Referat mavzulari ro’yxati
Download 3.6 Mb. Pdf ko'rish
|
PARDOZ UMK (2) (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy xususiyatlari.
117 Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. Furanli polimerlar qanday xom-ashyolardan olinadi? 2. Epoksid polimerlar qanday xom-ashyolardan olinadi? 3. Poliakrilatlarni tavsiflab bering. 4. Valsovka qilish usuli bilan qanday turdagi polimerlar olinadi ? 5. Issiqlik izolyasiya materiallari turlarini ayting. 6. Issiqlik izolyasiya materiallari qanday usullar bilan olinadi? Ma’ruza №10 Mavzu: Polimer pardozlash materiallarining xossalari. Polimerlarning ishlatilishi Reja: 1. Polimer va plastmassalar haqida tushunchalar. 2. Dekorativ plastikalar-plitkalar, gulqog’ozlar. 3. Pol uchun ishlatiladigan polimer materiallar. Umumiy xususiyatlari. Katta texnologik imkoniyatlariga ko‘ra, issiqlik izolyasiya plastmassalari xususiyatlarini keng chegaralarda nazorat qilish mumkin (jadval). Ularning hajmiy og‘irligi 10-15 dan 300-350 kg/m 3 gacha va undan oshiq. Gazli plastmassalar barcha issiqlik izolyasiya materiallardan eng yengili hisoblanadi. Ko‘pikplastlarning asosiy fizik-mexanik xususiyatlari ko‘rsatkichlari 4-jadval Ko‘pikplast turi Hajmiy og‘ irlik, k g/m 3 Mustahkamli- lik chegarasi, kg/sm 3 Solishtir ma zarbavi y qovushqo qlik kg•sm/sm 2 Qo‘llash ha rorati (chegaraviy ), 0 S Issiqlik o‘t kazuvch anli k koef -ti, kkal/m•soat• grad 30 kunda s uv shimuvcha nligi haj mi bo‘yicha , % Izoh siqish bukis h Ko‘pikpolistirol 200 30 1,2-30 4-70 1 2,3 600÷( - 100) 0,027 0,047 16 1 O‘zi o‘chuv chi Ko‘pik polivinil- xlorid 200 60 2,3-26 4-40 0,7 1,5 60÷( - 60) 0,03 0,045 10 3 Qiyin yonuv chi Ko‘pikpoliuretan 200 30 1,5 3,5 10 50 0,3 1,6 150÷( - 180) 0,026 0,05 18 5 Qiyin yonuv chi Ko‘pikpolisi- loksan 400 200 8 30 6 25 0,16 0,35 200÷ ( - 60) 0,04 0,052 8 2 Yonma y di 118 Ko‘pikpoliepoksi d 300 80 6 50 10 70 0,5 1,5 100÷( - 60) 0,032 0,055 18 2 O‘zi o‘chuv chi Fenolli ko‘pikplast polimerda: rezolli. Novolachli 150 80 230 150 2,5 7 6 25 3 6 5 15 0,15 0,25 0,26 0,36 130÷( - 50) 150÷ ( - 60) 0,032 0,044 0,044 0,056 28 8 10 6 Yonma y di Yonma y di Mochevino- formaldegid ko‘pikplast (mipora) 20 10 0,2 0,35 - - 0,04 0,04 110÷ (- 200) 0,025 0,027 600 800 Yonma y di Bunday plastmassalarning issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti, yuqorida qayd etilgan hajmiy og‘irlik qiymatlarida +20 0 S haroratda 0,025 dan 0,055 kkal/m•soat•grad gacha bo‘linadi. Ayrim ko‘pikplast turlari material g‘ovaklarini havo o‘rniga boshqa gazlar (masalan, ko‘pikpoliuretanlarni tayyorlashda gaz hosil qiluvchi sifatida freon ishlatiladi) bilan to‘ldirilganda issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 0,019 dan 0,026 kkal/m•soat•grad gacha bo‘ladi. Issiqlik izolyasiya plastmassalarning mexanik xossalari: mustahkamlik, qattiqlik, mo‘rtlik, elastiklik – asosan ko‘pikli polimerlar turiga va g’ovak olish usullariga bog‘liq. Polimerlar yuqori solishtirma mustahkamlik bilan, ya’ni kichik solishtirma og‘irlikdagi katta mustahkamlik bilan farqlanadi. Masalan, ko‘p tarqalgan polimerlarning cho‘zishdagi mustahkamlik chegarasi 200 dan 700 kg/sm 2 gacha, egishda 300 dan 1000 kg/sm 2 gacha, siqishda 200 dan 2500 kg/sm 2 gacha tebranadi. Polimerning solishtirma og‘irligi nisbatan kam va 1,1-1,9 g/sm 3 chegarasida bo‘ladi. Shuning uchun, polimerlardan kichik hajmiy og‘irligi bilan sezilarli mustahkamligi mos tushgan, ya’ni konstruktiv sifatning yuqori koeffitsientiga ega issiqlik izolyasion material olish mumkin. Epoksidli, poliuretanli, polistirolli va ayrim boshqa polimerli plastmassalar 100 dan 250 kg/m 3 gacha bo‘lgan hajmiy og‘irlikda cho‘zishda mustahkamlik chegarasi 15 dan 40 kg/sm 2 gacha, siqishda 20 dan 40 kg/sm 2 gacha, egishda 35 dan 70 kg/sm 2 gacha ega. Katta hajmiy og‘irlikda, masalan 300 kg/m 3 da, g‘ovak plastmassalar mustahkamligi cho‘zishda 75 kg/sm 2 ga, siqishda esa 50 kg/sm 2 ga etadi. Ko‘pikli plastmassalarning konstruktiv sifati koeffitsienti (0,17-0,20) eng yaxshi gazobetonlardan (0,05-0,07) ancha yuqoridir. Paxta-qog‘oz gazlamali yoki kraft-qog‘oz gofrili sotoviy issiqlik izolyasiya plastmassalar konstruktiv sifatning yanada yuqori koeffitsientiga egadirlar (0,25-0,5). Hajmiy og‘irligi 10-30 kg/m 3 bo‘lgan issiqlik izolyasiya plastmassalarning alohida turlari kam mustahkamlik 0.2 kg/m 2 va katta mo‘rtlikka ega, bu solishtirma zarbaviy qovushoqlik bilan harakterlanadi. Issiqlik izolyasiya plastmassalar mustahkamligi, elastikligi, issiqqa chidamliligi va boshqa xususiyatlari ko‘rsatkichlarini mos qo‘shimchalarni qo‘llash, masalan tolasimon va kukunli to‘ldiruvchilar va gazli massalarning ko‘pirtirish va qotish jarayonlari parametrlarini o‘zgartirib, ma’lum chegarada boshqarish mumkin. Isitishga munosabat. Yuqori haroratlar ta’siri ostida polimerlar destruksiyasi (buzilish) jarayoni boshlanadi va ko‘pikplastlarning fizik-mexanik xususiyati 119 o‘zgaradi. Termoplastik polimerli issiqlik izolyasiya plastmassalarni (ko‘pikpolistirol, ko‘pikpolivinilxlorid va boshqalar) 60-80 0 C gacha haroratlarda, termoreaktiv polimerli plastmassalarni esa (fenolli ko‘pikplastlar, ko‘pikpoliuretanlar va boshqalar) 150 0 S gacha haroratlarda ishlatish mumkin. Ko‘pikplastlarning ayrim turlari (kremniy organik, mineral to‘ldiruvchili fenolli) aniq sharoitlarda 300-400 0 C gacha haroratlarda ekspluatatsiya qilish mumkin (masalan, havosiz yopiq konstruksiyalarda). Barcha issiqlik izolyasiya plastmassalar yonuvchan. Ularni ochiq olovga yaqinlashtirgandagi holatiga ko‘ra, ularni uch guruhga bo‘lish mumkin: I guruh – qiyin yonuvchi (ko‘pikpoliuretanlarning ayrim turlari, kremniyorganik materiallar); II guruh – qiyin yonib ketuvchi (fenol – formaldegidli, poliuretanli, polixlorvinilli materiallar); III guruh – yonuvchi (polistirol). Gazli plastmassalar deformatsiyalanishi va xususiyati yomonlashishi mumkin bo‘lgan past haroratlar deb – 60 dan – 180 0 S gacha haroratlarni hisoblash kerak. Namlikka munosabat. Gazli plastmassalar o‘zining g‘ovak strukturasiga ko‘ra, juda kam suv yutish xususiyatiga ega, bu asosan g’ovak harakteriga bog‘liq. Ko‘pikplast namunalarining suv shimuvchanligi deyarli 10 – 20 kunda to‘liq tugaydi. Issiqlik izolyasiya konstruksiyalardagi bunday materiallarni namlikdan saqlash uchun, ular polietilen va polixlorvinil plenkalar bilan o‘raladi yoki suvdan himoyali lak-bo‘yoq tarkiblar bilan qoplanadi. Quyish yoki purkash usuli bilan olinuvchi ayrim ko‘pikplastlar, masalan poliuretan, poliepoksid, fenolli materiallarni namlikdan zich himoya qobig‘i bilan saqlanadi. Ochiq g‘ovak (g‘ovakplastlar) gazli plastmassalarning ayrim turlarini tovush izolyasiyasi uchun ishlatiladi. Qattiq g‘ovakplastlar, qoida bo‘yicha, gazli plastmassalarning boshqa turlariga ko‘ra, tovushni yaxshi yutadi. Issiqlik izolyasiya plastmassali mahsulotlarni qurilishda qo‘llash uchun tavsiya qilingan o‘lchamlari quyidagicha: polistirol, polivinilxlorid va fenolli qattiq plitalar (mm): uzunligi 500-1000, eni 400-700, qalinligi 25-80, poliuretanli (mm): uzunligi 2000, eni 1000, qalinligi 30-60. Qurilishda pardoz ishlari uchun materiallardan paxtachali, uramali va uzun o’lchamli polimerli materiallar keng kullaniladi. Plitkali va varakali materiallardan pardoz uchun keng tarkalgan bo’lib dekorativli qog’oz varakali plastika polistiroldan va polivnik xloriddan tayyorlangan plitkalar va varakalar xisoblanadi. Dekorativ qog’oz-varakali plastiklar – bularni termoreaktivli polimerlar bilan shimdirilgan maxsus qog’ozlarni presslashdan oladilar. Ularni yuzalari kimmatbaho jinsli yog’ochlarni yoki tabiiy toshlarning tuslarining berilishi, yaltirok va yaltiramaydigan bir va ko’p rangli bo’lishi mumkin. Dekorativ qog’oz – varakali plastiklarni 3 markali qilib chiqaradilar: 1. Gorizontal yuzalarni pardozlash uchun yuqori yoyiluvchanlikka chidamli. 2. Vertikal yuzalarni pardozlash uchun va kam qattiq iklim sharoitlarida ekspluatatsiyalash. 3. Mayda-chuyda ishlar uchun. Dekorativ qog‘oz varakalarni plastikalarni ishlab chiqarishda shimdirilish uchun eritmalarni tayyorlanish, qog’ozlarni shimdirilish, qog’oz matolarni kuritilishi, 120 varaqalar ezilishi va paketlarni tuplash, 135-145 0 C haroratda presslash va bosim bilan bosish, chiziqlarni kesish kabi ishlarni o’z ichiga kiritadi. Polistirolli plitkalar – 100x100x1,25 mm va 150x150x1,35 mm o‘lchamlarda kvadrat shaklda tayyorlanadi, Shuningdek to’g’ri burchakli va prizmalai ham bo’ladi. Ularni ishlab chiqarishda xom ashyo emulsionli polistrol va mayin maydalangan mineral to’ldirgichlar xizmat qiladi. Polisitrolli plitkalar yuqori va bug’ suvda turg’unligi yaxshi dielektrik ko’rsatkichlari va ko’pgina shiddatli muhitlarga qarshi turg’unliklarga egaligi bilan ajralib turadi. Plitkalarning issiq haroratda chidamliligi 70 0 C ni tashkil qiladi. Industrialli pardozlash uchun plitkalar bilan birgalikda devorlarni 1400x600mm o’lchamli, qalinligi 1,5-4mm bo’lgan polistirolli varaqalar qo’llaniladi. Bularni ekstruziya usulida qurilishda chidamli polistirollardan tayyorlaydilar. Polistirolni chuzilishdagi mustahkamlik chegarasi 30-45 Mpa egilishda 85 Mpa ni tashkil qiladi. Download 3.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling