4. ma’naviy – axloqiy tarbiya. Reja
Fikr va g’oyalarni tizimlashtirish
Download 28.95 Kb.
|
4-mavzu seminar pedagogika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axloqiy tarbiya berish yo’llari
Fikr va g’oyalarni tizimlashtirish. Bunda fikrlar va g’oyalar kurashi asosida jaholatga qarshi kurashda ma’rifatga va ma’naviyatga tayanish lozimligi ta’kidlanadi.
Bahs-munozara Musobaqa. Devoriy gazeta. Ma’naviy-axloqiy mavzularga oid albom va jurnal tayyorlash Axloqiy-muammoli vaziyatlar tahlili. Bunda bunyodkor va vayronkor g’oyalarning odamga, oilaga, jamoaga va davlatga turli xil ta’sirlari to’g’risidagi muammoli vaziyatlar talabalar ishtirokida tahlil etiladi va uning natijasida hosil bo’ladigan xulosalarning yoshlarga milliy-ma’naviy tarbiya berishdagi ahamiyati ham o’rganiladi. Demak, ma’naviy-axloqiy tarbiya metodlari va vositalari ham da ulardan maqsadga muvofiq foydalanish barkamol avlodni shakllantirishda mustahkam asoslardan biri hisoblanadi. Axloqiy tarbiya berish yo’llari Axloqiy tarbiyaning mazmuni, avvalo, talabalarning amaliy faoliyatlarida, o’qish, mehnat, jamoatchilik ishlarida, ularning munosabatlari xarakterida, o’zaro ta’sir ko’rsatish usullari, xulq-atvor mehyorlarini o’zlashtirishlarida namoyon bo’ladi. Axloqiy tarbiya tarbiyalanuvchining yoshi va uning to’g’ri yo’nalish olishi uchun hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadigan muhitni (oila, o’rtoqlar va do’stlar muhiti) ham hisobga olganda shaxsning butun hayotiy faoliyati jarayonida amalga oshiriladi. Axloqiy tarbiyaning yo’l va usullari talabalarga axloqiy saboq berish kabi maxsus ishni tashkil qilishda alohida xususiyatga ega. Axloqiy tasawurlar, qarash, mulohaza, baho berish kabi tushunchalarni shakllantirishga va shu asosida axloqiy e’tiqodni yuksaltirishga ta’sir ko’rsatadi, yahni: -talabalarni o’zlarining axloqiy tajribalarini mushohada qilishlari va boyitishlariga yordam beradi; - turli manbaalarda axloq to’g’risida olingan bilimlarni sinaydi; - shaxsning o’zini axloqiy tarbiyalashga zamin yaratadi. Axloqiy bilim berishni tashkil qilishda ta’lim oluvchilarning yosh xususiyatlarini, ularning shaxsiy axloqiy tajribalarini, axloqiy mehyorlar to’g’risidagi xabardorlik darajasini, axloq sohasidagi o’zlashtirgan bilimlarning axloqiy talablari bilan munosabatini hisobga olish zarur. Axloqiy bilim, asosan axloq to’g’risidagi suhbatlar, mahruzalar mavzui, kechalar, turli kasb namoyondalari bilan uchra-shuvlar, talabalar konferensiyalari va boshqa vositalar bilan amalga oshiriladi. Download 28.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling