Referat mavzulari ro’yxati
Sement – mozaikali plitalar
Download 3.6 Mb. Pdf ko'rish
|
PARDOZ UMK (2) (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yigma mozaik plitkalar
- Dekorativ (pardozbop) suvoq. Suvoq ishlari.
Sement – mozaikali plitalar - kvadrat, oltiburchak yoki to’g’ribuchak shaklida,
hajmi 200x200, 15x150, 175x150 mm va silliq yuzaliga ega bo’ladilar. Rangli palitrasi turli xil. Bunday plitkalar bilan gilam shaklidagi ornament rasmlarga ega bo’lish mumkin. 18 Yigma mozaik plitkalar - sement qorishmasida alohida bo’laklar va dekorativ toshlardan, hajmnga va rangiga qarab yig’iladi. Rasmlar turli xil qiyinchiliklar bilan yig’ilishi mumkin. Ba’zi egri joylari shablonlar bilan to’ldiriladn. Yig’ma mozaikalar shlifovka va yuqori sifatli polirovka talab qiladi. Yig’ma qoplamalar - juda dekorativ, lekin ko’p mehnat talab qiladigan, yuqori did talab qiladigan ish. Bunday dekorativ. qoplamalar vestibyullarda, raqs maydonlarida, ko’rgazma zallarida, qabul zallarida, kinoteatr foyelarida qo’llaniladi. Bunday pollar yaxshi yoritilgan bo’lishi kerak. Dekorativ (pardozbop) suvoq. Suvoq ishlari. Dekorativ pardoz berishda ko’p ishlar suvoq natijasida amalga oshiriladi. Ba’zi suvoqlar yangi qo’shimchalar tarkibi bilan yuqori sifatlilikka, dekorativ va iqtisodiy afzalliklarga ega bo’lishadi.Rangli suvoqlarni qo’llash natijasida interyerga monument beradi, uning ekspluatatsiya sifatini oshiradi, ko’pgina rangli fakturalarni va relefli yuzlarni beradi.Dekorativ suvoqlar badiiy ko’rgazmalar uchun, pannolar uchun qo’llaniladi. Suvoq ishlari katta mehnat va yuqori mexanizatsiya talab qiladi. Turli xil mashinalar (qorishmaqoruvchi) qo’llaniladi. Suvoq sifati uning yuzasini tayyorlashga bog’lik, materialning to’g’ri tanlanishiga va tayyorlanishiga bog’lik, materialiing to’g’ri tanlanishiga va tayyorlanishiga bog’lik texnologik jarayonning to’g’ri olib borilishiga va mexnatning to’g’ri tashkil etilishiga bog’lik. Suvoq orqali tekis, fakturali mayda va yirik relefli, bir va ko’p rangli yuzlarnn olish mumkin. Suvoq rangi va fakturasi binoning joylanishiga mos holda bo’lishi kerak. Dekorativ suvoqga profilirlangan karnizlar, tortmalar, belbog’lar, dereza va eshiklarni dekorativ o’rnatish kabilar kiradi. Suvoq tortmalar shabloni doskalar yordamida qo’llaniladi. Suvoqning turi binoning vazifasiga qarab tanlanadi. Suvoqlar barcha materiallap bilan mos ishlatiladi. Ular interer da asosiy motiv bo’lib, boshqa materiallar foni bo’lib xizmat qiladi. Suvoq ishlari uchun ohak, sement qum, tosh ushoqlari, graviy, galka ishlatiladi, dekorativligini oshirish uchun to’ldiruvchi sifatida sinik shisha, rangli va rangsiz, antratsit, slyuda qo’llanilishi mumkin. Yuza qismini mustahkamlashda (suv o’tkazmaydigan, suv itaruvchi) tarkibga har xil qo’shimchalar kiritiladi, (polimerlar, suyuq shisha, gidrofob birikmalar). Suvoq tarkibini bo’yash uchuy pigmentlar qo’shiladi. Dekorativ suvoqlar 2 qavatdan tashkil topadi: tayyorlangan va qoplama. Tayyorlangan qatlamni 2 xil usul bilan tushaladi: purkash va gruntovka qilish orqali. Qoplama qatlam ham: avval dekorativ qorishmani purkash orqali, keyin barcha qorishmani kiritish orqali bajariladi. Suvoqning to’g’ri qarab quyuqligi belgilanadi. Dekorativ suvoqlar ohak-qumli, terrazitli va toshli turlarga bo’linadi. Ohak-qumli suvoqlar uchun ohak xamiri va ozgina mustahkamligini oshirish uchun sement qo’shiladi. Sundirilmagan ohak olinib, oq yoki oddiy sement qo’shiladi. Sement asosiy bog’lovchi hisoblanadi. Rangli sementlar ham qo’llaniladi. Bunda shlakoportlansementlar qo’llash kerak emas. Yirik qumli to’ldiruvchi qo’shilganda unga plastifikatsiyalovchi qo’shimchalar qo’shish kerak. Ohak-qum tarkibida to’ldiruvchi sifatida rangli qum va pigmentlardan foydalinaladi. Terrazitli suvoqlar uchun kvars qumidan tashqari marmar uni, dekorativ to’ldiruvchi, har xil ushoqlar va pigmentlar qo’llaniladi. Qoplama qatlamiga turli usullar bilan ishlov beriladi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling