Referat mundarija Reja: Mantiq ilmining predmeti Mantiqning asosiy qonunlari


Download 76.48 Kb.
bet2/3
Sana20.06.2023
Hajmi76.48 Kb.
#1631740
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
falsafa

Mantiqning asosiy qonunlari

Olamdagi narsa va hodisalar harakati o‘ziga xos ichki qonunlar asosida yuzaga keladi. Bu harakatning inson ongidagi in’ikosi, ya’ni tafakkur jarayoni ham o‘ziga xos obyektiv qonuniyatlar asosida amalga oshadi. Falsafada qonun tushunchasi narsa va hodisalarning muhim, zaruriy, umumiy, nisbiy barqaror munosabatlarini ifodalaydi. Formal mantiqda esa qonun tushunchasi fikrlash elementlari o‘rtasidagi ichki, muhim, zaruriy aloqadorlikni ifodalaydi. Formal mantiq qonunlari faqat tafakkurdagina amal qiladi. Formal mantiq qonunlari (yoki tafakkur qonunlari) deyilganda fikrlashga xos muhim, zaruriy bog’lanishlar tushuniladi. Tafakkur qonunlari obyektiv voqelikning inson miyasida uzoq vaqt davomida aks etishi natijasida vujudga kelgan va shakllangan. Bu qonunlar fikrlashning to‘g’ri amalga oshishini ta’minlab turadi. Ular tafakkur shakllari bo‘lgan tushunchalar, hukmlar hamda xulosa chiqarishning shakllanishi va o‘zaro aloqalarini ifodalaydi. Tafakkur qonunlari yuzaki qaraganda subyektiv qonunlardek bo‘lib tuyulsa ham, aslini olganda, obyektiv mazmunga egadir. Bu qonunlar hamma kishilarning fikr yuritishida bir xil amal qiluvchi umuminsoniy qonunlardir. Ularni buzish, almashtirish, o‘zgartirish, yangilash mumkin emas. Tafakkur qonunlariga amal qilish to‘g’ri, tushunarli, aniq izchil, ziddiyatsiz, asoslangan fikr yuritishga imkon beradi. Aniqlik, izchillik, ziddiyatlardan xoli bo‘lish va isbotlilik (asoslanganlik) to‘g’ri tafakkurlashning asosiy belgilaridir. Formal mantiqning asosiy qonunlari ayniyat, ziddiyat, uchinchisi mustasno, yetarli asos qonunlaridir. Ayniyat qonuni. Bu qonunga ko‘ra bir muhokama doirasida ishlatiladigan har bir tushuncha, termin bir ma’noda, ya’ni o‘z ma’nosida ishlatilishi shart. Agar fikrlar bir xil hajmga ega bo‘lsa, aytilgan fikrlar hajm jihatdan o‘zgarmay qolsa, aynan fikrlardir. Biror buyum yoki hodisa haqida fikr yuritilganda ularga xos bo‘lgan barcha muhim belgilar, tomonlar qamrab olinadi. Predmet haqidagi fikr necha marta va qanday holatlarda takrorlanishiga qaramasdan doimiy, o‘zgarmas va qat’iy mazmunga ega bo‘ladi. Tafakkurga xos bo‘lgan bu aniqlik xususiyati ayniyat qonunining mohiyatini tashkil etadi.

Download 76.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling