4. ma’naviy – axloqiy tarbiya. Reja


Download 28.95 Kb.
bet1/8
Sana23.12.2022
Hajmi28.95 Kb.
#1044636
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-mavzu seminar pedagogika


4.MA’NAVIY – AXLOQIY TARBIYA.
Reja:

  1. Axloqiy tarbiyaning mohiyati va mazmuni.

  2. O’quvchilarning axloqiy tarbiyalashning shakl, metod va vositalari.

  3. Oilada bola tarbiyalashning asosiy shartlari.

  4. Tarbiyada maktab yetakchi bo’g’in ekanligi.

  5. Oila, maktab jamoatchilik hamkorlikning zaruriyati.



Tayanch so’z va iboralar: Ma’naviyat, axloq, axloqiy tarbiya, oila tarbiyasi, maktab va jamoatchilik tarbiyasi, munosabat


1. Axloqiy tarbiyaning moxiyati va mazmuni. Axloq - ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib, uning mohiyati, shaxs xatti-harakatlari, yurish-turishi, turmush tarzi, hayot kechirish tamoyillari, qoidalari, shuningdek, ijtimoiy munosabatlar mazmunini ifodalaydi. SHu bois, axloq ijtimoiy xodisa sifatida jamiyat ma’naviy-ruxiy hayotida o’ziga xos muhim ahamiyatga ega. Muayyan millat qiyofasi, uning kishiliktaraqqiyotidagi o’rni belgilanayotgan jarayon-da mazkur tushuncha asosiy mezonlardan biri bo’lib xizmat qiladi.
«Axloq» tushunchasi omma fikri asosida tartibga soluvchi faoliyat tarzida kishilik jamiyatining ilk bosqichida shakllangan. Qadimdanoq ijtimoiy-falsafiy, psixologik, pedagogik, tarixiy, badiiy, etnografik va madaniyatshunoslikka oid asarlarda ushbu tushuncha turli ko’lamda ishlatilib kelingan.
Axloq (arabcha xulq-atvor demakdir) - ijtimoiy ong shakllaridan biri, ijtimoiy tartib-qoida bo’lib, bu tartib-qoida ijtimoy hayotning barcha sohalarida kishilarning xatti-harakatini tartibga solish vazifasini bajaradi. Axloq omma faoliyatini tartibga solishning boshqa shakllari (o’quv, ishlab chiqarish, xalq anhanalari) da o’z talablarining asoslanishi, amalga oshirilishi va omma fikri asosida tartibga solinishi bilan farq qiladi. Axloq talablari barchaga taalluqli, biroq hech kim-ning ko’rsatmasi, hech qanday maxsus buyruq asosida bajarilmaydigan, ixtiyoriy amalga oshiriladigan burch shakliga kiradi. Axloq talab-larining bajarilishi faqat ma’naviy ta’sir ko’rsatish shakllari doirasida yuz beradi.



What are the religious and moral assessment?
Religious and moral education of children and young people's knowledge and assessment of the outlook. Readers as part of a research study to collect evidence and to practice their traditions, beliefs and values, through the use of a specific assessment vazifalarnidan skills. In addition, since the early years of the evaluation of the knowledge and skills of children and young people to discuss the further development of news, skills, beliefs, values, and respect for other traditions

Diniy va ma’naviy-axloqiy baholashning xususiyatlari qanday?
Diniy va ma’naviy-axloqiy tarbiya bolalar va yoshlarning bilim va dunyoqarashni baholashga qaratilgan. O‘quvchilarning bir qismi tadqiqotchi sifatida dalil to‘plashi o‘rganishi va ularning amaliyotga tadbiq etish va an’ana va e’tiqod va qadriyatlar, uchun o‘ziga xos baholash vazifalarnidan foydalanish orqali ko‘nikmaga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, bilim va ko‘nikmalarini baholashda dastlabki yillaridan boshlab bolalar va yoshlar tobora taraqqiyot yangliklarini muhokama qilishi, ularning ko‘nikmalarini e’tiqodlar, qadriyatlar, va boshqa an’analariga xurmat kasb etmoqda.1

Axloq shaxs taraqqiyotining yuqori bosqichi bo’lgan ma’naviy komillik asosini, poydevorini tashkil etadi.
Bir so’z bilan aytganda axloq - jamiyatda qabul qilingan, jamoatchilik fikri bilan mahqullangan xulq-odob normalari majmuuidoir.
Ma’naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etish ijtimoiy tarbiyaning muvaffaqiyatini tahminlovchi eng muhim omil sanaladi. Ma’naviy-axloqiy ta’lim va tarbiya o’zaro bog’liqlik, uzviylik, aloqadorlik hamda dialektik xarakterga ega bo’lib, shaxs ma’naviy-axloqiy kamolotini shakllantirish asosi hisoblanadi. Ma’naviy-axloqiy ta’lim o’quvchilarga ma’naviy-axloqiy munosabatlar mohiyati to’g’risida tizimlangan bilimlarni berish, ularda ma’naviy-axloqiy bilimlarni egallashga bo’lgan ehtiyojni yuzaga keltirish ma’naviy-axloqiy ongini shakllantirish jarayoni bo’lib, izchil, uzluksiz, tizimli tarzda tash­kil etilishi lozim.
O’quvchilar ma’naviy-axloqiy tarbiyasini tashkil etish aniq maq-sadga yo’naltirilgan yaxlit pedagogik jarayon bo’lib, Ushbu jarayon-da quyidagi pedagogik vazifalar hal qilinadi:
1. O’quvchilarga ma’naviy-axloqiy mehyorlar hamda axloqiy munosabatlar mohiyati va ularning ijtimoiy jamiyat hayotidagi aha-miyati to’g’risida ma’lumot beriladi.
2. O’quvchilarda ma’naviy-axloqiy bilimlarni egallashga bo’lgan ehtiyojni yuzaga keltirish, ma’naviy-axloqiy ongni qaror toptirish.
3.O’quvchilarda ijobiy mazmundagi ma’naviy-axloqiy sifatlar (bilimlilik, mehnatsevarlik, kamtarlik, mehr-muhabbat, vatanga, xalq-qa muhabbat, ota-ona va kattalarga hurmat, insonparvarlik, saxovat, burchga sadoqat va hokazo)larni qaror toptirish.
4. O’quvchilarda ma’naviy-axloqiy mazmundagi xulq-atvor, xarakter va irodani shakllantirish.
5. O’quvchilar ma’naviy-axloqiy madaniyatini shakllantirish. O’quvchilar ma’naviy-axloqiy sifatlarining qaror topishi tarixiy-obhektiv sharoitda shaxs tomonidan jamiyat taraqqiyoti, insonlar-ning o’zaro hamkorlik, aloqa doiralarining kengayishi takomilla-shuviga ko’rsatiladigan ta’sirning ijobiy, mo’tadil holatda bo’lishini tahminlashda ko’rinadi. Ma’naviy-axloqiy sifatlarning qaror topishi quyidagi umumiy mazmun asosida ro’y beradi:
- o’quvchining ma’naviy-axloqiylik darajasi ijtimoiy munosabat­lar jarayonida, uning jamiyat, atrof-muhit va tabiatga bo’lgan yonda-shuvida namoyon bo’ladi;
- o’quvchining ma’naviy-axloqiylik darajasi jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy taraqqiyoti darajasiga bog’liq;
- o’quvchilarning ma’naviy-axloqiy kamoloti obhektiv va sub-ektiv shart-sharoitlarning o’zaro uyg’unlashuvi asosida tashkil eti-ladigan uzluksiz, tizimli ta’lim-tarbiyaning yo’lga qo’yilishi natijasi-da vujudga keladi;
- o’quvchining ma’naviy-axloqiy kamoloti ijtimoiy munosabat-larning yo’lga qo’yilishida ijobiy natijalarga olib keladi.
O’quvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini amalga oshirish quyidagi tamoyillarga muvofiq yo’lga qo’yiladi:
1. Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning ijtimoiy-g’oyaviy asosga ega ekanligi.
2. Ma’naviy-axloqiy ta’lim va tarbiyaning izchil, tizimli, uzluksiz tashkil etilishi.
3. Ma’naviy-axloqiy ta’lim-tarbiya g’oyalarining aniq maqsadga yo’ naltirilganligi.
4.O’quvchilar ma’naviy-axloqiy madaniyatini shakllantirishga har tomonlama (kompleks) yondashuv.
5. O’quvchilar ma’naviy-axloqiy tarbiyasini tashkil etishda tarixiy voristik hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlar, ularda ilgari suril-gan g’oyalarga tayanib ish ko’rish.
6. Ijtimoiy faoliyatning insonparvarlik va demokratik xususiyat-larga ega ekanligi.
7. Ma’naviy-axloqiy ong va faoliyat birligi. Ma’naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etish - faoliyat jarayoni hisoblanadi. Ushbu jarayon nafaqat ijobiy xislatlarni shakllantirishni, balki salbiy sifatlarni bartaraf etishni, har qanday axloqsiz xatti-harakatlarga qarshi kurashga o’quvchilarni undashni ham ko’zda tutadi. Ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayonida o’quvchi (tarbiyalanuvchi)ning o’z-o’zini tarbiyalashni kuchaytirishi katta ahamiyatga ega.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayonida barkamol shaxs tarbiyalanib voyaga yetkaziladi.

Download 28.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling