Referat mavzulari ro’yxati


Plitali materiallar bilan pardozlash -


Download 3.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/151
Sana06.11.2023
Hajmi3.6 Mb.
#1751897
TuriReferat
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   151
Bog'liq
PARDOZ UMK (2) (2)

Plitali materiallar bilan pardozlash - ham juda keng tarqalgan. Panellar - har 
xil rangdagi, har xil xajmdagi keramik, plitalar bilan qoplanadi. Keramik plitalardan 
tashqari shisha plitalar ham qo’llanishishi mumkin. 
Gilam-mozaikali 
plitkalarni 
taxlashda 
arxitektorlar 
va 
rassomlar 
kompozitsiyasiga asosan tushaladi. Bundan tashqari umumjamoa joylarida, bolalar 
saroylarida, bolalar maxkamalarida dekorativ panno shu usulda qo’llaniladi. Betonni 
pardozlashda tabiiy toshdan, marmardan, travertindan tayyorlangan yupqa plitkalar 
ham chiroyli mozaik rasm berishi mumkin. 
3-1-rasm.Dekorativ plita va plitkalap bilan yuzani qoplash


17 
- beton panel va bloklarni dekorativ pardozlash uchun yuza qatlami plita va 
plitkalar qo’llaniladi. Yuza qatlamli plitalar yuqorida ko’rsatilgan barcha pardoz 
ishlarida qo’llanishi mumkin. Ishlab chiqarish va savdo-sotiq binolarida pollarni 
plitalar bilan qoplashda yuza qatlamli plitalar to’ldiruvchilar asosida tayyorlanishi 
kerak, chunki bunday joylarda ishqalanish kuchli bo’ladi va to’ldiruvchi asosida 
ishqalanishga qarshi kuchli bo’lishi kerak. Ular silliq va riflangan bo’lishi mumkin. 
Silliq plitalarni sanitar joylarda, vestibyullarda va yashash joylarining zinalarida , 
vokzal binolarida, savdo-sotiq binolarining zina marshlarida qo’llanishi mumkin. 
Har xil rangdagi, turli to’ldiruvchilardan tayyorlangan dekorativ betonlardan turli 
xil arxitekturali detallar tayyorlanadi: ular zina kadamlari, deraza va eshik polkalari
gul tagiga urnatish uchun polkalar va x.k. mozaikali qoplama, pollar uchun, zinalar 
uchun orayopmalar, deraza polkalari uchun dekorativ terratsiv qorishmalar 
tayyorlanadi. 
Dekorativ beton pollar - "Terratso" turidagi qoplamalar uziniig dekorativligi 
bilan, yuqori mustahkamligi bilan, va ishkalanishga karshi yuqori mustahkamligi bilan 
ajralib turadi. Bu qoplamalarning rangli bog’lovchi materiallardan - sementdan va 
to’ldiruvchining rangidan - kristal (marmar, granit, bazalt, labradorit) ushoqlarga 
boglik. Bog’lovchi sifatida oq va oqlangan portlandsement qo’llaniladi. Rangli 
qoplama olishda sementga yorug’bardosh material pigmentlari 15% bo’lganda 
qo’shiladi. Oqartirish uchun sementga oq tosh materiallardan tayyorlangan tosh uni 
qo’shiladi. Terratso tarkibli ushoqlarga loyli va boshqa yengil sinadigan qo’shimchalar 
qo’shish kerak emas. U ni yaxishlab avval shlifovka va polirovka qilinadi. 
To’ldiruvchi va bog’lovchi tarkibli qorishma ranglarining mosligi polning badiiy 
bezagini aniqlaydi. 
Yetkazilgan massa qotgandan keyin qoplama to’ldiruvchisi o’zining tabiiy 
rangini ola boshlaydi. Geometrik va turli xilli rasmlarini olish uchun, yuza qoplamalari 
chegarasi maxsus tushamalar quyiladi. Tushamalar asosan metalldan tayyorlangan 
bo’ladi, ba’zi hollarda shisha tushamalar ham qo’llanilishi mumkin. Tushamalarning 
rangli rasm hosil qiladi va dekorativ ahamiyati katta. 
Monolit terrats qoplamalar vestibyul, koridorlarda, garderoblarda, savdo-sotiq 
zallarida va umumjamoa bino pollarida qo’llaniladi. Ko’p hollarda ishni zavodda 
tayyorlangan quruq mozaikali qorishma bilan ham bajarish mumkin. Ba’zi mozaikali 
qorishmalarni qo’lda ham tayyorlash mumkin. Egri chiziqli rasm olish uchun yog’och 
shablonlaridan ham foydalaniladi. "Terratso" tipidagi pol uchun naqshlar turli xil 
bo’lishi mumkin. Rassom turli xil ranglarni to’ldiruvchilarni qo’shish natijasida olish 
mumkin. Shina yoki jilkalarni o’rnatish natijasida to’rtburchak, uchburchak shakllarni 
olish mumkin. Binoga yakuniy dekorativ bezak berishda frizalar estetik rol o’ynaydi. 
Yaxshi tanlangan rasm binoning holatini o’zgartirishi mumkin. Katta maydonga ega 
bo’lgan binolarda yirik rasm yoki bir xil rangli fon to’gri keladi. Odam ko’p joylarda, 
vestibyullarda polning rasm va rangi o’sha muhitga mos bo’lishi kerak. Terratso 
pollarini pardozlashning eng yakuniy ishi - yuzasini polirovkalash yoki yaltiroq lak 
bilan bo’yash. Zavod sharoitida tayyor plitkalar ishlab chiqariladi: sement - mozaikali 
va brekchisli. Ular vestibyullarni, magazinlarni, vannaxonalarni, zina marshlarni
ochiq terrasa pollarni tushashda ishlatiladi. 

Download 3.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling