Referat o’qituvchi: Achilov. U talaba: O’ngarov Abrorjon


Davlat sektori buxgalteriya asoslarining (Xorijiy tajriba)1


Download 65.4 Kb.
bet2/3
Sana23.09.2023
Hajmi65.4 Kb.
#1686536
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
byudjet

Davlat sektori buxgalteriya asoslarining (Xorijiy tajriba)1.
Davlat sektori muassasalarida moliyaviy axborotlarni to`plashning uchta asosiy tamoyili mavjud. Jumladan:

      1. Kassa usuli;

      2. Hisoblash usuli;

      3. Ishonch (kelishuv)

Budjet tashkilotlarida budjet hisobi memorial order shaklida olib boriladi.
Tekshirilgan va hisobga olish uchun qabul qilingan hujjatlar sanasi bo’yicha tartiblashtirilib, quyidagi doimiy raqamli memorial order — jamlanma qaydnomalar bilan rasmiylashtiriladi:
1-memorial order – kassa operatsiyalari bo’yicha jamlanma qaydnoma,
381-son shakl;
2-memorial order – Budjet mablag’larining harakatiga doir jamlanma qaydnoma, 381-son shakl;
3-memorial order – Budjet dan tashqari mablag’lar harakatiga doir jamlanma qaydnoma, 381-son shakl;
5-memorial order – ish haqi va stipendiyalar bo’yicha hisob-kitob varaqalari yig’indisi, 405-son shakl;
6-memorial order – turli tashkilotlar va muassasalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar bo’yicha jamlanma qaydnoma, 408-son shakl;
8-memorial order – hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar bo’yicha jamlanma qaydnoma, 386-son shakl;
9-memorial order – asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishi va joydan joyga ko’chirilishi bo’yicha jamlanma qaydnoma, 438-son shakl;
11-memorial order – oziq-ovqat mahsulotlarining kirimiga doir jamlanma qaydnoma, 398-son shakl;
12-memorial order – oziq-ovqat mahsulotlarining sarfiga doir jamlanma qaydnoma, 411-son shakl;
13-memorial order – materiallar sarfiga doir jamlanma qaydnoma, 396son shakl;
15-memorial order – ta’lim muassasalarida bolalarni saqlaganlik uchun ota-onalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar bo’yicha qaydnoma, 406-son shakl.
Qolgan operatsiyalar (asosiy vositalarga eskirish hisoblash, asosiy fondlarni har yilgi qayta baholash, Budjet dan tashqari daromadlar hisobi, yilni yakunlash operatsiyalari va h.k) va ―Storno‖ operatsiyalari bo’yicha alohida memorial orderlar tuziladi (274-son shakl) va ular har oy uchun alohida 16 raqamdan boshlab raqamlanadi.
Operatsiyalar hajmiga qarab jamlanma qaydnomalarni tuzish talab qilinmaydigan tashkilotlarda subschyotlar korrespondentsiyasi alohida memorial orderlarda (274-son shakl) yuqorida keltirilgan doimiy raqamlar berilib ko’rsatiladi.
Alohida memorial orderlar operatsiyalarning sodir bo’lishiga qarab, ammo boshlang’ich hisob hujjatlari olingandan keyingi kundan kechiktirmasdan ayrim hujjatlarga yoki bir xildagi hujjatlarning bir guruhi asosida tuziladi. Subschyotlar korrespondentsiyasi memorial orderlarda ikki yoqlama yozuv qoidasiga muvofiq yozib boriladi.
Memorial orderlar bosh hisobchi (yoki uning o’rinbosari) va ijrochi (hisobchi) tomonidan imzolanadi.
Barcha memorial orderlar 308-son shakldagi ―Bosh-jurnal kitobi‖da ro’yxatga olinadi. ―Bosh-jurnal kitobi‖ har bir subschyot bo’yicha yuritiladi.
O’zbekiston Respublikasining ―Buxgalteriya hisobi to’g’risida‖gi qonuniga hamda Budjet tashkilotlarida budjet hisobi to’g’risidagi Yo’riqnomaga (Adliya vazirligida 2010 yil 22 dekabrda 2169-son bilan ro’yxatga olingan) muvofiq Budjet tashkilotining bosh hisobchisi, hisobchilari, buxgalteriya xizmatining rahbarlari (keyingi o’rinlarda bosh hisobchi deb yuritiladi) mazkur tashkilot rahbari tomonidan qonunchilikka muvofiq lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.
Agarda tegishli qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa, tashkilotlarning bosh hisobchilari o’zlarining tizimidagi tashkilotlarda buxgalteriya hisobini yuritilishini va moliyaviy hisobotlarni to’g’ri tuzilishini muntazam nazorat qilib turishlari lozim.
Bosh hisobchi boshchilik qiladigan tashkilotning buxgalteriyasi mustaqil tarkibiy bo’linma hisoblanadi.
Tashkilot bosh hisobchisi bevosita mazkur tashkilot rahbariga bo’ysunadi. Buxgalteriya hisobini yuritish, hisobotlarni tuzish va taqdim qilish masalalari bo’yicha esa, tashkilotning rahbaridan tashqari yuqori tashkilot bosh hisobchisiga ham bo’ysunadi hamda tashkilotda buxgalteriya hisobini yuritilishiga, moliyaviy hisobotlarni o’z vaqtida va to’liq topshirilishiga hamda yuqoridagi Yo’riqnoma, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni bajarilishiga javobgar bo’ladi.
Bosh hisobchi buxgalteriya xodimlari uchun xizmat vazifalarini har bir xodim uchun alohida belgilaydi. Buxgalteriyada xizmat vazifalari funktsional belgilarga qarab taqsimlanadi, ya’ni xodimlarning har bir guruhiga yoki alohida bir xodimga ishning hajmiga qarab, ma’lum bir soha biriktiriladi.
Tashkilot bosh hisobchisi lavozimga tayinlanishida va undan ozod etilishida belgilangan tartibda tashkilot rahbarining buyrug’iga muvofiq tuzilgan komissiya tomonidan qabul qilish – topshirish kunida hisob, hisobot va arxiv hujjatlarining holatini ko’rsatgan holda buxgalteriya ishlarini qabul qilish– topshirish to’g’risidagi dalolatnoma tuziladi. Zarur hollarda, ushbu komissiya tarkibiga yuqori tashkilot hamda tegishli moliya organlari bilan kelishilgan holda ularning vakillari ham kiritilishi mumkin.
Budjet tashkiloti bosh hisobchisining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • buxgalteriya hisobini Yo’riqnomaga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilgan holda yuritish, shuningdek, hisob ishlarini zamonaviy texnik vositalar va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etish;

  • buxgalteriya hujjatlarini o’z vaqtida va to’g’ri rasmiylashtirilishini hamda amalga oshirilayotgan operatsiyalarning qonuniyligini oldindan nazorat qilish;

  • Budjet mablag’larini, shuningdek, Budjet dan tashqari mablag’larni xarajatlar smetasida ko’zda tutilgan muayyan maqsadlarga to’g’ri sarflanishi, shuningdek, pul mablag’lari va moddiy qimmatliklarning butligi ustidan muntazam nazorat qilish;

  • tizimiga kiruvchi tashkilotlarda buxgalteriya hisobini qonunchilik talablariga muvofiq yuritilishini nazorat qilish;

  • tashkilotda xodimlarning ish haqlarini va unga tenglashtirilgan to’lovlarini, shuningdek, ta’lim muassasalarida talabalarning stipendiyalarini belgilangan tartibda hamda o’z vaqtida hisoblab chiqish;

  • smeta ijrosi jarayonida vujudga keladigan yuridik va jismoniy shaxslar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni o’z vaqtida amalga oshirish;

  • pul mablag’lari, hisob-kitoblar va moddiy qimmatliklar, shuningdek, boshqa aktivlarni va majburiyatlarni inventarizatsiya qilishda qatnashish, inventarizatsiya natijalarini o’z vaqtida va to’g’ri rasmiylashtirish hamda ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish;

  • moddiy javobgar shaxslarga ularning javobgarligida turgan moddiy qimmatliklarning butligini saqlash va hisobini olib borish yuzasidan tushuntirish ishlarini o’tkazish;

  • moddiy qimmatliklarni olish uchun berilgan ishonchnomalarni hisobini yuritish va ulardan to’g’ri foydalanilishini nazorat qilish;

  • moliyaviy hisobotlarni belgilangan muddatlarda tuzish va topshirish;

  • tashkilot rahbari tasdiqlashi uchun xarajat smetalarini va ularga ilova qilinadigan hisob-kitoblarni tuzish (agar rejalashtirish bo’limlari yoki ushbu vazifani amalga oshiruvchi lavozim shtatlar jadvalida nazarda tutilmagan bo’lsa);

  • asosiy vositalar hamda boshqa moddiy qimmatliklarni ularning saqlanish va foydalanish joylarida butligini muntazam nazorat qilish;

  • buxgalteriya hujjatlarini, hisob registrlarini, shuningdek, xarajatlar smetalarini (ilova hisob-kitoblari bilan birga) saqlanishini ta’minlash (agar rejalashtirish bo’limlari yoki ushbu vazifani amalga oshiruvchi lavozim shtatlar jadvalida nazarda tutilmagan bo’lsa);

  • qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajarilishini ta’minlash. Budjet tashkilotining bosh hisobchisi yuqoridagi vazifa va majburiyatlardan kelib chiqqan holda quyidagi huquqlarga ega:

  • buxgalteriya hisobi va nazorat ishlari to’g’ri tashkil etilishini ta’minlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ko’rishni tashkilot rahbaridan talab qilish;

  • tarkibiy bo’linmalarda pul mablag’lari, tovar-moddiy va boshqa qimmatliklarni qabul qilish, saqlash hamda sarflash yuzasidan

belgilangan tartibga amal qilinishini tekshirib turish;

  • mukofotlar hajmlarini pasaytirish (agarda qonunchilikda belgilangan normalardan oshib ketgan bo’lsa) to’g’risida tashkilot rahbariga takliflar kiritish;

  • tashkilotning barcha bo’linmalaridan buxgalteriya hisobini yuritish uchun talab qilinadigan hujjatlar va ma’lumotlarni rasmiylashtirishni hamda buxgalteriyaga taqdim qilishni talab qilish;

  • qonunchilikda belgilangan boshqa huquqlarni amalga oshirish. Bosh hisobchi quyidagilar uchun javobgar hisoblanadi:

  • buxgalteriya hisobi noto’g’ri yuritilib, natijada tartibsiz holatga kelgani va moliyaviy hisobot buzilganda (noto’g’ri tuzilganda);

  • pul mablag’lari, tovar-moddiy va boshqa qimmatliklarni kirim qilish, saqlash va sarflash yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibga zid operatsiyalar bo’yicha hujjatlar rasmiylashtirilgan va ijroga qabul qilingan hollarda;

  • pul mablag’lari bo’yicha operatsiyalar, shuningdek, debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar kechikib hamda noto’g’ri amalga oshirilganda;

  • kamomadlar, debitorlik qarzlari va boshqa yo’qotishlarni buxgalteriya hisobidan chiqarilish tartibi buzilganda;

  • buxgalteriya hisobini tashkil etishga doir boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilganda.

Budjet tashkilotlarida budjet hisobi to’g’risidagi Yo’riqnomaga (Adliya vazirligida 2010 yil 22 dekabrda 2169-son bilan ro’yxatga olingan) muvofiq schyotlar rejasi joriy etiladi.
Barcha schyotlar beshta qism bo’yicha tizimga keltirilgan bo’lib ular quyidagilardan iborat:
I. Nomoliyaviy aktivlar; II. Moliyaviy aktivlar;

    1. Debitorlar va kreditorlar;

    2. Moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi schyotlar; V. Balansdan tashqari schyotlar.

Schyotlar rejasining birinchi va ikkinchi bo’limlari aktiv schyotlar hisoblanadi, uchinchi bo’lim schyotlari aktiv-passiv schyotlar, to’rtinchi bo’lim schyotlari passsiv schyotlar hisoblanadi.
Budjet tashkilotlarida buxgalteriya balansi bu tashkilot mablag’larini ularni turlari va tashkil topish manbaalari bo’yicha muayyan bir davrga pulda ifodalanib umumlashtirib aks ettirish va iqtisodiy guruxlashdir. Budjet tashkilotlari balansi tarkibi aktiv va passiv qismlardan iborat bo’lib, aktiv tomoni nomoliyaviy aktivlar, moliyaviy aktivlar, debitorlar bo’limlaridan iborat. Balansni passiv tomoni kreditorlar, moliyaviy natijalar bo’limlaridan iborat.

Download 65.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling