Referat mavzulari ro’yxati


Download 3.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/151
Sana06.11.2023
Hajmi3.6 Mb.
#1751897
TuriReferat
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   151
Bog'liq
PARDOZ UMK (2) (2)

 
 
 


64 
16-1-rasm. 
Me’moriy –badiiy 
fasadbop
Sopol plitalar.
Ma’ruza №16
Mavzu: Sopol buyumlarning ishlatilishi. 
Reja: 
1. Polbop sopol plitkalari. 
2. Maxsus sopol materiallari. 
3. Kislotabardosh sopol buyumlar. 
4. Olovbardosh sopol materiallar. 
Binolarning fasad yuzalariga, ichki devorlariga va pollariga qoplash uchun 
ishlatiladigan sopol materiallarning old yuzasi turli ranglarga bo‘yalgan, tabiiy rangli, 
silliq, bo‘rtma, sirlangan bo‘lishi mumkin. Sopol materiallar bilan qoplangan yuzalar 
manzarali xossalari bilan farqlanadi, ular puxta va nisbatan tejamlidir. Ularning orqa 
tomoni qorishma bilan yaxshi yopishishi uchun rel’efli qilib tayyorlanadi. 
Binolarning fasadlarini qoplash uchun asosan pardozbop g‘isht va toshlar, kichik 
o‘lchamli fasad plitkalari va gilam nusxa qoplama sopol materiallar ishlatiladi. 
Pardozbop g‘isht va toshlar to‘g‘ri shaklli, qirrali va bo‘yog‘i bir xil bo‘ladi. 
O‘ng tomoni silliq, bo‘rtma va fakturalangan bo‘lishi ham mumkin. Pardozbop g‘isht 
va toshlarning rangi to‘q qizildan to oq sariq ranggacha bo‘ladi. Bunday materiallar 
yuqori sifatli va oson eriydigan oqish gillardan tayyorlanadi, hozirgi vaqtda ular eng 
ko‘p ishlatilmoqda. Bulardan tashqari pardozlash materiallari sifatida “angobli” va 
“sirlangan” g‘ishtlar xam ishlatiladi. G‘isht va toshlar yaxlit va ichi kovak qilib 
yasaladi. Tayyorlash texnologiyasi yarim quruq yoki plastik usullarda-sopol g‘isht 
tayyorlash kabidir. 
Pardozbop g‘isht va toshlar shakli va ishlatish joyiga qarab “oddiy” va “profilli” 
g‘isht va toshlarga bo‘linadi. Oddiylaridan devorlarning tekis qismlarida, 
profillilaridan esa karnizlar, tortqilar, belbog‘lar va hokazolarda foydalaniladi. 
Pardozbop g‘isht va toshlar fasadlarning tashqi yuzalariga va kirish zallari, zina 
xonalari, o‘tish joylari va boshqa xonalarning ichki devorlariga terish uchun ishlatiladi. 
Fasadbop sopol plitkalar yarim quruq 
zichlash 
usulida 
tayyorlanadi. 
Fasad 
plitkalarning asosiy o‘lchami 250x140x10, 
poypeshbop 
plitkalarniki 
150x75x7, 
“kabanchik” turlariniki 125x60x7 mm. 
Bundan 
tashqari 
“romb”, 
“gulbarg”, 
“diagonal”, “piramidali”, “to‘lqin”, “shar” 
turlardagi fasadbop me’moriy - badiiy 
plitkalar chiqariladi. 
Fasadbop plitkalarning yuza qismi silliq
sirlanmagan va sirlangan, turli ranglarga 
bo‘yalgan 
bo‘lishi 
mumkin. 
Sement
qorishmasi bilan yaxshilab yopishishi uchun 
ularning orqa tomonida chuqurchalar o‘yilgan. 
Fasadbop plitkalarning suv shimib olishi 2-8%, sovuqqa chidamliligi kamida 8 
bosqichga teng. Fasadbop plitkalardan devorlarning tashqi va ichki yuzasini qoplash 
uchun, alohida me’morchilik elementlarini pardozlash uchun, shuningdek turar joy va 
jamoat binolari kirish zallari va zina xonalarida foydalaniladi. 


65 

Download 3.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling