Referat o’qituvchi: Ikramov. M. M. I f. n, Dotsent
Internet haqida qiziqarli ma’lumotlar
Download 45.31 Kb.
|
omonovvvvvv1
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
Internet haqida qiziqarli ma’lumotlar
- Internet tarmog‘ida 130 trilliondan ortiq sahifa mavjud. - Instagramm messenjeriga har kuni 95 milliondan ortiq fotosur’at yuklanadi. - Internetga bir vaqtning o‘zida 8.7 milliarddan ortiq uskuna ulangan bo‘ladi (siz ushbu ma’lumotni o‘qiyotgan vaqtda ham). - Kunning istalgan daqiqasida YouTube tarmog‘iga taxminan 72 soatdan 300 soatgacha bo‘lgan videoroliklar yuklanadi. - Internet to‘rining 5 million terabaytining real massa og‘irligi, qum zarrasidan ham yengil hajmni tashkil etadi. - Xakkerlar tomonidan, har kuni 85 000 saytga hujum uyushtiriladi. - Sayyoramizning taxminan 30 foiz aholisi Facebook tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tgan. - Xitoyda internet-narkomanlar uchun maxsus kasalxonalar mavjud. - Ilk elektron xat 1971 yilda amerikalik dasturchi Rey Tomlinson tomonidan yuborilgan. - Dunyodagi eng birinchi veb-sayt hozirgi kunda ham faoliyatini davom ettirmoqda. Tekshirib kurishingiz mumkin: WWW (World Wide Web). - Yer yuzida har kuni 247 milliarddan ortiq elektron xatlar yuboriladi. Biroq ularning 90 foizini SPAM va virusli xatlar tashkil etadi. - Internetdan foydalanuvchi davlatlar orasida Islandiya eng yuqori ko‘rsatgichga ega. Eng past ko‘rsatkich – Shimoliy Koreyada qayd etilgan. Shimoliy Koreyada ichki internet mavjud. U yerda global internetdan foydalanish taqiqlangan. - Dunyodagi birinchi “smaylik” 1982 yilda amerikalik informatik Skott Falman tomonidan o‘ylab topilgan. U do‘sti bilan yozishayotgan vaqtda ilk bora “smaylik” yuborgan. - Yer yuzining eng yuqori nuqtasi – Everest cho‘qqisida, yuqori tezlikka ega intenet mavjud. - Global to‘rda eng ko‘p foydalaniladigan til – ingliz tili. Barcha veb-saytlarning 50 foizi, ma’lumotlarni ingliz tilida taqdim etadi. Shunisi e’tiborga loyiqki, ingliz tilidan keyingi o‘rinda rus tili turadi. - Texnik qurilmalar o‘rtasida o‘zaro yozishmalar uchun mo‘ljallangan dastlabki aloqa 1960 yilda kashf etilgan. Lekin mazkur aloqa (global internetning “otasi”) faqatgina AQSh xavfsizlik xizmati tomonidan qo‘llanilgan. - YouTube tarmog‘iga yuklangan barcha videoroliklarni umr davomida ko‘rib chiqishning iloji yo‘q. - Qiziqarli ma’lumot: Yer yuzidagi insonlar orasidan “Internet kalitini” saqlash uchun 7 kishi tanlab olingan. “Internet kaliti” – bu internetni qayta ishga tushirish uchun mo‘ljallangan, maxsus shifr kiritilgan elektron kartalar. Mabodo, internet tarmog‘iga global xakkerlar hujumi uyushtirilsa yoki boshqa bir kutilmagan ko‘ngilsizliklar sodir bo‘lsa, “Internet qo‘riqchilari” zudlik bilan AQSh xarbiy bazasiga olib kelinadi va qo‘riqchilar o‘z kalitlarini faollashtiradilar. Natijada internet o‘chirib qo‘yiladi. Tabiyki, hozrgi kunda ushbu omilga bo'lgan ehtiyojmandlar soni kundan kunga ortib bormoqda. Mazkur tarmoq butun dunyo miqyosida global tarmoqdir. Zero unda mavjud yangiliklardan xabardor etuvchi matinlar, tasvir hamda ovoz hizmatlari va bir qator imkoniyatlar barcha jabhada katta yengilliklarni yuzaga keltirayotgan bo'lsa-da, ammo ikkinchi tomondan insoniyatni beixtiyor vertual olamga jalb etib bormoqda. Ayniqsa bu ta'sir doirasidan o'smir yoshlar ham yo'q emas. Bu borada mutahasislarning so'zlari quydagi natijalarni isbotlamoqda: internet tarmog'idagi ijobiylik insonning fan, soha va faoliyatiga bog'liq muhim aniq dalillarga ega bo'lishida har tomonlama qulayligi va tegishli vaqt miqdorining tejalishiga olib kelishi kundek ravshan, lekin qiziquvchanlik sababli Internet axborotlaridagi ortiqcha ma'lumotlarga haddan ziyod berilib ketishlaridir. Izlanuvchanlik, fikriy rivojlanish, mushoxada, taxlil qilish qobilyati va xotiraning o'tkirlik darajasini susaytirishga sabab bo'lmoqda. Ma'lumki, Internet vositasidan foydalanish hech kimga majburiy bo'lmagan va insonning o'z tafakkuridan kelib chiqqan qonun qoidalar asosida bo'lishi kerakligi hamda undagi me'yor talablari, ya'ni Internet tarmog'idan axborotlarni to'g'ri tanlash har jihatdan o'rinlidir. Bundan ko'rinib turibdiki, ushbu tarmoq vositasining o'z ichiga qamrab olgan axborotlar miqyosi shu qadar keng va ko'p ekanligi gohida o'zimizga kerakli bo'lgan ma'lumotlarni ajratib olishimizda ham qiyinchilik tug'dirmoqda. Barchamzga ma'lumki, Internetda ishlashimiz uchun qidiruv tizimining o'rni beqiyos. O'zingizga kerakli barcha ma'lumotlarni shu kabi biron bir saytning “izlash” katakchasiga yozib, chiqarilgan ko'pgina ma'lumotlar ichidan o'zingizga keraklisini tanlab olaverasiz yoki ma'lum bir saytning manzili yodingizdan ko'tarildimi, yana o'sha qidiruv sistemalari yordamga keladigan saytga aloqador kalit so'zlarini terasiz va qarabsizki o'sha sayt qarshingizda namayon bo'ladi. Internet tarmog'ida: Yahoo, Google, Ref.uz singari yana boshqa nomlar bilan ataluvchi qidiruv tizimlari mavjud. Yuqoridagi qidiruv dasturlari haqida batafsil va umumiy ta'rif berishda ularni biror bir tizim orqali masalan, Google tizimini tushuntirish maqsadga muvofiq bo'ladi. Bu kompaniya Internetdagi yetakchi qidiruv tizimi hisoblanadi, dunyo bo'ylab tarmoq foydalanuvchilarning o'ntadan yettitasi u yoki bu ma'lumotlarni topish ilinjida aynan mana shu saytga murojat qilishadi. Tizim har kuni 50 mlionga yaqin so'rovlarni qabul qiladi, sakkiz milyardlab veb-sahifalarni ideksatsiya qiladi. U 101 tildagi axborotni izlab topishi mumkin. Keyingi yillarda butun dunyo internet foydalanuvchilari orasida keng ommalashib borayotgan Google tizimi 1998 – yil sentyabrda ishga tushgan. Hozirda bu kompaniyaning qidiruv tizimlaridan tashqari yana bir qator foydali va qulay hizmatlari mavjud va ular soni ortib bormoqda. Darhaqiqat, hozirda nafaqat Internet tarmog'i vujudga kelganligi, bundan tashqari shu kabi jahonaro rivojlanib keayotgan turli – tuman axborot texnologiyalar yosh avlodga ijobiy ta'sir kuchini o'tkazayotganligini bir tomondan quvonarli bo'lsa – da, ikkinchi tomondan ularni turli salbiy saboqlardan asrash maqsadida tarbiyaviy muhitni kuchaytirishga undaydi. Bugungi kunda xarbiy hizmatchilar radio–televidenie, matbuot Internet kabi vositalar orqali rang barang axborot va ma'lumotlarni olmoqda. Jaxon axborot maydoni tobora kengayib borayotgan shunday bir sharoitda xarbiylarimiz ongini o'rab–chirmab, uni o'qima, buni ko'rma deb bir tomonlama tarbiya berish, ularning atrofini temir devor bilan orab olish hech shubhasiz zamonning talabiga ham bizning ezgu maqsad – muddaolarimizga xam to'g'ri kelmaydi. Nega deganda biz yurtimizda ochiq va erkin demokratik jamiyat qurish vazifasini o'z oldimizga qat'iy maqsad qilib qo'yganmiz va bu yo'ldan hech qachon qaytmaymiz. Binobarin, biz davlatimiz kelajagi o'z qobig'imizga o'ralib qolgan holda emas, balki umumbashariy va demokratik qadriyatlarni chuqur o'zlashtirgan holda tasavvur etamiz. Biz istiqbolimizni taraqqiy topgan mamlakatlar tajribasidan foydalanib, davlat va jamiyat boshqaruvini erkinlashtirish inson huquqi va erkinliklarini fikrlar rang – barangligini o'z hayotimizda yanada kengroq joriy qilishda ko'ramiz. Biz butun ma'rifatli xalqaro hamjamiyat bilan tinch – totuv, erkin va farovon hayot kechirish o'zaro manfaatli xamkorlik qilish tarafdorimiz. Xozirgi zamon axborot tizimi uning, juda keng imkoniyatlaridan kelib chiqib aytish mumkinki, O'zbekistonda axborot olish, saqlash, foydalanish va tarqatishning umumiy manfaat va umumiy taraqqiyot nuqtai nazaridan boshqaruv mexanizmini yaratish, uning moxiyati va unsurlarini chuqur anglash zarur bo'lib qolmoqda. Ana shu hayotiy extiyojdan kelib chiqib axborot sohasida milliy xavfsizlikni ta'minlash tizimini yaratishning quydagi usullarini qo'llash madaniyatini zarur deb hisoblaymiz: Birinchidan, sotsiologik yo'nalish. Bunda axborot olish va tarqatish jarayonida jamiyat taraqqiyotining axborotini ijtimoiy voqelik sifatidagi rolidan kelib chiqib, jamiyatda shakillanayotgan ijtimoiy ong yo'nalishlari ijtimoiy tafakkur darajasi va uning oqimlarini o'rganishni yo'lga qo'yish kerak. Aholi turli qatlamlari, qarashlari, kasbiy va boshqa ijtimoiy holatlari asosidagi fikirlash tarzini aniqlab borish zarur. Ikkinchidan, statistik yo'nalish. Ko'p millatli mamlakatda, hususan, 130 dan ortiq millat va elat yashayotgan, 20 ga yaqin diniy konfessiyalar faoliyat ko'rsatayotgan O'zbekistonda millatlararo va dinlararo mojorolarni turli siyosiy manfaatlar va buzg'unchi g'oyalar tasirida kelib chiqishi mumkin bo'lgan nizolar manbalarini o'rganib borish, bu borada aniq hisob – kitoblarga tahliliy yechimlarga ega bo'lish. Uchinchidan, siyosiy konfiktologiya va siyosiy psixologiya. Axborot psixologik xavf avj olayotgan bir paytda, turli buzg'unchi g'oyalar inson ongi va tafakkuriga o'z ta'sirini o'tkazayotgan bir sharoitda siyosiy mojorolar kelib chiqish mumkin bo'lgan manbalarni o'rganish, omillarini aniqlash hamda siyosiy qarashlari, ruhiyati, ijtimoiy – siyosiy psixologik izchil ravishda o'rganib borilmog'i lozim. To'rtinchidan, mantiqiy tizimiy va funktsional tahlil. Axborot tizimi, xususan, axborot psixologik ta'sir axborot siyosati tizimi va vositasining muxim qismi sifatida baxolashi lozim. Voqelikka ana shu tarzda yondashib, ilmiy – taxliliy nazariy va amaliy xulosalar chiqarish kerak. Tig'iz axborotlashgan jamiyatda axborot oqimi ta'sirida shakillanayotgan ijtimoiy fikr fan nuqtai nazaridan izchil o'rganilmog'i lozim. Beshinchidan, axborot tizimida milliy istiqlol g'oyasining ustuvorligi. Har qanday fuqoro axborot bazasidan “maxsulot” tanlash jarayonida uning qalbida, ruxiyatida, kayfiyatida, fe'l atvorida, bularning barchasining oqibati sifatidagi hatti – xarakati va munosabatida mafkuraviy immunitet ustuvorligini ta'minlash. Albatta, O'zbeksiton mustaqillikning 23yili mobaynida ommaviy axborot komunikatsiyasi soxasida jiddiy o'zgarishlar yuz berdi. Eng avvalo har bir fuqaroning so'z va fikr erkinligi, axborot olish va tarqatish huquqi Konstitutsiya bilan kafolatlangan. Ommaviy axborot vositalari to'g'risidagi bir qator qonunlar yaratildi va amalda qo'llanilmoqda. Mustaqil nashrlar soni keskin ko'paydi. Bularning hammasi mamlakat ichki hayotida milliy axborot tizimining o'ziga xos taraqqiyotidan dalolat beradi. Yana shuni takidlash lozimki, Internet vositalaridan o'rin olgan jamiki axborot va ma'lumotlarning hammasi ham real haqqoniy emasligi ayni paytda ayon bo'lmoqda. Bundan kelib chiqib aytish joizki, olinayotgan dalillarning qay darajada to'g'riligini ongli ravishda mushohada etish maqsadga muvofiqdir. Shundagina Internet orqali egallayotgan bilimlarimiz hayotimizda ijobiy samara berishiga ishonch xosil qilish mumkin. Muxtasar qilib aytganda, harbiy xizmatchilarimizning ma'naviy olamida bo'shliq vujudga kelmasligi uchun ularning qalbi va ongida sog'lom hayot tarzi milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat – ehtirom tuyg'usini har doim shakillantirishimiz zarur. Shuni unutmaslik kerakki, bugungi kunda inson ma'naviyatiga qarshi yo'naltirilgan bir qarashda arzimas bo'lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi glaballashuv shiddatidan kuch olib, ko'zga ko'rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo'lmaydigan ulkan ziyon yetkazishi mumkin Internet tarmog'lari yoshlaming dunyoqarashini, fikrini o'zgartirib yubordi. Bu olamga g'arq bo'lgan yoshlarning deyarli ko'pchiligida insoniylik, mehr-oqibat, tuyg'ulari, muomala ma'daniyati kamayib bormoqda. Masalan jamoat transportida telefonidan ko'zini uzmay kelayotgan bola u yerdagi axloq qoidalarini ham unutib qo'ymoqda. Yaqinlariga, ota-onasiga ham internetga ajratganchalik ko'p vaqt ajratmay qo'yayotganini o'zi ham sezmay qolmoqda. Internet bu kabi yoshlar vaqtining ham eng katta dushmani hisoblanadi. Bu "sun'iy olam" ga bog'lanib qolib hayotimizning eng muhim davrlarini o'tkazib yuborayotgan va nimanidir qo'ldan boy berayotgan bo'lishimiz mumkin. Bir kun internetdan foydalanmasak kunimiz qanchalik unumli bo'lganini sezamiz. Shunday ekan, internet asiriga aylanmasdan uning girdoblarida umrimizni zoye ketkazmasdan undan o'zimizni himoya qilishimiz lozim. Har bir irodasi mustahkam yosh avlod vaqtni o'zining eng qimmatbaho boyligi ekanligini anglaydi va uni kimga va nimaga sarflashini juda yaxshi biladi. Ularda internetning turli xurujlariga qarshi kurashish immuniteti mavjud bo'ladi. Bu bilan ijtimoiy tarmoqlardan umuman foydalanmaslik emas, balki undan me'yor bilan foydalanish kerak. Ular hayotimizda birinchi o'rinda emas, oxirgi o'rinlardan joy olsa maqsadga muvofiq bo'lar edi. Zero, bizga berilgan umrni samarali sarflash har birimizning o'z qo'limizda. " Har qanday davlatning yoshlari o'z oldiga qo'yayotgan maqsadiga qarab, shu davlatning kelajagini bilish va belgilashi mumkin ". Bugungi dunyo yoshlari-son jihatidan butun insoniyat tarixidagi eng yirik avloddir, chunki ular 2 milliard kishini tashkil etmoqda. Bugun internet madaniyati, virtual madaniyat, axborot madaniyati, ma’lumotlardan to‘g‘ri foydalanish madaniyati kabi tushunchalar hayotimizdan o‘rin egalladi. Yoshlarda internet olamida o‘z o‘rnini to‘g‘ri belgilash va foydalanuvchilar bilan to‘g‘ri muomala qilish, virtual olamdagi axborotlarni to‘g‘ri tahlil qilish malakasini shakllantirish davr talabidir. Global tarmoq natijasida yuzaga kelgan eng katta muammo, bu, albatta, qaramlik, tobelik kasalligidir. Yoshlarning ko‘p vaqtini inernetda o‘tkazishlari global muammoga aylanib ulgurgan. Bugun internet ayrim yoshlar uchun mashhur yozuvchi Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Sariq devni minib” asari qahramoni Hoshimjon topib olgan sehrli qalpoqchadir. Umuman, internetga qaramlikning eng og‘ir jihati real olamni, insoniylik burchi va vazifalarini unutishdir. Inson haqiqiy hayotda yashashi, halol mehnat qilishi, ilm olishi, zimmasidagi vazifalarini sidqidildan bajarishi, elu yurtiga fidoyilik bilan xizmat qilishi, atrofdagilarga foyda keltirishi zarur. Xulosa Keling biz ongimizni jazolaylik inernetdan foydalanmaylik yo'q foydalanmaslik yechim emas va u bizga kerak ham emas. Biz internet nazoratida emas u bizni nazoratimizda bo'lishini ta'minlaylik.Unga bog'lanib qolmaylik, lekin unga bo'lgan xohishimizni, talabimizni jilovlaylik. Shunday qilaylikki uni faqat bizga xizmat qilishga majbur qilaylik, biz unga emas. U juda ayyor bo'lsa biz undanda ayyor bo'laylik. Biz ham o'g'ri bo'laylik qanday o'g'ri bo'laylik deysizmi internetdan o'zimizni kerakli bo'lgan ma'lumotlarni olaylik bilimimizni oshiraylik lekin uni bizni umrimizni o'g'irlashiga yo'l qo'ymaylik va bunga qattiq va jiddiy reaksiya bildiraylikki biz unga qanchalik irodali, shijoatli ekanimizni ko'rsatib qo'yaylik. Bir inson dunyoga kelibdiki uni o'z vazifasi va maqsadi bor va bo'lishi ham kerak. Hoxish va iroda bo'lsa hamma narsa qo'lingizdan keladi faqatgina diqqat, intizom va harakat bo'lsa bas. Mana shu uchta unsur inson omili deb oladigan bo'lsak shularni birlashtira olsangiz siz dunyoni o'zgartiradigan inson bo'lishingizdan hech kim va hech narsa qaytara olmaydi va siz o'ylagan maqsadingizga erisha olasiz vaholanki, siz bu dunyoga kelishingiz shunchaki emas, siz bu kashfiyot , siz bu yaxshilik, siz bu yuksalish, siz bu adolat va qudrat uchun dunyoga kelgansiz. Har kim o'z menini topishi va uni hurmat qilishi kerak va bunga intilishi kerakki kelajakda yosh avlod sizni ko'rib ibrat olsin, sizni ko'rib adolat nimaligini tushunsin, sizni ko'rib inson qanaday yashash kerakligini tushunib yetsin. Har hil internetdagi soxta adolatparvar insonlarni ko'rib emas. Bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan mamlakatimizda internet tarmoqlari insonlarga ko'plab imkoniyatlar, qulayliklar yaratib berish bilan bir qatorda, jamiyatimiz yoshlarining g'oyaviy, axloqiy me'yorlariga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI: 1.INTERNET SECURITY 2.uz.wikipedia.org 3.uza.uz 4.religions.uz Download 45.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling