Referat oila pedagogikasi va psixologiyasi mavzular
Milliy goya va shaxs tarbiyasida oilaning roli
Download 1.63 Mb.
|
OILA PEDAGOGIKASI VA PSIXOLOGIYaSI
2. Milliy goya va shaxs tarbiyasida oilaning roli
Milliy goyani omma ongiga singdirishki eng avvalo oiladan boshlash, oilaning etnopsixologik xususiyatlarini, oila aʼzolari ongiga soglom fikrlarni singdirishning pedagogik tamoyillarini, psixologik mexanizmlarini, oila aʼzolari urtasidagi uzaro munosabatlarning maʼnaviy-madaniy jixatlarini inobatga olish maksadga muvofikdir. Bugun barchamizga istiklol mafkurasi va milliy goya mamlakatimiz erishayotgan va erishajak yutuklarning asoslaridan birini tashkil kilishi, millatni millat, xalkni xalk kilib birlashtiruvchi, jamiyat ijtimoiy taraqqiyotining zaruriy mezoni ekanligi tarixiy xakikatdir. “Oila xakida gapirar ekanmiz, avvalambor, oila xayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini taʼminlaydigan, mukaddas urf-odatlarimizni sakdaydigan, shu bilan birga, kelajak naellar kanday inson bulib yetishishiga bevosita taʼsir kursasatadigan tarbiya uchogi ekanini tan olishimiz darkor” Maʼlumki, iymonlilik, insonparvarlik, diyonat, eʼtikodlilik kabi shaxe mafkuraviy tasavvurlarining asosida yotgan fazilatlar usmirning eng avvalo oilaviy munosabatlar tizimida tutgan urnidan, ota va ona, oiladagi boshka katta avlod vakillarining ijtimoiy mavkelari va roli mazmunidaya kelib chikadi. Zero, mafkuraviy tasavvurlar xamda ular asosida shakllanuvchi insoniy fazilatlar shaxening yaxlit strukturasidagi muxim omillardan xisoblanadi. Milliy goyani oila muxitida bolaning ongi, kalbiga singdirishning muxim vositasi - bu oilaviy qadriyatlarni saklash va ilgor oilaviy anʼanalarni kundalik tarbiya tizimiga joriy etish, turmush tarzining bir bulagiga aylantirishdir. Bunda ota-onaning urni va roli bevosita xarakterga ega bulib, fakat soglom muomala va samimiyat muxitigina usmirning dunyokarashi shakllanishiga ijobiy taʼsir kursatadi. Xar bir insonning, ayniksa, endigina xayotga kadam kuyib kelayotgan yoshlarning ongiga shunday fikrni singdirish kerakki, ular urtaga kuyilgan maksadlarga erishish uzlariga boglik ekanligini, yaʼni bu narsa ularning sobitkadam gayrat-shijoatiga, tula-tukis fidokorligiga va cheksiz mexnatsevarligiga boglik ekanligini anglab yetishlari kerak. Xuddi shu narsa davlatimiz va xalkimiz ravnak topishining asosiy shartidir. Shu nuktai nazardan, oilaviy anʼanalar, rasm-rusmlar va odatlar orkali bolalarimiz ongiga milliy goyani va istiklol mafkurasini singdirishni taʼminlovchi psixologik omillar va shart-sharoitlarni anik bilish uta dolzarb va muxim vazifadir. Xalk psixologiyasida mafkuraviy taʼsirchan omillar moxiyatini bilish, yangicha rasm-rusmlar marosimlarning axamiyatli tomonlarini kundalik turmush tarziga aylantirish yoshlar eʼtikodiga samarali taʼsir kursatuvchi pedagogik texnologiyalarga kiradi. Taʼkidlash joizki, oila ijtimoiy institut sifatida uzining barcha vazifalarini bajargan takdirdagina, mafkuraviy tarbiyaning kafolatli uchogiga aylanadi. Zero, xar bir oilaning mukaddas vazifasi - kobiliyatli farzandlarni ustirish, ularni jismoniy, intellektual va maʼnaviy tomondan etuk kilib, ota-onasiga, Vataniga sadokatli insonlar kilib tarbiyalashdan iborat. Yaʼni, xam maʼnaviy, xam jismoniy jixatdan soglom, barkamol inson fakat soglom oilada shakllanishi mumkin. Oiladagi soglom muxit va barkarorlik esa yaxlit jamiyat maʼnaviy takomilining aslosidir. Statistik maʼlumotlarga kura bugungi kunda ayrim Garb mamlakatlarida bir yilda unta nikoxdan yettitasi buzilar ekan. Shuning uziyok maʼnaviy xayot, axlok-odob masapasiga beparvolik va lokaydlik, erkinlikni uzboshimchalik deb tushunish kanday ogir va ayanchli okibatlarga olib kelishi mumkinligini yakkol kursatib turibdi. Shuni aloxida taʼkidlash joizki, asrlar davomida uzbek oilasi mustaxkam va baxtli bulishi uchun uzida yaxshi maʼnodagi paternalizm tamoyilini asrab kelmokda. Paternalizm (lot. Pater -ota, patemus - otalarcha,) - kishilar ongiga “otalarcha gamxurlik” va “ijtimoiy sheriklik” goyasini singdirishga karatilgan karash va faoliyat majmui. Oila muxitidagi paternalizm - otaning obru-eʼtiborliligi, farzandlar tarbiyasi va oila farovonligidagi uz urni va masʼuliyatini anglashi va buning oila aʼzolari tomonidan ongli eʼtirof etilishidir. Bundan tashkari, ushbu tushuncha oiladagi keksalar, kariyalar, yoshlar, yordamga muxtojlar yoki iqtidorlilarga xamisha kumaklashish, ular uchun yetarli xayot sharoitini yaratishni xam nazarda tutadi. Paternalizm goyasi uzida insonparvarlik, xamkorlik goyalarini ifodalab, xalkning umumiy kizikish va intilishlarini aks ettirgani uchun kutt xollarda jamiyatni birlapggirib, uning ravnaki uchun xizmmat kiladigan omil xisoblanadi, bu tom maʼnoda moxiyatan uzbek oilalarida uz ifodasini saklab kolgan. Bu qadriyat “oilaviy burch”, “xamjixatlik ruxi” “fidoyilik”, “vatanparvarlik”, “oilaviy qadriyatlarga sadokat”, “kattalarga xurmat”, “kichikka gamxo’rlik” kabi tushunchalarga asoslanadi. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling