Talabalarning madaniy-axloqiy tarbiyasi
Download 22.88 Kb.
|
TDSI Alimova K.D.
TALABALARNING MADANIY-AXLOQIY TARBIYASI Alimova Komila Dekanovna komilaalimova13@gmail.com. +998 99 081 59 26 Toshkent davlat stomatologiya instituti Bugungi kunda dunyo miqyosida har qanday davlatni taraqqiy etishda eng avvalo, mamlakatda ta`lim sohasiga qaratilayotgan e`tabor muhim ahamiyat kasb etadi. Rivojlanib borayotgan zamonda tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda beqiyosdir. Abdulla Avloniyning “ Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir” degan fikri buning yaqqol misoli bo’la oladi. Tarbiya insonning insonligini ta’minlaydigan eng qadimiy va abadiy qadriyatdir. Tarbiya har qanday jamiyat va har qanday mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Yosh avlodning, umuman , jamiyat a'zolarining tarbiyasi bilan yetarlicha shug’ullanmagan mamlakat turg’unlik va inqirozga mahkumdir. Shuning uchun yurtimizda oliy o’quv yurtlarida talabalarning madaniy-axloqiy tarbiyasiga, nafaqat talabalarning, balki barcha yoshlarning tarbiyasiga katta e’tibor qaratilmoqda. Madaniy – axloqiy tarbiya nima? Bu savolga javob berish uchun biz madaniyat va axloqiy tarbiya nima ekanligini bilib olishimiz juda muhim! Talabalarni ma’naviy shakllantirishida ma’naviy – axloqiy tarbiya muhim о‘rin tutadi. Ma’naviy – axloqiy tarbiyadan kо‘zlangan asosiy maqsad talabalarga ijtimoiy hayotda о‘z о‘rnini о‘zi topishi, о‘zini kamol toptirishi, о‘z taqdirini о‘zi belgilashi, yaratishi uchun imkoniyat yaratib beradi. Ma’naviy – axloqiy tarbiyada umuminsoniy, milliy qadriyatlar asosida talabalarni ma’naviy – axloqiy shakllantirishi yotadi. Bu esa ta’lim – tarbiya jarayoni vazifasini ado etishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Mamlkat mustaqilligini mustahkamlash, ijtimoiy–siyosiy,iqtisodiy, harbiy, huquqiy va boshqa sohalardagi islohatlarining taqdiri, yurtning kelajagini barpo etish talaba yoshlarning ma’naviy – axloqiy tarbiyalanganlik darajasiga, yuksak ongiga, ijtimoiy faolligiga bog‘liq. “Taraqqiyot taqdirini–deya ta’kidlagan edi Prezidentimiz, - ma’naviy jihatdan yetuk odamlar hal qiladi. Texnikaviy bilim, murakkab texnologiyani egallash qobiliyati ma’naviy barkamollik bilan, mustaqil tafakkur bilan birga borishi kerak. Aqliy zakovot va ruhiy ma’naviy salohiyat – ma’rifatli insonning ikki qanotidir.” Shunday ekan, bugungi kunda har bir talaba, yoshlar (о‘quvchi) ma’naviy immunitetga ega bо‘lishi. Vatan va xalq oldidagi muqaddas burchlarini chuqur anglash, jamiyatda yuz beradigan har qanday axloqsizlik holatlariga qarshi kurasha bilishi zarur. Bugun butun dunyoda kuch – qudrat emas, aql tafakkur va g‘oyalar jangi ketmoqda. Tafakkur chо‘qqisiga esa ma’naviyat orqali boriladi. Ma’naviyat maqsadiga aylangan talaba, yoshlar esa dunyoda hech qachon, hech kimdan, hech bir sohada kam bо‘lmaslikka intiladi. Hech vaqt insonning ma’naviy qarashlari о‘z – о‘zidan, bо‘sh joyda shakllanmaydi. Uning vujudga kelishi va rivojlanishida tarixiy, tarbiyaviy va ijtimoiy omillarning, ayniqsa oila va oiladagi ma’naviy tarbiyaning о‘rni beqiyos. Oila yoshlarni kamollik sari yetaklaydigan ma’naviy qо‘rg‘ondir. Madaniyat deganda individual va jamoaviy amaliyotga rahbarlik qilish uchun avloddan avlodga o’tadigan ijtimoiy guruhning moddiy va ma’naviy boyliklari tushuniladi. Unga til, jarayonlar, turmush tarzi, urf-odatlar, odatlar, qadriyatlar, naqshlar, vositalar ,bilimlar eng asosiysi tarbiya kiradi. Madaniyat mohiyatiga ko’ra moddiy va ma’naviy madaniyatlarga bo’linadi. Kishilik tarixining uzoq davrlarida yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratish jarayoni quyidan yuqoriga , oddiylikdan murakkablikka, alohidan umumiylikka ega, o’ziga xos uzluksiz jarayon hisoblanadi. Demak, madaniy tarbiya bu – moddiy va ma’naviy tarbiyadir. Axloqiy tarbiya - bu tarbiya tug’ilishdan boshlanadi va kundalik munosabatlar jarayonida hayot davomida davom etadi. Axloqiy tarbiya shaxs kamolotining asosidir. Insonning axloqiy fazilatlari oilada tug’iladi va shakllanadi. Axloqning birinchi tushunchasini chaqaloqqa uning onasi tabassum va ozgina qattiqqo’llik bilan nima yaxshi va nima yomonligini tushuntiradi. Bola uchun axloqiy namuna har doim ota-ona bo’ladi, u nima bo’lishidan qat’iy nazar. Shuning uchun mo’rt shaxsga to’g’ri o’rnak berish juda muhimdir. Shaxsning shakllanishi murakkab , uzoq davom etadigan jarayon bo’lib ota-onadan, ta’lim muassasalaridan , shuningdek, butun jamiyatdan e’tibor va sabr toqatni talab qiladi. Axloqiy fazilatlarni singdirishda shaxsning yoshini, uning axborotni qabul qilish , tushunish va uni to’g’ri qayta ishlash qobiliyatini hisobga olish kerak. Demak, madaniy - axloqiy tarbiya – talaba, yoshlarni ma’naviy-axloqiy madaniyati rivojini, shaxs tomonidan ijtimoiy tajribani o’zlashtirish darajasini, madaniy – hududiy hamjamiyat qadriyatlarini, madaniyatini o’zlashtirish darajasini oshirish jarayonini rag’batlantiruvchi shakllar, vositalar, usullar va tamoyillar majmui, talabalarni axloqiy qadriyatlar bilan tanishtirish, ularda axloqiy xis-tuyg’ularni rivojlantirish, axloqiy xulq – atvorga undash usullaridandir. Biz yuksak texnologiyalar zamoni, axborot va tafakkur asrida yashamoqdamiz. Serqirra va rang-barang zamonda talabalarni, yoshlarni zamonga uyg’un holda tarbiyalash biz pedagoglar uchun muhim vazifalardan biri bo’lib qolmoqda. Oliy o’quv yurtlaridagi tarbiyaviy tizim bo’lajak mutaxassisning madaniy-axloqiy rivojlanishini rag’batlantirish, talabalarning umumiy-kaspiy madaniyatini shakllantirish, axloqiy me’yorlarga o’rgatish, madaniyat, o’zini-o’zi rivojlantirish va axloqiy ong tizimida o’z o’rnini anglab yetish g’oyalarini singdirish muhim o’rin kasb etmoqda. Bu g’oyani singdirishda, avvalo, pedagogning o’zi umuminsoniy va milliy – axloqiy qadriyatlarni puxta o’zlashtirib olishi hamda amaliy ishda ,ta’lim-tarbiya jarayonida axloqiy kamolot bobida shaxsan ibrat bo’lishini taqozo etadi. Madaniy-axloqiy tarbiya yoshlarni ma’naviy jihatdan shakllanishida ijtimoiy muhitning ta’siri , ijtimoiy munosabatlarning turmushga tatbiq etilishi bo’lib,vaqtli matbuot,radio, kino, televideniya, adabiyot, san’atning yoshlarga ta’siridir. Talabalarning axloqiy tarbiyasiga faqat rejali, biron aniq maqsadni ko’zlab uyushtirilgan omillargina emas, balki ijtimoiy hayot, turmush tarzi talabalarning faoliyati, aktivligi ham ta’sir o’tkazgan. Talabalarning madaniy – axloqiy jihatdan tarbiyalash vazifalari faqat professor-o’qituvchilarning ta’lim berishiga, tushuntirishigagina bog’liq bo’lmay, balki oliy o’quv yurtida yoshlarning amaliy faoliyatini uyushtirish birinchi navbatda dekanlar, kafedra mudirlari, professor–o’qituvchilar, jamoat tashkilotlari rahbarlarining bilim va mahoratlariga, shuningdek, talabalarda bo’lgan qobiliyat va intilishlarni hisobga olish, ulardagi kasbiy va aqliy qiziqishlariga e’tibor qaratish ham muhim o’ringa ega. Talabalarning ta’lim jarayonidagi, darsdan tashqari faoliyatini ham to’g’ri tashkil qilish, masalan, darsdan tashqari faoliyat ( kitobxonlik kechalari, konferensiyalar , munozalar, musobaqalar, dam olish kechalari va suhbat) bularning barchasi talabalarda madaniy–axloqiy tarbiyani rivojlanishiga yordam beradi. Yoshlarning madaniy – axloqiy tarbiyasiga faqatgina pedagoglar emas, balki barcha kattalar e’tibor qaratishi lozimdir. Xalqimizda: “ Bir bolaga yetti mahalla - ota-ona “ degan naql bejizga emas. Tarbiya haqida gapirganda, buyuk bobomiz Abdurouf Fitratning quyidagi fikrlari endi hayotga kirib kelayotgan yigit-qizlarimiz uchun juda o`rinlidir: “Halqning aniq maqsad sari harakat qilish, davlatmand bo`lishi, baxtli bo`lib izzat-hurmat toppish, jahongir bo`lishi yoki zaif bo`lib xorlikka tushishi, faqirlik libosini kiyib baxtsizlik yukini tortishi, e`tibordan qolib, o`zgalarga tobe va qul, asir bo`lishi ularning o`z ota-onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bog`liq”degan edi. Har bir shaxs, xalq va millatning o`ziga xos orzu-umidlari, ma`naviy va moddiy boyliklarga bo`lgan ehtiyojlari mavjuddir. Ular orasida ta`lim-tarbiyaga bo`lgan ehtiyoj etakchi o`rinni egallaydi. Chunki har bir sog`lom insonda tinmay bilim olish, yangiliklardan xabardor bo`lish ehtiyoji mavjud. Demak, davlatning ta`lim-tarbiya tizimiga yuklatilgan vazifa jamiyat a`zolari bilimlarini ma`lum bir qadriyatlarga mos ravishda oshirish va ma`naviyatlarni yuksaltirishdir. Ma`naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etishda talabalar xatti-harakatlarida ko`zga tashlangan salbiy odatlar-jamoat joylarida qattiq gapirish qo`pol so`zlarni ishlatish, hissiyotga berilish, o`ylamay gapirish, ishonchli bo`lmagan hamda dalillar bilan tasdiqlanmagan voqea-hodisalar haqida fikr yuritish, boshqalarning suhbatini bo`lish, qo`lini siqib gapirish kabilarning bartaraf etib borilishiga alohida e`tabor qaratish zarur. Arzimas bo`lib ko`ringan, lekin shaxsning kelajak hayot va kasbiy faoliyatini tashkil etishda, muvaffaqiyatga ega bo`lish yo`lida, zarali bo`lgan bu kabi odatlardan holi bo`lishda talabalarga yordam ko`rsatish muhim vazifa sanaladi. Talabalarda ijobiy sifatlarni tarbiyalash ularning salbiy xislatlardan holi bo`lishlariga yordam beradi. Bu esa dastlab talabalarga xulq-odob me`yorlari va qoidalarini anglash va shaxs ongini shakllantirishga doir metodlar asosida amalga oshiriladi. Download 22.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling