Toshkent viloyati Parkent tumani 31- o’rta ta’lim maktabi


Download 1.65 Mb.
bet1/16
Sana19.01.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1102892
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
31Tarbiyaviy ish reja


+

TASDIQLAYMAN”


Maktab direktori: _________
Maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar
bo’yicha o’rinbosari: _______ M.Miraliyev


M/b rahbari:_______ N. A. Xusanova



Toshkent viloyati Parkent tumani
31- o’rta ta’lim maktabi
7-“A” sinf rahbari
Karimova Dilbarning
MA’NAVIY-TARBIYAVIY ISH REJASI

2021 - 2022 - o’quv yili
SINF RAHBARINING VAZIFALARI

1. Har tomonlama barkamol shaxsni milliy istiqlol g’oyasi ruhida tarbiyalash


bo’yicha rejali ish olib boradi. O’qishga mehnatga, ongli munosabatda
bo’lish, o’quv yurti mulkini ko’z qorachig’iday saqlash ruhida tarbyalash.
2.Maktabda, sinfda o’quvchilarni ahil jamoaga jipslashtirish va tashabbuskor
o’quvchilarni tarbiyalash maqsadida o’quvchilarni talab va qiziqishlarini ularning
oiladagi o’zaro munosabatlarini chuqur va har tomonlama o’rganish, erkin
fikrlovchi o’quvchi shaxsini kamol toptirish.
3.O’quvchilarni o’zbek va boshqa xalqlarning madaniy,tarixiy, milliy va xududiy
an’analarini hisobga olib xalq pedagogikasi asosida tarbiyalash maqsadida maktabning
tarbiyaviy imkoniyatlari, tevarak atrof-mihiti sharoitidan kelib chiqib ish yuritish.
4.O’quvchilarda ota-ona va kattalarga hurmat, kamtarlik, saxiylik va saxovatliylik
insonlarga yordam berishga tayyor turish, mehribonlik, mehnatsevarlik xislatlarini
singdirib borish..
5.Millatlararo munosabatlarni yaxshilash uchun keng imkoniyatlarni yaratuvchi
tarbiyaviy ishlarni tashkil qiladi va o’tkazadi, milliy madaniyatni boyitish maqasadida
baynalminal tarbiyani boshqa xalq vakillari bilan hamkorlikda olib borish.
6.Istiqlol g’oyalariga cheksiz sadoqat, ona diyoriga mehr - muhabbat ,ozod va obod
Vatan barpo etishdek ulug’ va olijanob maqsadga e’tiqod jasurlik va fidoyilik
ruhini o’quvchilar ongiga ma’naviy tarbiyaviy tadbirlar orqali singdirish.
7.O’quvchilarga kasbni to’g’ri tanlashlari yo’lida ish olib boradi, ularga ko’maklashadi.
Har bir o’quvchining qobilyati , qiziqishini diagnostik usulda tahlil qilish.
8.Yosh avlodni milliy g’oya,milliy mafkura va umumbashariy
qadriyatlarga,demokratik tamoyillarga asoslangan dunyoqarasahni shakllantirish.
9.O’quvchilarning o’zlashtirmasligi sabalarini aniqlaydi va buni bartaraf etish uchun
yordam berish.
10.Milliy qadriyatlarimiz va buyuk mutafakkirlarimiz merosidan,islom dining
insonparvarlik falsafasi va g’oyalardan yosh avlod tarbiyasida foydalanish
samardorligini oshirishga erishish.
11.O’quvchilarning ota-onalari bilan muntazam ravishda aloqada bo’lish.
12.Sinf rahbari o’zining nazariy bilimi va pedagogik malakasi hamda mahoratini
muntazam ravishda olib borish.
13.Sinf jurnali va boshqa zaruriy xujjatlarning to’g’ri yuritilishini ta’minlash.
14.O’quvchilar o’zlashtirishini yuqori darajaga ko’tarish va intizomni yaxshilashga
erishishi lozim.Ularning maktab ustavi va ichki tartib -qoidalarga rioya qilish
masalalarida sinf majlislarini o’tkazish.
15.O’quvchilarning badiiy havaskorlik ,milliy meros,sport,hunarmandchilik va boshqa
to’garaklar ishlarida faol qatnashishlarini ta’minlab borish.
16.O’zi rahbarlik qilayotgan jamoada saylangan o’quvchilar yetakchisi bilan
hamkorlikda ish olib borish.
17.O’quvchilarni tarbiyalashda “Oila, mahalla, maktab hamkorligi jamoat kengashi” ni
hayotga keng tadbiq etish.
18.Mamlakatimizda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy,iqtisodiy o’zgarish va yangilanishlar
mohiyatini yosh avlod qalbiga singdirish,bu jaroyonning faol ishtirokchisiga
aylantirish. Erkin fikrlovchi o’quvchi shaxsini kamol toptirish.

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling