4. ma’naviy – axloqiy tarbiya. Reja
Oilada bola tarbiyalashning asosiy shartlari
Download 28.95 Kb.
|
4-mavzu seminar pedagogika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiyada maktab yetakchi bo’g’in ekanligi.
Oilada bola tarbiyalashning asosiy shartlari
Ota-onalarning o’sayotgan yosh avlod rivojlanishiga, tarbiyasiga bevosita ta’siri ulkan ahamiyat kasb etadi. CHunki ularning ta’siri o’ziga xos va qaytarilmasdir. SHuningdek, bolaning o’ziga xos xususiyatlarini ota-onalargina yaxshi biladilar. Pedagog buni hisobga olmasligi mumkii emas. Faqat ota-onadagi bolani bilishga xos tajribani hisobga olgandagina tarbiyachi o’z faoliyatida muvaffaqiyatga erishadi. SHuning uchun ham ota-onalar bilan pedagoglar o’rtasidagi yaqin hamkorlik tarbiya samaradorligini tahminlaydi. Tarbiyachigina bolaga oilaning ta’sirini kuchaytirish yoki, aksincha, ularning ta’sirini chegaralash imkoniyatiga ega. Oilada bolani tarbiyalash muammosi yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash muammosi bilan uzviy olib boriladi. Uning yechimi oilada boshlanib, maktabda davom ettiriladi. Maktab o’quv rejasiga «Tarbiya» darslarining kiritilishi, ham shu muammo yechimida alohida ahamiyat kasb etadi. Tarbiyada maktab yetakchi bo’g’in ekanligi. Maktab pedagogika va psixologiyaning eng yangi yutuqlariga tayangan holda ota-onalar va jamoatchilik bilan birgalikda olib boriladigan ta’lim-tarbiyaning turli-tuman tashkiliy shakllaridan foydalanadi. Maktab ota-onalar qo’mitasi ishini tashkil etish; ota-onalar lektoriylari; mahruza-suhbatlar; ota-onalar yig’ilishlari; ota-onalarni maktabga taklif etish; oilalarga borish va suhbat o’tkazish; turli mavzularda mahruzalar o’tkazish; ota-onalar ishtirokida madaniy ekskursiyalar, ishlab chiqarishga sayohat uyushtirish; faol ota-onalarni tarbiyasi qiyin, o’zlashtirmayotgan bolalar bilan ishlashga jalb etish; sinf ota-onalar qo’mitalari; ota-onalarning pedagogik-psixologik bilimlarini oshirish maqsadida turli mavzularda o’qishlar tashkil etish; moddiy ahvoli qiyin bo’lgan ayrim oilalarga yordam uyushtirish ana shu tashkiliy shakllar jumlasiga kiradi. Mazkur o’quv yurti rahbariyati sinfda dars beruvchi predmet o’qituvchilarini o’quvchilar va ularning ota-onalari bilan ishlashga jalb etishi; otalar majlisi, onalar majlisi; ota-onalar bilan bolalar ishtirokidagi qo’shma majlis kabi tadbirlarni o’tkazishdan oldin shu sinf rahbari va o’qituvchilari bilan har bir masalani puxta kelishib olib, amalga oshiriladigan tadbirlar rejasini birgalikda keng muhokama qilgandan so’ng uni ota-onalar muhokamasiga olib chiqishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Download 28.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling