Referat mavzulari ro’yxati
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM
Download 3.6 Mb. Pdf ko'rish
|
PARDOZ UMK (2) (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fanning mazmuni. Pardozlash va issiqlik izolyasiya materiallarini paydo bo‘lishi va rivojlanishi. Fanning predmeti va ob’ekti. Fanning metodi.
- Tayanch iboralar
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI “QURILISH MATERIALLARI VA KONSTRUKSIYALARI” kafedrasi PARDOZLASH VA ISSIQLIK IZOLYASIYA MATERIALLARI FANIDAN MA’RUZA MATNLARI 6 IV-SEMESTR Ma’ruza.№1 Mavzu: “Pardozlash va issiqlik izolyasiya materiallari” faniga kirish. Fanning mazmuni. Pardozlash va issiqlik izolyasiya materiallarini paydo bo‘lishi va rivojlanishi. Fanning predmeti va ob’ekti. Fanning metodi. Ma’ruzani yoritish rejasi: 1. Pardozlash va issiq o’tkazmaydigan ashyolar haqida umumiy tushunchalar. 2. Pardozbop materiallarni ishlatishning ahamiyati. 3. Pardozbop materiallarga bo’lgan umumiy talablar. Tayanch iboralar: Tosh materiallar, sopol materiallar, anorganik xom ashyo, organik xom ashyo, glazur, mustahkamlik , suvga va sovuqqa chidamlilik, zichlik, binolarning ko’rkamligi. Issiqlik izolyasiya materiallari deb, yuqori g‘ovakka ega va oqibatda kam issiqlik o‘tkazuvchan qurilish materiallariga aytiladi. Yuqori g‘ovak deyarli barcha issiqlik izolyasiya materiallarining bosh va umumiy xususiyati bo‘lib, ularning asosiy texnik xossalarini aniqlaydi. Turli texnologik usullarni qo‘llab, issiqlik izolyasiya materiallar g‘ovakligini nazorat qilish va shu yordamida materiallarga kerakli sifatlarni berish mumkin. “Issiqlik izolyasiya materiallar texnologiyasi” fanining mohiyati turli xususiyat va ko‘rinishdagi xom ashyodan keskin farqlanuvchi ishlab chiqarish texnologik sxemalari bo‘yicha olingan va xalq xo‘jaligida turli sohalarda qo‘llanuvchi materiallarni o‘rganish bilan bog‘liq. “Issiqlik izolyasiya materiallar texnologiyasi” fanining alohida bo‘limlari o‘xshash o‘quv fanlar bilan uzviy bog‘liq, masalan: bog‘lovchi moddalar, qurilish materiallari va buyumlari texnologiyasi va boshqalar. Qo‘llanilayotgan xom ashyo va ularni qayta ishlash usullari turli-tumanligiga qaramasdan, barcha issiqlik izolyasiya materiallarini ishlab chiqarishda bitta umumiy va shu bilan birga muhim texnologik masala mavjud bu yuqori g‘ovak material olishdir. Bu esa “Issiqlik izolyasiya materiallar texnologiyasi” fanining bir o‘zida bunday materiallar ishlab chiqarishning ko‘p sonli usullarini o‘rganishga imkon beradi. Issiqlik izolyasiya materiallari bino va inshoatlar qurilish konstruksiyalari, shuningdek texnologik apparaturalar, issiqlik qurilmalari va turli trubalarni issiqlik izolyasiyasi uchun ishlatiladi. Issiqlik izolyasiya materiallarini qurilishda qo‘llash: a) yig‘ma qurilish uchun mahsulot va konstruksiyalarni zavodda tayyorlash yo‘li bilan qurilish ishlari industriyasi darajasini oshiradi; b) asosiy qurilish materiallari: sement, g‘isht, yog‘och, metall va boshqa materiallarga bo‘lgan katta talablarni kamaytiradi; 7 v) to‘sish qurilish konstruksiyalari (devorlar, to‘siqlar) og‘irligini kamaytiradi, ko‘taruvchi qurilish konstruksiyalarini engillatadi (poydevorlar, ustunlar); g) binolarni isitish uchun yoqilg‘i sarfini kamaytiradi. Qurilishda issiqlik izolyasiya materiallardan samarali foydalanishni turar-uy devorlari misolida ko‘rish mumkin. Tashqi yirik panelli devorlar uchun texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar 1 - jadval Devor turlari Devorlar qalinligi sm Og‘irligi kg Montaj qilingan konstruksiya bahosi, % da 1 3 4 5 G‘ishtdan terilgan devor 66 1240 100 Panellar: 700 markali g‘ovak betondan ohak asosida bir qatlamli 30 250 54 Temir-beton mineral paxtali yarim qattiq plitkali 21 257 88 Ko‘pik –shishali shishali temir-beton 16 171 99 Jadvaldan turli issiqlik izolyasiya materiallar bilan isitilgan tashqi yirik panelli devorlarning 1 m 2 qalinligi va og‘irligi, turar uylar uchun avvaldan odat bo‘lgan 2,5 g‘isht qalinligidagi g‘ishtli devorga nisbatan qanchaga kamayishini ko‘rish mumkin. Binolarni tiklash uchun sarf bo‘lgan qurilish materiallarining taxminiy ko‘rsatkichi binoning tashqi perimetri bo‘yicha 1 m 3 ga ketgan kg birlikdagi og‘irligidir. Sanoatda issiqlik izolyasiyasi – issiqlikni yo‘qotishni qisqartirish va yoqilg‘i iqtisodida asosiy omillardan biri hisoblanadi. Uni elektr stansiyalarda, metallurgiya, mashinasozlik, neft, kimyo va sanoatning boshqa sohalarida qo‘llaniladi. Sanoat uskunasi izolyasiyasi uchun (bug‘ o‘choqlari, truboprovodlar, pech va boshqalar) qo‘llanuvchi issiqlik izolyasiya materiallarining o‘rtacha 1 t si yiliga shartli yoqilg‘idan 200 t gacha iqtisod beradi. Turli truboprovodlar issiqlik izolyasiya materiallarining keng qo‘llanish sohasidir. Sanoat uskunalari va truboprovodlarning issiqlik izolyasiyasi iqtisodiy samaradorligi darajasini ko‘pincha issiqlikni tejash koeffitsienti η deb ataluvchi kattalik bilan baholanadi. 8 Agarda izolyasiyagacha issiqlik uskunasining tashqi muhitga issiqlik yo‘qotishini Q 1 deb, izolyasiyadan keyingi o‘sha uskunaning issiqlik yo‘qotishini esa Q 2 deb belgilasak, issiqlikni tejash koeffitsienti % 100 1 2 1 Download 3.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling