Referat Mavzu: Zebo Mirzayeva ijodi Reja 1 shoiraning hayoti va ijodo O’zbebek adabiyotiga tutgan o’rni


Download 428.75 Kb.
bet2/8
Sana22.06.2023
Hajmi428.75 Kb.
#1646505
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Zebo Mirzayeva ijodi

INTIQLIK
Tuni bilan yoqqan yomg‘irlar
YUvib o‘tdi tonglar yuzini.
Men izladim o‘zim uchun sir
Bo‘lgan baxtning yorug‘ yuzini…
Keldimi deb sendan xabarlar
Eshiklarni necha bor ochdim.
Daydi shamol bebosh boladay
Derazamni sindirib qochdi!
Tuni bilan qiynaldi yurak
Eta olmay nur yo‘llariga.
Isming qo‘ndi kapalak kabi
Goh tushimga,
Goh qo‘llarimga…
Sen kelmading,
Biroq bu gal ham…
Men kunning qon yuziga boqib —
o‘ijimlanib otilgan xatday —
YUragimni yubordim yoqib!..
…Tuni bilan yomg‘irlar yog‘di…
SARATON
Oftob nurlariga
Toblanib yotar
Daryoning oqbadan, go‘zal toshlari.
To‘sh urib, yaltirar
Kunning tig‘ida
Baliqlar — qushlarning qarindoshlari.
YUksakdan; yalang‘och
Suvlar boshiga
Quyosh yog‘dirarkan oltin nayzalar,
Vujudi qizigan
Daryo qoshiga
YUgurib chiqadi chanqoq maysalar!
Bu yoniq hislarga
Bera olmay tob,
Osmon hansiraydi lablarin tutib.
Borliqqa alanga qo‘ygancha oftob
Ketar ufqlardan nariga o‘tib…
YAlang oyoqlari
Loylarga toyib
Entikib-entikib kelarkan shamol,
Uzun sochlarini
Suvlarga yoyib
Asta kechib o‘tar daryoni HILOL…
OLOVDARAXT
Maysalar titrog‘i kirar jonimga,
CHayqalar ko‘ksimda olov dengizi…
Gulladim sochimdan tirnog‘imgacha,
Men qanday daraxtman,
Men kimman o‘zi?
…Hatto xayolan ham
YOnimdan o‘tma,
Dunyo ayriladi, axir, hushidan.
Oh, ular-ku, ular,
O‘zim ham hatto
Qo‘rqaman olovning
Uyg‘onishidan!..

O’zbebek adabiyotiga tutgan o’rni

O‘zbekiston YOzuvchilar uyushmasi a’zosi, "SHuhrat" medali sohibasi, shoira - Zebo Mirzo (Mirzaeva) - 1964 yil 15 dekabrda Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanining Beshterak qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning o‘zbek filologiyasi fakulьtetini tamomlagan (1987). 


Zebo Mirzo Toshkent Davlat san’at instituti katta laboranti, o‘qituvchisi (1987-1991),O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligining Xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlar respublika markazi muharriri (1991-1995), „YOzuvchi“ nashriyoti bo‘limi mudiri (1995-1999), „YOshlar“ radiokanali kata muharriri (1999-2006), „O‘zbekiston“ telekanali katta muharriri vazifalarida xizmat qilgan. 
Zebo Mirzoning „Tun malikasi“ nomli ilk she’riy to‘plami 1990 yilda nashr etilgan. SHuningdek, shoiraning „Ajr“(1997), „Nur kukunlari“ (2004), „Ishq“ (2012) kabi she’riy kitoblari nashrdan chiqqan. Zebo Mirzo, shuningdek, “Rangin dunyo”, „Ijod maktabi“, „Siz va Siz uchun“, „Tundaliklar“ kabi tasviriy san’at, madaniyat, adabiyot namoyondalari hayoti va ijodi haqidagi madaniy-ma’rifiy mavzudagi bir qator turkum ko‘rsatuvlar muallifi hamdir.
Zebo Mirzaeva "SHuhrat" medali bilan mukofotlangan.
Ular erkak ijodkorlar bilan bir pog‘onada turishibdimi? Yo “Sharqda azaldan shunday bo‘lib kelgan, bu – Sharq” deya har sohada erkaklar balandda turishini istagan ayrim kishilarning tasavvuricha haligacha ayol ijodkorlar jimgina o‘z aravalarini tortib yurishibdimi?

Download 428.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling