Referat o’qituvchi: Achilov u toshkent 2023 r e j a
Tovar moddiy zahiralar bo’yicha analitik va sintetik hisobni tashkil etish
Download 146.22 Kb.
|
Оралиқ назорат иш Бюджет ҳисоби
4. Tovar moddiy zahiralar bo’yicha analitik va sintetik hisobni tashkil etish.
Tashkilotga kirimga olinayotgan tovar moddiy zaxiralar bo‘yicha aloxida qaydnomalar ochilib barcha amalga oshirilgan xarajtlar boshlang‘ich hujjatlarga asosan rasmiylashtiriladi. Misol uchun, tovar moddiy zaxira oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha tashkilotga olib kelindi. Bunda xarajatlar quyidagilardan iborat bo‘ldi: shartnoma bahosi 5000 ming so‘m (yuk xatiga asosan), mol yetkazib beruvchi tashkilotdan olib kelish uchun transport tashkiloti xizmati ko‘rsatildi 500 ming so‘m (bajarilgan ishlarni topshirish, qabul qilish dalolatnomasiga asosan), tashkilot xodimiga boshqa shaxardan olib kelish uchun xizmat safariga berilgan mablag‘ 200 ming so‘m (avans hisobotiga asosan). Jami xarajat summasi 5700 ming so‘mni tashkil etdi. Demak, tashkilot balansiga sotib olingan tovar moddiy zaxira 5000 ming so‘m emas balki 5700 ming so‘m qilib haqiqiy tannarxida kirimga olinadi. Qaydnomaga asosan kirim qilingan tovar-moddiy zaxiralar M-44 son shakldagi Material zaxiralar bo‘yicha aylanma qaydnomaga summasi tushiriladi. Bunda qiymati 5700 ming so‘mni tashkil etadi. Yuqoridagi xarajatlar qaydnomada quyidagicha aks ettiriladi. Tovar moddiy zaxiralar kirimi bo‘yicha tovar moddiy zaxira miqdori 1000 kg. sana 08.09.2018- yil. (TMZ nomi) ( ming so‘mda). Ko‘rsatkichlar nomi qiymati asos bo‘lgan hujjat 1. Shartnoma bahosi 5000 ming so’m. Yuk xati 2. Transport xarajatlari 5000 ming so’m. Bajarilgan ishlarni topshirish, qabul qilish dalolatnomasi 3. Xizmat safari xarajatlari 200 ming Avans hisoboti Jami 5700 ming so’m. Tashkilotni o‘zida tayyorlansa tovar moddiy zaxiralarni ishlab chiqarish bo‘yicha shaxsiy hisobvaraqa ochilib barcha xarajatlar turlari bo‘yicha jamlanib boradi va shu asosida haqiqiy tannarxda M-44 son shakldagi Material zaxiralar bo‘yicha aylanma qaydnomaga tushiriladi. Buxgalteriyada budjet mablag‘lari yoki budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan sotib olingan (tayyorlangan) tovar-moddiy zaxiralarning hisobi miqdor va summa ifodasida materiallarning nomi, sotib olinish (tayyorlanish) manbaalari va moddiy javobgar shaxslar bo‘yicha 296-son shakldagi material qimmatliklarning miqdor-qiymat hisobi daftari (kartochkasi)da hamda M-44-son shakldagi material zaxiralar bo‘yicha aylanma qaydnomada yuritiladi. Omborlardagi tovar-moddiy zaxiralarning hisobi moddiy javobgar shaxs tomonidan M-17-son shakldagi materiallarni ombor hisobi daftarida faqat nomi, navi va miqdori bo‘yicha yuritiladi. Budjet tashkilotlarida tovar-moddiy zaxiralarni hisobdan chiqarish belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Ma’lumki tovar-moddiy zaxiralar tashkilotning balansidan: sotish; beg‘araz berish; saqlash muddati tugagach yaroqsizligi sababli, jismonan va ma’nan eskirganligi natijasida tugatish (yo‘q qilish); kamomad, yo‘qotish yoki shikastlanish (sinish, bo‘linish) aniqlanishi; boshqa muomalalar va hodisalar natijasida hisobdan chiqariladi. Tovar-moddiy zaxiralar ular sotib olingan bahoda (yetkazib berish va boshqa qo‘shimcha xarajatlarni ham hisobga olgan holda) yoki ular har xil narxlarda sotib olingan bo‘lsa, o‘rtacha bahoda hisobdan o‘chiriladi. Materiallar va oziq-ovqat mahsulotlari belgilangan tartibda tasdiqlangan me’yorlar doirasida tashkilot rahbari (yoki uning o‘rinbosari) tomonidan tasdiqlangan yuqoridagi tegishli hujjatlarga muvofiq hisobdan chiqarilishi lozim. Sotish natijasida hisobdan chiqarilishi asosan tayyor maxsulotlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Ma’lumki budjet tashkilotlari faoliyat turiga mos xolda tayyor maxsulot, ish va xizmatlar ishlab chiqarish va ularni sotish imkoniyatiga ega. Budjet tashkilotlarida maxsulotlarni sotish jarayoni qonunchilik asosida amalga oshriladi. Tovar-moddiy boyliklarni ya’ni material qiymatliklarni sotishdan olingan mablag‘lar budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha G‘aznachilik bo‘linmalarida ochilgan shaxsiy hisob raqamlarida jamlanadi va budjet tashkilotlari tomonidan quyidagi tartibda taqsimlanadi: 50 foizi - tegishli budjet daromadiga; 50 foizi - budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha G‘aznachilik bo‘linmalarida ochilgan shaxsiy hisob raqamlarida qoladi. Tovar-moddiy boyliklarni sotishdan olingan budjet tashkilotlari ixtiyorida qoldiriladigan mablag‘lar ular tomonidan faoliyat sohasiga muvofiq moddiy-texnik bazani mustahkamlashga yo‘naltiriladi. Download 146.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling