Referat oila pedagogikasi va psixologiyasi mavzular


Jadidlarning axloqiy qarashlari


Download 1.63 Mb.
bet3/9
Sana16.06.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1500505
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
OILA PEDAGOGIKASI VA PSIXOLOGIYaSI

Jadidlarning axloqiy qarashlari.

Abdurauf Fitrat 1886 yilda Buxoroda savdogar oilasida tavallud topadi. Otasi Abdurahimboy o’qimishli, dunyoviy voqealardan xabardor kishi bo’lgan.
Fitrat boshlang’ich bilimini Buxoroda eski maktabda oldi, keyin Mir Arab madrasasida o’qidi. So’ngra Buxoro “Xayriya jamiyati” yo’llanmasi bilan 1909-1913 yillarda Istambul dorilfununida tashil oladi. Istambulda u forsiy tilda “Munozara” (1911 y), “Sayha” (1911 y), “Sayx hindi” (1912 y) asarlarini yozadi.
Abdurauf Fitrat Vatanni sevdi, Vatanni bizning valene’matimiz deb bildi.
Fitrat o’z asrlarida Vatan go’zalligini zavq bilan tasvirlab deydi:
Qardoshlarim, mana, sizga bir o’lka –
Kim topilmas yer yuzida singari.
Har yonidan keng, yam-yashil uchmohlar,
Jon suvidan yetishgandir gullari...
Fitrat o’z vatandoshlarini aziz diyori Turkistonni sevishga, uni asrashga chorladi. U yoshlarga xitob qilib ularni shu Vatan millat saodati, baxti, ravnaqi uchun fidoiylik ko’rsatishga, jasoratli bo’lishga da’vat etdi.
Og’ir yigit, sening go’zal, nurli ko’zingda
Bu millatning saodatin, baxtin o’qidim.
O’ylashingda, turmushingda hamda o’zingda
Bu yurt uchun qutulishning borligin ko’rdim.
Turma-yugur, tinma-tirish, bukilma-yuksal,
Hurkma-kurash, qo’rqma-yopish, yo’rilma-qo’zg’al.
Fitrat ilm-ma’rifatning jamiyat taraqqiyoti va inson kamoloti, madaniyat rivojida muhim ahamiyatga molikligini yuqori baholadi.
U inson kamolotida oila, jamoa muhim o’rinni egallashi va aqlning komil bo’lishi, axloqiy poklik g’oyalarini olg’a surib, donishmandlik, shijoatkorlik, adolatlik kabi insoniy fazilatlarni ulug’ladi, inson aqliy quvvatining natijasiz, aqlning rahbarligisiz saodatga erisha olmasligini aytdi. Bu sohada o’qituvchilar rahnamolik qilishlari kerakligini aytib, o’qituvchilarga murojaat qildi, ularni turk eliga to’g’ri yo’llarni ko’rsatishga chorlaydi.
Turkiston marifatparvarlari orasida yana bir mutafakkir ta’limshunos, pedagog va axloqshunos Abdulla Avloniydir (1887-1934). Uning XX asr boshlarida Turkistonda mashhur bo’lgan “Turkiy Guliston yoxud axloq” (1913) asari axloqiy muammolarga jadidchilik nuqtai-nazaridan yondoshishi, ko’pchilikka tushunarli tilda yozilgani bilan ajralib turadi. Agar Anbar Otinning “Qarolar falsafasi” risolasida dolzarb axloqiy muammolarga majoziy-falsafiylik, ilmiy, nazariy xulosalar orqali yoritilsa, Avloniy asarida fazilatlar va illatlarga ko’proq ta’rif berish, ularni sharhlash yo’li bilan yondoshiladi.
Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida an’anaviy-falsafiy yondashuv bo’lmish antropologik nuqtai-nazar bo’rtib ko’zga tashlanadi. Ammo bu yondoshuvning yangilangan mohiyati shunda ediki, tadqiqot obyekti sifatida makon va zamondagi, milliy ozodlikka, yangicha hayot tarziga intilishni o’z oldiga niyat qilib qo’ygan Turkiston fuqarosi olinadi. Ana shu yangi inson tarbiyasi bosh masala tarzida o’rtaga tashlanadi.
Faylasuf pedagog, avvalo, millatni tarbiyalashni o’z ustiga olgan tarbiyachi muammosiga to’xtaladi, otalar – to’ychi, uloqchi, bazmchi, ilm qadrini bilmagan, muallimlar – o’zlari tarbiyaga muhtoj, dorilmualliminni tugatishi kerak bo’lgan, mudarrislar esa – darslari beimtihon isloh yaqiniga yo’lamaydigan kishilar. Shu bois millat yoshlari tarbiyasini usuli jadid tarafdorlari ta’lim-tarbiya tizimini zamonaviylashtirish, isloh qilishga intilayotgan ziyolilar qo’lga olishi kerak. Abdulla Avloniy Rossiya hukumati u yer-bu yerda yangicha maktablar ochgani – shunchaki jahon jamoatchiligini chalg’itish ekanini, ochiq bo’lmasa ham, quyidagi ishora bilan aytib o’tadi: “... hukumat hammaning otasidir. O’z fuqarosining bolalarini tarbiya qilmak lozim. Shuning uchun bizning Rusiya hukumatimiz o’gay bo’lsa ham, har yerda bizlar uchun maktablar ochub, bolalarini tekin o’qitur”. Avloniy ana shu “O’gay tarbiyadan” ko’ra milliy tarbiyamiz usullarini yangilashni afzal biladi va o’z davrini “Tarbiyaning zamoni – tarbiyani ayni vaqti deb ataydi. Uning bu boradagi qarashlari hanuz o’z kuchini yo’qotmaganligini, tarbiya – hozir ham jamiyat uchun dolzarb muammo ekanini Prezident Karimov mashhur nutqlaridan birida (1995 yil 23 fevral) Avloniydan mana bunday deb ko’chirma keltiradi: “Ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy yozganidek, “Tarbiya bizlar uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir”.
Hozirgi davr axloqi haqida gap boradigan bo’lsa, Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so’ng axlog’ga, axloqiy tarbiyaga juda katta e’tibor berila boshladi. Respublikamizning dono yetakchisi, yurtboshimiz bir necha bor ta’kidlaganlaridek, biz kelajakda quradigan kuchli fuqarolik jamiyatida yashaydigan komil insonni tarbiyalashda axloq juda katta rol o’ynashi lozim. Xuquqiy, adolatli jamiyatda ongli, odobli shaxs shakllanishi katta muammolardan biridir. Lekin jamiyatimizda G’arb singari axloqiy degradatsiya kuzatilyaptimi? Bor qisman, G’arbga sajda qilish, unga kiyinishdagi taqlid, estrada san’atidagi taqlid ammo bu degani, bizni odamlarimiz axloqsizlanmoqda deb talvasaga tushishga sabab bo’la olmaydi. Bizni axloqimiz o’ziga xos sharqona axloq, demak, biz oldimizga axloqiy tarbiya, axloqiy madaniyat muammolarini ham yurtboshimiz rahbarligi va rahnamoligida albatta amalga oshirajakmiz.



Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling