Referat nima Ixtiroga formula va referat Reja: ixtiro


Download 1.07 Mb.
bet1/2
Sana29.03.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1307038
TuriReferat
  1   2
Bog'liq
Esonova Elmira


Toshken kimyo texnologiya insituti Yangiyer filali
Fan:Patentshunoslik, litsenziyalash va sertifikatlash
Mavzu: Ixtiroga formula va referat
Qabul qildi: .
Tuzdi: Esanova Elmira
Ixtiro nima
Referat nima
Ixtiroga formula va referat
Reja:
  • IXTIRO
  • IXTIRO — xalq xoʻjaligining turli sohalarida, ijtimoiymadaniy qurilish va mudofaa sohalarida ijobiy samara beradigan, oʻziga xos texnikaviy yechimga ega boʻlgan yangilik. Tor maʼnoda — davlat tomonidan tan olinadigan va tegishli qonun bilan muhofaza qilinadigan yangi texnikaviy yechim. Har qanday yangilik ham Ixtiro boʻla-vermaydi. Mac, kuruq ilmiy qoidalar, xususan, kashfiyotlar, amalga oshirib boʻlmaydigan va xato takliflar (mas, abadiy dvigatel yaratish haqidagi takliflar) Ixtiro hisoblanmaydi. Hal qilinadigan masala faqat nazariy emas, balki amaliy ehtiyojlarni qondiradigan boʻlishi lozim. Ixtiro qonun b-n muhofazalangan davlatlarda har bir taklifning Ixtiro boʻlish shartlari belgilanadi. Bu shartlardan asosiysi masalaning eng yangi hisoblangan texnik yechimidir. Muayyan taklifni Ixtiro deb hisoblash uchun undan bir necha marta foydalanish imkoni qam boʻlishi kerak. Ixtironing yangiligi, yaʼni bi-rinchi ekanligi (koʻpincha, ixtirochilikka oid tashkilotlarga berilgan hujjat — ariza sanasi) oldin berilgan mualliflik guvohnomalari va pa-tentlar, Ixtirolar eʼlon qilinadigan tegishli adabiyotlar, koʻrgazmalarda na-moyish qilingan eksponatlar va b. ga muvofik, aniqlanadi. Oʻzbekiston Res-publikasida ixtirochi boʻla olish shartlari va uni tasniflash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 1994-y. da tasdiklangan «Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari haqida»gi qonunda belgilangan. Ixtiro boʻyicha talabnomalarni ekspertiza qilish, mualliflik guvohno-masi va patent berish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent ido-rasi tomonidan amalga oshiriladi (yana q. Ixtirochilik huquqi).

Ko'pgina odamlar kashfiyot va ixtiro so'zlariga nisbatan noto'g'ri tushunchaga ega, shuning uchun ular bu ikkalasi bir xil narsa degan taxmin bilan tugaydi. Ammo, bu to'g'ri emas kashfiyot mavjud bo'lgan, ammo ilgari hech kim tanimagan, ya'ni kutilmagan narsani topishni anglatadi.
Boshqa tomondan, kashfiyot o'z g'oyalari va tajribalari bilan yangi va foydali narsalarni yaratishni anglatadi. Qisqacha aytganda, bu biror narsani yaratish yoki loyihalashtirishni anglatadi. Shunday qilib, kashfiyot va ixtiro o'rtasidagi farqni batafsil bilish uchun ushbu maqolani ko'rib chiqing.
Taqqoslash jadvali

Taqqoslash uchun asos

Kashfiyot

Kashfiyot

Ma'nosi

Kashfiyot deganda allaqachon mavjud bo'lgan, ammo ilgari sezilmagan narsalarni topish yoki o'rganish harakatlari tushuniladi.

Ixtiro - bu ilgari mavjud bo'lmagan buyum yoki jarayonni o'z g'oyalari va ishlanmalari bilan yaratish yoki loyihalash.

Nima u?

Hali ham tan olinmagan narsaga kelsak.

O'ziga xos va ilg'or narsalarni ishlab chiqish.

Taqdim etadi

Tabiiy hodisalar

Ilmiy yoki inson tomonidan yaratilgan asarlar, qurilmalar, jarayonlar

O'z ichiga oladi

Qidiruv

Tajriba

Mavzu

Qasddan yoki tasodifan topilgan.

Maqsadli ravishda tuzilgan.

Mavjudlik

Oldindan mavjud bo'lgan

Yo'q

Patent

Yo'q, uni patentlash mumkin emas.

Ptentli bo'lishi mumkin.
  • РЕФЕРАТ
  • РЕФЕРАТ (лот. refero — ахборот беряпман) — бирор илмий асар, мақола, ўқилган китоб ва ш. к. мазмунининг қисқача ёзма ёки оғзаки баёни; ўрганилган илмий масаланинг натижаси ҳақида ахборот; тегишли адабиёт ва б. манбаларнинг қисқартирилган шархли таҳлилини ўз ичига олган маълум мавзудаги маъруза. Р., одатда, илмий ахборот вазифасини ўтайди. Унда муайян мавзу ёритилиши б-н бирга, тегишли илмий назариялар, илмий хулосалар тахлил этилиши ва танқид қилиниши мумкин. Ўзбекистонда Реферат илмий тадқиқот муассасалари, олий ўқув юртлари, академик лицейлар, касбҳунар коллежлари, умумий таълим мактабларида кўп қўлланиладиган дидактик воситадир. Умумий ўрта таълим мактаблари, касбҳунар коллежлари, академик лицейлар ўқувчилари ҳамда олий ўқув юртлари талабаларининг факультатив машғулотлардаги махсус ахборотлари ҳам Реферат дейилади. Диссертация юзасидан тайёрланадиган Реферат (автореферат) да диссертациянинг асосий мазмуни ва хулосалари ифодаланади.

Referat tarkibidagi klishelangan jumlalar Reja: 1. Referat nima? 2. Referat turlari va tuzilishi. 3. Referat matnidagi klishelangan iboralar va so’z birikmalari. 4. Referatning rasmiylashtirilishi. 5. Referatning baholanishi Referat – asosiy matn yoki bir necha manbalarni talqin qilish shakllaridan biri. Shuning uchun referat, konspektdan farqli ravishda, yangi, muallifning matni hisoblanadi. Bunday holdagi yangilik yangicha bayonni, materialning bir tizimga solinishi, har xil nuqtai nazarlarni qiyoslashda muallifning alohida pozisiyasini nazarda tutadi.
Referatlash qandaydir masalaning bir yoki bir necha manbalarning tasniflanishi, umumlashtirilishi, tahlili va sintezi asosida bayon qilinishini nazarda tutadi.
Referat materialning shunchaki bir oddiy takrorlanishi, bir yoki bir necha manbalardagi materialni o’zlashtirib olishdan iborat bo’lib qolmasligi, ya’ni ko’chirmachilik va kompilyasiya mahsuli bo’lmasligi kerak. Unda referent tanlagan mavzuga oid va ishlab chiqilgan adabiyotlarda mavjud bo’lgan jamiki material tahlil qilib chiqilishi lozim.
Referatning o’ziga xosligi:
• keng miqyosli dalillar, qiyoslashlar, mushohadalar, baholarga ega bo’lmaydi,
• matnda qanday yangi, muhim jihat bor, degan savolga javob beradi.
Referat diqqat-e’tiborni yangi ma’lumotlarga qaratadi va boshlang’ich matnga murojaat etishning maqsadga muvofiqligini belgilaydi!

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling