Referat mavzulari ro’yxati
Sun'iy g‘ovakli to‘ldiruvchilar turlari
Download 3.6 Mb. Pdf ko'rish
|
PARDOZ UMK (2) (2)
Sun'iy g‘ovakli to‘ldiruvchilar turlari O‘zbekistondagi qurilish moddalarini ishlab chiqaruvchi asosiy korxonalari to‘g‘risidagi ma'lumotlarga qaraydigan bo‘lsak, sun'iy g‘ovak to‘ldiruvchi keramzit Respublikadagi 8ta korxonada 64,3 mln. m 3 hajmda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Shu jumladan Qoraqolpog‘iston Respublikasida 2 ta korxonada 14,3 mln. m 3 , Navoida 1,3 mln. m 3 , Qashqadaryoda 2 ta korxona – 17,8 mln. m 3 , Surxondaryo viloyatida 1ta 26,2 mln. m 3 , Samarqand viloyatida 1ta korxona 3,7 mln. m 3 va Farg‘ona viloyati1ta korxona 1 mln. m 3 keramzit ishlab chiqariladi[4]. Ob'ektlar qurilishida sun'iy g‘ovak to‘ldiruvchi-vermikulit mahsulotining qo‘llanilishini a'lohida ta'kidlash lozim. O‘rta Osiyoda yagona vermikulit rudalari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Tebinbuloq konida joylashgan bo‘lib, bugungi kunda Respublikamizda undan qurilish materiallari ishlab chiqarishda qo‘llash yo‘lga qo‘yildi. Shuni aytish mumkunki, 20 sm qalinlikda to‘kilgan vermikulit issiqlik o‘tkazishi bo‘yicha 1,5 metr qalinlikdagi g‘ishtli devor yoki 2 metr qalinlikdagi beton devorga ekvivalentdir. Chordoq orayopmalariga 5 sm qalinlikda to‘kilgan vermikulit issiqlik yo‘qotilishini 75% ga, 10sm qalinlikdagisi esa 92% ga kamaytiradi. Mahalliy xomashyolar asosida ishlab chiqarilgan sun'iy g‘ovak to‘ldiruvchilar yoki g‘ovak tog‘ jinslarini maydalashda olinadigan yengil g‘ovak to‘ldiruvchilar keltiriladigan og‘ir to‘ldiruvchilarga nisbatan arzon hisoblanadi. Ularni betonda qo‘llash yaxshi samara beradi. Shu sababli g‘ovak to‘ldiruvchilarni qo‘llashning iqtisodiy samadorligini boshqa yo‘llarini ko‘rib o‘tamiz. Agar g‘ovak to‘ldiruvchilar asosidagi yengil betonlar tashqi devorlarni qurishda ishlatilsa, u holda uning iqtisodiy samadorligi hisobi 1m 2 devorning issiqlik o‘tkazuvchanlik xususiyatlaridan kelib chiqib bajariladi. Shuni aytish mumkunki, to‘ldiruvchi qanchalik yengil bo‘lsa bunday to‘ldiruvchili yengil betonning issiqlik o‘tkazuvchanligi ham kichik bo‘lib, u asosidagi devorning qalinligi yupqa va arzon bo‘ladi. G‘ovak to‘ldiruvchilarni konstruksion betonlarda qo‘llashda, ular asosida yuk ko‘taruvchi konstruksiyalar olishda samaradorlik hisobi bajariladi. Konstruksiyaning massasini kamaytirish orqali quyidagi iqtisodiy samadorlik yo‘nalishlari ochiladi: transport harajatlari kamayadi; yig‘ma konstruksiyalarni montaj qilishda harajat kamayadi; kran vositalarida o‘rnatiladigan yig‘ma elementlar kattalashadi; pastki konstruksiyalarga tushadigan yuk kamayadi; konstruksiyaning yuk 12 ko‘tarish qobiliyati ortadi; egiluvchan konstruksiyalarda kerakli yuk ko‘tarish qobiliyatini saqlagan holda armatura sarfi iqtisod qilinadi va boshqa. O‘rtacha beton zichligining 10% kamayishi konstruksiya tannarxini 3% arzonlashtiradi. Yuqori mustahkamlikdagi yengil betonlarning zichligi 1700/--1800 kg/m 3 ular oddiy og‘ir betonlarga nisbatan 25-30% yengil bo‘ladi. Yuqori mustahkamlikdagi yengil betonlarni barcha turdagi g‘ovak to‘ldiruvchilar asosida olish mumkin. Masalan, devor panellari ishlab chiqarishda keramzitni qo‘llash yoki konstruksion betonlarda agloporitni qo‘llash yaxshi samara beradi. Keramzit mustahkamligini oshirish uchun ko‘pchish koeffitsientini kamaytirish kerak, faqat uning tannarxi o‘zgaradi. Agar uyma zichligi 400 kg/m 3 bo‘lgan 1 m 3 keramzit shag‘alining tannarxini 100% deb qabul qilsak, u holda uyma zichlik 300 kg/m 3 bo‘lgan 1 m 3 keramzit shag‘alining tannarxi taxminan 20% ga kamayadi, agar uyma zichlik 500 kg/m 3 bo‘lgan 1 m 3 keramzit shag‘alining tannarxi taxminan 20% ga ortadi, uyma zichlik 700 kg/m 3 bo‘lgan 1 m 3 keramzit shag‘alining tannarxi ikki barobar ortadi. Keramzit olishda katta yoqilg‘i sarfi kuzatiladi, yoqilg‘ining aylanma pechlarda ishlatish koeffitsienti esa 30% dan ortmaydi. Aylanma pechdan chiqadigan issiqlikni xom granulalarni quritishda ishlatish ham ko‘pincha bu muammoni yechmaydi. Keramzit va boshqa g‘ovak to‘ldiruvchilarni olishda sanoat chiqindilari kam ishlatiladi. Shu sababli sun'iy g‘ovak to‘ldiruvchilar ishlab chiqarish strukturasini sanoat chiqindilari, ayniqsa yoqilg‘i tarkibli xomashyolardan olinadigan agloporit, shlakli pemza va boshqa to‘ldiruvchilar ishlab chiqarish orqali yaxshilash mumkin. Sanoat chiqindilaridan unumli foydalanishda quyidagilarga erishiladi: sanoat chiqindilaridan foydalanmaslik ularni tashlash, chuqurlarga ko‘mishda katta xarajatlarga olib keladi; maxsus chuqurlarga ko‘mishda atrof muhitga zarar yetkaziladi; to‘ldiruvchilar olishda tabiiy xomashyo zahirasi chegaralangan; yangi konlarni o‘zlashtirish qo‘shimcha sarf-xarajatlarni talab etadi; sanoat chiqindilari tabiiy xomashyoga nisbatan arzon; ko‘pincha ularni minimal qayta ishlash orqali to‘ldiruvchi olish mumkin; sanoat chiqindilari bazasida olinadigan g‘ovak to‘ldiruvchilar iqtisodiy samarali hisoblanadi. Barcha sun'iy g‘ovak to‘ldiruvchilar ichida eng arzoni bu shlakli pemza hisoblanadi. O‘rtacha uning tannarxi keramzit tannarxiga nisbatan 5 marta kam bo‘ladi. Shlakli pemza olishda qizib turgan suyuq holatdagi domna pechlari shlaklari ishlatiladi. Natijada asosiy metallurgiya mahsuloti - cho‘yan va po‘latning tannarxi arzonlashadi. Gilli jinslardan olinadigan agloporit uchun xomashyoni qazib olish va keltirishdagi sarf xarajatlar mahsulot tannarxining 20% ni tashkil etadi. Qo‘llanadigan ko‘mir ham taxminan shunchani tashkil qiladi. Shu sababli agloporit ishlab chiqarishda xomashyo sifatida yoqilg‘i tarkibli sanoat chiqindilari (ko‘mir qazib olish va boyitish, issiqlik elektrostansiya kullari) dan foydalanish to‘ldiruvchi tannarxini 13 pasaytiradi va agloporit ishlab chiqarish va ishlatishda texnik-iqtisodiy samaradorlikni oshiradi. Barcha to‘ldiruvchilarning sifatini yaxshilash va turli betonlarda ratsional qo‘llash orqali beton va temir-beton konstruksiyalar tannarxi pasayadi va sifatini oshirishga erishiladi. Issiqlikni izolyasiya qiluvchi devorbop panellar, monolit devorlar va har xil yuk ko‘taruvchi konstruksiyalar tayyorlashda yengil g‘ovak to‘ldiruvchilarni ishlatib samarali yengil betonlar olish imkonini beradi. Og‘ir to‘ldiruvchilarni yengil to‘ldiruvchilarga almashtirish natijasida betonning xususiyatlarini kerakli darajada o‘zgartirish, zichligini kamaytirish, issiqlik o‘tkazuvchanligi va boshqalarni yaxshilash mumkin. Shuningdek ayrim g‘ovak to‘ldiruvchilarning yetarli mustahkamligi asosida yuqori mustahkamlikdagi konstruksion yengil betonlar tayyorlanadi[4]. Respublikamizda tabiiy g‘ovak to‘ldiruvchilar zahirasi chegaralanganligi sababli sun'iy g‘ovak to‘ldiruvchilar olishga ehtiyoj seziladi. Shu sababli O‘zbekistonning turli rayonlarida sun'iy g‘ovak to‘ldiruvchilar(keramzit, agloporit va boshqa) ishlab chiqaruvchi korxonalar qurilgan. Sun'iy g‘ovak to‘ldiruvchilarni ishlab chiqarish korxonalari xomashyo (mahalliy xomashyodan foydalanish) bor joylarda va unga talab bo‘lgan rayonlarda quriladi. Sun'iy g‘ovak to‘ldiruvchilarning tannarxi tabiiy to‘ldiruvchilarga nisbatan yuqori, lekin chetdan keltiriladigan to‘ldiruvchilarga nisbatan arzonroqdir. Sun'iy g‘ovak to‘ldiruvchilarning yuqori sifati va samaradorligi sababli betonlar olishda keng qo‘llaniladi. Keramzit qumi turli donadorlik tarkibiga ega gilli jinslarni kuydirishda ko‘pchishidan olinadi. Kuydirishni jadallashtirish uchun mayda donadorli fraksiyaga issiqlik ishlovi qaynovchi qatlamda bajariladi. Xomashyo turidan kelib chiqib, uni tayyorlashning yarim quruq yoki plastik usuli qo‘llaniladi. Keramzit beton asosan devor materiallar uchun ishlatiladi. Devor panellari uchun eng samaralisi bu uyma zichligi bo‘yicha markasi M300, M400, M500 bo‘lgan yengil keramzit shag‘alidir. Bir qatlamli devor panellari uchun ishlatiladigan konstruksionissiqlikdan himoyalovchi keramzitbetonning zichligi 900-1100 kg/m 3 ni, siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 5-7,5 MPa ni tashkil etadi. Konstruksiyada beton bir vaqtning o‘zida ham yuk ko‘taruvchi va issiqlikdan himoyalovchi funksiyalarni bajaradi. Ikki yoki uch qatlamli devor panellarida yuk ko‘tarish qobiliyatini bir va ba'zan ikki qatlamli konstruksion-keramzitbeton ta'minlaydi, issiqlikdan himoyalash zichligi 500-600 kg/m 3 bo‘lgan yirik g‘ovakli issiqlikdan himoyalovchi keramzit beton qatlami ta'minlaydi. Download 3.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling