Referat mavzulari ro’yxati
Betonni fakturali pardozlash -
Download 3.6 Mb. Pdf ko'rish
|
PARDOZ UMK (2) (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Betonni maydalangan tosh bilan pardozlash
Betonni fakturali pardozlash - turli xil usullarda amalga oshirilishi mumkin.
Rel’efli matritsa yordamida beton yuzasida ornamentli rasm hosil qilish mumkin. Relefli rasmni relefli valik yordamida yurg’izish orqali va betonni turli xil instrumentlar yordamida ishlov berish orqali hosil qilish mumkin. Murakkabligiga qarab relef betonning tarkibiga mos kelishi, eng asosiysi uning to’ldiruvchilarining va plastikligiga turg’un kelishi kerak. Qattiq betonlarda relef yoriqlar berishi mumkin, 16 juda plastik betonlarda - rasmlar suzib, bir-biriga qo’shilib ketishi mumkin. Shuning uchun arxitektor va rassom rasm solishda zavoddagi texnologlar va masterlar bilan kelishgan holda ishlashi kerak. Betonning yuza qismini relef bilan fakturali pardozlashda betonning konstruktiv qatlami 20 mm qalinlikdagi pardozbop qatlam tushaladi. Pardoz qatlami mayda qumli betondan tayyorlangan bo’ladi. Rasm relefi plitanint butun yuza qatlamini yoki uning qaysidir qismini to’ldirishi mumkin, Relefni yurg’izgandan keyin quritib qayta ishlash uchun beriladi, yuza qismini kondensat natijasida hosil bo’lgan tomchilardan asrash uchup uni polimer plyonka yordamida qoplanadi. Betonning yuza qismiga relefli rasm trafaret yordamida ham chizilishi mumkin. Relefli rasm olishda matritsalarni rezinadan, metalldan, plastmassadan va shishadan tayyorlanishi mumkin. Betonning yuza qismini relefli rasm tushurishda kunning yoritilishiga qarab yarimsoya va soyalar bilan kuchaytiriladi. Betonni maydalangan tosh bilan pardozlash – qurilishda keng tarqalgan. U turli rangliligi bilan, dekoryasiyada iqtisodiy afzalliklarga ega bo’lganligi bilan harakterlanadi. Yuza pardoz qatlami tabiiy toshdan (granit, diorit, sienit, porfir, marmar, ohak), maydalangan shishadan keramik plitalardan, antratsitdan, slyudadardan qilinishi mumkin. Panellarni pardozlashda uning yuza qismiga maydalangan toshdan hosil qilingan qatlamdan uning tarkibidagi toshning yirikligiga qarab 2.5 mm dan 20 mm gacha tushaladi. Shundan keyin bu qatlam tekislanadi. Panellarning yuzasini yerga qaratib yotqizganda unga mayda tosh ushoqlari sepilgan karton yoki kraft qog’oz yopishtiriladi. 5-10 yoki 1-20 mm dagi tosh ushoqlari qo’llanilsa yuqori dekorativ natijaga erishish mumkin. Maydalangan toshni tekislagich bilan betonning hajmiga qarab 1/2 -2/3 chuqurlikda tekislanadi. Mayda fakturalar yordamida katta rangbaranglikka erishimiz mumkin. Mayda fakturalar yirik fakturalarga qaraganda yorqinroq ranglarni beradi. Oq sement fonida to’ldiruvchi oddiy yoki rangli semenlarda ko’proq ko’rinadi. Download 3.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling