Referat o’qituvchi: Ikramov. M. M. I f. n, Dotsent


Download 45.31 Kb.
bet1/2
Sana19.04.2023
Hajmi45.31 Kb.
#1366960
TuriReferat
  1   2
Bog'liq
omonovvvvvv1


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM VA FAN INOVATSION VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI


“BYUDJET HISOBI VA G’AZNACHILIK” FAKULTETI


“BYUDJET HISOBI VA G’AZNACHILIK ISHI” KAFEDRASI
“ Byudjet nazorati va g’aznachilik “ yo’nalishi 1-bosqich BNG’-71 guruh talabasi Omonov Zafarbek Zuxriddin o’g’li tomonidan “Iqtisodiyotda information komunikatsion texnologiyalar “ fanidan “ Internet madaniyati haqida tushuncha “ mavzusida tayorlagan

REFERAT


O’qituvchi: Ikramov.M.M. i.f.n, Dotsent

Toshkent 2023


Reja:
Kirish
1.Avvalo internet haqida tushuncha va ma’lumotlar
2.Internet madaniyati va undan foydalanish qoidalari
3.Internetning yosh avlodga ta’siri
Xulosa:

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

ILOVALAR
Kirish

Bugun dunyoning bir nuqtasida sodir bo`lgan voqea, yangilik xususida yetarli axborot olishimiz uchun atigi bir necha soniya kifoya. Monitor qarshisida sichqonchasimon moslamani boshqarib, istalgan mavzuda istalgan axborotni olish mumkin. Internet bir necha o`n yil ichida global tarmoqqa aylanib, axborotlashgan jamiyatni yuzaga keltirdi, balki jahonda globallashuv jarayonining tezlashishida ham muhim omil bo`ldi.


Internet– insoniyat tafakkuri mahsuli. Ish stolimizda turgan kompyuterga shunchaki elektron qurilma sifatida qaray olmaymiz. Internet axborot olish, almashish va uzatishning eng samarali, qulay vositasidir. Uning multimediya (tasvir, ovoz, matn) xizmati va boshqa qator qulayliklari insoniyatni virtual olamga ohangrabodek tortmoqda.
Internet (lotincha: inter – aro va net – tarmoq) – standart minimal internet protokoli (I) orqali maʼlumot almashuvchi computer tarmoqlarining butunjahon va omma uchun ochiq toʻplamidir. Bu maʼlumotlarning asosiy tashuvchi protokoli TCP/IP dir. TCP/IP oʻzaro bogʻliq protokollar yigʻindisi boʻlib, internetda maʼlumot tarqalishida asosiy oʻrin egallaydi. Internet tarmogʻini minglab akademik, davlat, tijorat va xonadon tarmoqlari tashkil etadi. Internet elektron pochta chat hamda oʻzaro bogʻlangan sahifalar va boshqa butunjahon o’rgimchak to’ri servislaridan tashkil topadi.

Internet - bu jahon kompyuter tarmoqlari majmuidir. Internet kupgina imkoniyatlarga ega. Internet imkoniyatlari bilan to`laroq tanishish maqsadida uning tarixiga sayoxat qilamiz.


1960 - yillari Karib mojarosidan so`ng, AQSHning ilmiy markazlaridan biri bo`lgan RAND CORPORATION korxonasi, birinchi marta butun mamlakatni qamrab oladigan markazlashmagan kompyuter tarmog`ini yaratishni taklif qildi. Bu loyixani amalga oshirishdan maqsad xarbiy muassasalar, ilmiy va o`quv markazlari kompyuterlarini bir tarmoqqa birlashtirishni markazlashtirish edi. Maqsad yadro quroli hujumida ham, tarmoqning bir necha qismi ishdan chiqqan xolda ham ishlash faoliyatini saqlab qoladigan sistemani yaratish edi. Bunday sistemani tarmoqlar soni ko`p bo`lgandagina amalga oshirsa bo`lar edi. Shunday qilib, Internet asos solindi.
1964 - yili 4 tarmoqdan iborat AQSHning eng nufuzli tekshirish institutlarida joylashgan ARPANET tarmog`i yaratildi. Boshida olimlarnnig tadqiqot ishlarida foydalanilgan tarmoq, keyinchalik ularning safsata sotishning kompyuterlashgan zanjiriga aylandi. Ammo shunday tarmoq yaratishning o`zi katta muvaffiqiyat edi. 70 - yillarda tarmoq ancha o`sdi. Endi tarmoqning tuzilishi unga xoxlagan kompyuterni ulash imkoniyatini beradi. Keyinchalik 1974 - yilda tarmoqlarni birlashtiruvchi TCP / IP protokoli tuzildi va tarmoqning rivojlanishiga turtki bo`ldi. Chunki tarmoqqa ixtiyoriy kompyuterni ulash imkoniyati paydo bo`ldi. 1983 - yilda ARPANET INTERNET deb atala boshlandi va u juda kuchli, bir - biri bilan bog`langan kompyuterlar va tarmoqlar to`plamidan iborat sistemaga aylandi. 1980 - yillar INTERNET ning keskin usish davri bo`ldi. Kompyuterlarning markazlashmagan boshqarish tarmog`i bilan bog`lanish sxemasi butun dunyoga tarqaldi va chet el tarmoqlari tashkilotchilari AQSH tarmog`iga ulanishga rozi bo`lishdi.
Jamoat va tijorat tuzilmalari uchun Internetdan foydalanish imkoniyati oshgan sari provayderlar (Internet bilan aloqa oʻrnatishga xizmat koʻrsatadigan kompaniyalar), Internet informatsiyasi isteʼmolchilari soni ham koʻpaymoqda, informatsiya manbai va ommaviy axborot vositasi sifatida Internet ommalashmoqda. Bularning barchasi noshirlar, jurnalistlar, informatsiya agentliklari, i. ch. xamda savdo kompaniyalari va firmalari muhitida raqobatning shakllanishiga ijobiy taʼsir qiladi. Telefon simlaridan tashqari, optik tolali kabellar, radio tarmogʻi yoki sunʼiy yoʻldosh orqali Internetga chiqish mumkin boʻldi. Buning uchun Internet bilan aloqa oʻrnatishga xizmat koʻrsatadigan kompaniyalar – provayderlar boʻlishi lozim. Oʻzbekistonda Internetga ulashga doir informatsiya xizmatlari 1997-yildan koʻrsatila boshladi. Dastlab Naytov (http://www.naytov.com), Uznet (http://www.uznet.net Wayback Machine saytida arxivlanadi (2013-02-16).) yoki Istlink (http://www.eastlink.uz Wayback Machine saytida arxivlanadi (2020-06-12).) kabi provaydkompaniyalar faoliyat boshladi (1999). Oʻzbekistonda jadal rivojlanayotgan kompyuterlashtirish va avtomatlashtirish sohalari Internet tarmogʻining aloqa funksiyasidan keng foydalanishga imkon beradi. Internetga ulangan abonent uydagi yoki ishxonadagi kompyuter orqali, aytaylik, AQSH, Avstraliya yoki Afrikadagi kompyuterlarga kiritilgan xilma-xil mavzudagi maʼlumotlarni matn, surat yoki videotasvir koʻrinishida olishi mumkin. Bu maʼlumotlar Internet tizimiga oldindan kiritiladi. Dunyoning turli chekkalarida joylashgan maxsus ixtisoslashgan kompaniyalar qidiruvni tezlashtirishga yordam beradi. Ular "qidiruv dvigateli" deb ataladi, maʼlumotlarning mundarijasini maʼlumotnoma (spravochnik) kabi saqlaydi va oʻsha maʼlumotlar joylashgan "Internet adresi"ni abonentga beradi. Mazkur adres boʻyicha maʼlumotlar "Internet varaqchalari" da saqlanadi. Abonent biror maʼlumotni, mas, "paxta" soʻzini qidiruv dvigateli orqali qidirsa, shu soʻzga tegishli maʼlumotlarni, paxta bilan ish olib boradigan kompaniyalar roʻyxatini yoki jahon birjasida paxtaning narxini abonent kompyuterida chiqarib beradi. Internet varakchalari shaxsiy va rasmiy boʻlishi mumkin. Shaxsiy varaqchalar alohida shaxslar tomonidan tuziladi va shu shaxslar haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. Rasmiy varaqchalar idoralar, tashkilotlar, kompaniyalarga tegishli boʻladi, ularda hukumat idoralariga doir maʼlumotlar saqlanadi. Internet orqali savdo-sotiq ishlari, kom-paniyalar xizmatlarini yoki mahsulotlarni reklama qilishni keng yoʻlga qoʻyish, Internet varaqchalarida suratlar bilan berilgan mahsulotlarni xarid qilish mumkin.
Xalqaro Internet tizimida Oʻzbekiston haqida ham maʼlumotlar bor. Rasmiy varaqchalardan Oʻzbekiston hukumati varaqchalari, Oʻzbekistonning AQSH dagi elchixonasi varaqchalari va b. koʻplab rasmiy varaqchalar mavjud. Ularda Oʻzbekiston Respublikasiga tegishli deyarli barcha maʼlumotlar bor. Bulardan tashqari, Oʻzbekistonga taalluqli shaxsiy varaqchalar ham mavjud: "Umid" varaqchasi, oʻzbek estradasi haqidagi varaqcha va boshqa 2000-yil fevral oyidan boshlab Internet efiriga Oʻzbekiston televideniyesi (Oʻz TV)ning "Axborot" dasturi chiqa boshladi, Oʻz TV sayti tuzilgan va takomillashtirilmoqda. Informatsiya resurelariga oid koʻp masalalarni respublikadagi yirik kutubxonalar shu sohadagi Internet tarmogʻi koʻlamiga suyangan holda hal qiladi. Mas, Tibbiyot kutubxonasi, Respublika ilmiy-texnika kutubxonasi, Oʻzbekiston fanlar akademiyasining Asosiy kutubxonasi va boshqa.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Internet"ning xalqaro axborot tizimlariga kirib borishni taʼminlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori (2001) Oʻzbekistonning bu borada xalqaro miqyosda oʻz mavqeiga ega boʻlishiga xizmat qiladi. Oʻzbekistonda maʼlumotlarni uzatish milliy tarmogʻi OʻzPAK Davlat kompaniyasi va OʻzNET tarmogʻidan iborat.
Internetdan foydalanuvchilar soni, mas, AQSH da 55 mln., XITOYDA 55 mln., Yaponiyada 8 mln.dan oshib ketdi. Keyingi oʻrinlarni Angliya Kanada Germaniyada davlatlari egallagan, RF millionli chegarani egallamoqda. Oʻzbekistonning deyarli barcha hududlarida xalqaro Internet tarmogʻiga ulanish Oʻz PAK Davlat kompaniyasining xalqaro kanallari orqali taʼminlanadi. Respublikada 50 ga yaqin Internet-provayder roʻyxatga olingan. Oʻzbekistonda Internetdan foydalanuvchilar soni 300000 dan ortiq. Internet tizimida Oʻzbekistonning 300 dan ortiq sayti faoliyat koʻrsatmoqda .
Internet o’z - o’zini shakllantiruvchi va boshqaruvchi murakkab tizim bo’lib, asosan uchta tarkibiy qismdan tashkil topgandir:
Texnik
• Dasturviy
• Informatsion

Bir qarashda internetning texnik tarkibiy qismi bilan informatsion tarkibi o’zaro o’xshashdek tuyladi. Chunki ikkala holda ham biz "birni ko’plikka" usulda tashkil etilgan ob’ektlar borlikligiga duch kelamiz. Aslida bunday emas. Texnik nuqtai nazardan internetda mavjud bo’lgan ixtiyoriy kompyuter ko’plab (millionlab) komppyuterlar bilan bog’langan bo’ladi.


Bunday bog’lanish "TARMOQ"(Net) deb ataladi. Informatsion nuqtai nazardan internetda e’lon qilingan har bir elektron xujjat, tarmog’dagi bir nechta xujjatlar bilan o’zaro boglanishda bo’lishi mumkin. Bu holdagi informatsion bog’liqlik "to’r" (Web) nomini olgan.
SHunday qilib, "tarmoq"(Ne1) haqida so’z yuritilganda o’zaro boglangan kompyuterlar majmuasi tushunilsa, "to’r" (Web) haqida so’z yuritilganda esa yagona informatsion muhitni tashkil etuvchi elektron xujjatlar majmuasi tushuniladi.


Download 45.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling