capital bilan biznes boshlash imkoniyatining mavjudligi; 6. Yangiliklarni tez o’zlashtira olish; 7. Keng ommani faol tadbirkorlik faoliyatiiga jalb eta olish, bo’sh ish o’rinlarining yaratilishi; Davlat tomonidan kichik va o’rta biznesni qo’llab-quvvatlash quyidagi yo’nalishlarda amalga oshiriladi: 1. Moliyaviy ko’mak – bunga misol qilib turli xil subsidiyalar, masalan, bank kreditlari foizlarini kamaytirish, ijara haqidan ozod etish, davlat investitsiyalarini joriy qilish, alohida kafolat qog’ozlari (masalan kredit olishga kerak bo’luvchi) joriy qilishdan iborat,ammo lekin bunday turdagi ko’mak ma’lum bir sohaga qaratilgan bo’lib, masalan alkogol savdosi bilan shug’ullanuvchi, yoki, foydali qazilmalar oldi – sotdisi bilan shug’ullanuvchi korxonalar bundan mustasno; 2. Mulkiy ko’mak – bunda korxonalar davlat yoki hokimiyat mulkini ijaraga olish huquqiga ega bo’ladilar,bunga misol qilib, yer maydonlari, inshootlar, turar joy bo’lmagan binolar, uskunalar, jihozlarni chegirmalar asosida ijaraga olishni kiritish mumkin. Lekin bularni sotish, garovga qo’yish va kapital sifatida kiritish ta’qiqlanadi. 3. Axborot ko’magi – davlat va davlat organlari tomonidan, kichik va o’rta biznesni qo’llab – quvvatlash usullari haqida o’z saytlarida yoki OAV orqali axborot berib borish, kerakli hujjatlar haqida ma’lumotlar va korxonalar uchun marketing, iqtisodiy va ishlab chiqarish texnologiyasi haqida yangi ma’lumotlar berib borishdan iboratdir. 4. Maslahat ko’magi – davlat tomonidan korxonalarga huquqiy va buxgalteriya masalalarida maslahat beruvchi tashkilotlarni tuzish bilan amalaga oshiriladi. Bu maslahatlar bepul bo’lishi lozim. 5. Malakali kadrlarni tayyorlash, xodimlar malakasini oshirish bo’yicha ko’mak - bunda davlat tomonidan xodimlar malakasi oshirish va yangiliklar bilan tanishtirish maqsadida alohida tashkilot tuzilishi, ilmiy va metodologik izlanishlar olib boorish uchun qulay sharoit yaratish bilan baholanadi. Bularga misol qilib korxonalarni kreditlash uchun fondlar tuzish, yarmarkalar o’tkazish, texnoparklar tashkil etish, palatalar tuzish kabilarni aytish mumkin. Bunday siyosat davlat miqyosida bo’lganidek,alohida hudud yoki viloyat miqyosida ham o’tkazilishi mumkin. Download 48.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling