Mavzuni mustaqil o’zlashtirish.Fanning xususiyati, talabalarning bilim
darajasi va qobiliyatiga qarab ishchi o’quv dasturiga kiritilgan aloxida mavzular
talabalarga mustaqil ravishda o’zlashtirish uchun topshiriladi. Bunda mavzuning
asosiy mazmunini ifodalash va ochib berishga xizmat qiladigan tayanch iboralar,
mavzuni tizimli bayon qilishga xizmat qiladigan savollarga e’tibor qaratish, asosiy
adabiyotlar va axborot manbalarini ko’rsatish lozim.
Тopshiriqni bajarish jarayonida talabalar mustaqil ravishda o’quv
adabiyotlaridan foydalanib, ushbu mavzuni konspektlashtiradilar, tayanch
iboralarning moxiyatini anglagan xolda mavzuga taalluqli savollarga javob
tayyorlaydilar. Mustaqil ravishda kurs ishi(loyixasi) chizmalarini va izox xatini
bajaradilar. Zarur xollarda (o’zlashtirish qiyin bo’lsa, kurs ishini(loyixasini)
bajarishda savollar paydo bo’lsa, adabiyotlar yetishmasa, mavzuni tizimli bayon
eta olmasa va x.k) o’qituvchidan maslaxatlar oladilar. Mustaqil o’zlashtirilgan
mavzu bo’yicha tayyorlangan chizma va matn o’qituvchiga ximoya qilish orqali
topshiriladi.
“Qurilish materiallari va buyumlari” fani bo’yicha mustaqil ishlar ko’proq
kurs ishi(loyixasi) chizmalari va izox xati(referatlar) qo’rinishida bo’lib kelmoqda.
Kurs ishi(loyixasi) va uning tushintirish xatlari talabalar ilmiy ishlarining birinchi
shaklidir. Тalaba tadqiqot faoliyatiga jalb qilinib, ilmiy adabiyotlar bilan ishlash,
statistik va boshqa materiallarni yig’ish, qayta ishlash va taxlil qilish
ko’nikmalariga ega bo’ladi, nazariyani amaliyot bilan bog’laydi va x. k.
Тalaba auditoriya oldida mustaqil ishini yoki kurs ishi(loyixasi)ni ximoya
qilishga, yoqlashga tayyorlanishi kerak, “Qurilish materiallari va buyumlari” fanini
o’rganishda bu muxim axamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |