Referat Qabul qildi : S. Polvonov Toshkent -2021 mundarija
Download 0.66 Mb.
|
Maxmudova Shahrinoz .atom fizikasi .F1903
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
1.3.Tashqi fotoekfekt
Tashqi fotoeffekt hodisasi 1887-yilda G.Gers tomonidan kashf qilingan. Tashqi fotoeffekt metallarda kuzatiladi. Masalan, elektroskopga ulangan manfiy zaryadlangan rux plastinkasi ultrabinafsha nurlar bilan yoritilganda elektroskop tezda zaryadsizlanadi, agar plastinka musbat zaryadlangan bo’lganda zaryadsizlanish kuzatilmas edi. Bundan ultrabinafsha nurlar metall plastinkadan (katoddan) manfiy zaryadlangan zarralarni ajratib chiqishini ko‘rish mumkin. Tashqi fotoeffekt hodisasi kuzatiladigan qurilma sxemasi 2-rasmda keltirilgan. Havosi so‘rib olinib yuqori darajada vakuum hosil qilingan shisha idish ichiga anod — A va katod — K joylashtirilgan bo’lib, ular orasida V— voltmetr bilan o’lchanadigan potensiallar farqi qo‘yilgan. Elektr zanjirida hosil bo’ladigan elektr toki G~ galvanometr bilan o’lchanadi. ldish devoriga kvars «darcha» Fqo’yilgan. Darchadan tushgan yorug’lik nurlari bilan katod yoritilganda elektr zanjirida tok paydo bo’ldi. Bu tokni yorug'lik ta'sirida katod sirtidan ajralib anodga tomon harakatlanayotgan manfiy zaryadli elektronlar hosil qiladi. Bunday hosil qilingan tok fototok deyiladi. Agar katod yoritilmasa elektr zanjirida fototok hosil bo'lmaydi. Yorug'lik intensivligi va chastota doimiy bo’lganda yorug‘lik intensivligi S1, va S2 bo‘lgan hollar uchun fototokning katod va anod orasiga qo'yilgan potensiallar farqiga bog'liqligini ifodaiovchi egri chiziqlar 3-rasmda keltirilgan. Katod va anod orasidagi maydon tezlatuvchi maydon bo'lganda (katodda manfiy va anodda musbat) fototokning qiymati potensiallar farqi f/ga proporsional ravishda rasmda keltirilgandek ortib boradi. Potensiallar farqining biror qiymatidan boshlab fototok o'zgarmay qoladi. Rasmda egri chiziq gorizontal to'g'ri chiziqqa o‘tadi. Bu chiziq maksimal tok kuchiga to‘g‘ri keladi. Tok kuchining bunday maksimal qiymati to'yinish toki deyiladi. Yorug‘lik ta'sirida katod sirtidan ajralgan fotoelektronlarning hammasi anodga kelib tushganda to‘yinish toki hosil bo'ladi. Potensiallar farqining bundan keyingi ortishi to'yinish fototok kuchini o‘zgartirmaydi. To'yinish fototok kuchi yorug’lik ta'sirida katoddan har sekundda chiqadigan elektronlar soni bilan aniqlanadi. Lekin katodga tushayotgan yorug'lik intensivligi o'zgarganda, to‘yinish tokining qiymati ham o'zgaradi. Buni 3-rasmdagi grafiklardan ko‘rish mumkin. Grafiklarda /(I|2, chunki rasmdan ko'rinishicha, katod va anod orasidagi potensiallar farqi nolga teng (f/=0) yoki U<0 bo'lgan hollarda ham fototok yo‘qolmaydi, ya'ni f/=0 bo‘lganda ham katoddan anodga tomon harakatlanayotgan elektronlar soni mavjudligi kuzatiladi. Bunday hol katod sirtidan qandaydir boshlang‘ich tezlik bilan ajralib chiqayotgan elektronlar soni mavjudligini va ular anodga yetib bora olishini ko‘rsatadi. Bu elektronlarni to'xtatish va fototokni yo'qotish uchun katod va anod orasiga tormozlovchi potensiallar farqi (U——UT) qo‘yish zarur. Tormozlovchi potensiallar farqi yorug‘lik intensivligiga bog'liq bo’lmaydi. Tormozlovchi potensiallar katod sirtidan chiqayotgan elektronlar kinetik energiyasining ko‘rsatgichidir. Katoddan chiqayotgan elektronlardan tezligi, ya’ni kinetik energiyasi eng katta bo'lgan elektronlargina anodga yetib boradi. Tormozlovchi potensial UT qo‘yilganda katod sirtidan maksimal tezlik vmax bilan ajralgan elektronlar bu tezligini to‘liq ravishda yo'qotadi, bunda fototok ham yo'qoladi. U vaqtda energiyaning saqlanish qonuniga asosan quyidagi munosabatni yozish mumkin: e = Bu formulada: me — elektronning massasi, e — uning tezligi, &nax —elektronning maksimai tezligi, UT — tormozlovchi potensial. Tormozlovchi potensiallar farqining qiymatlarini tajribada o‘lchab, elektronlarning bu qiymatlarga to‘g‘ri keladigan kinetik energiyalarini formula yordamida hisoblash mumkin.3- rasmdagi grafiklarda ko‘rsatilgan to‘yinish fototokining mavjudligi va to'yinish fototoki kuchining lt yorugMik intensivligiga to‘g‘ri proporsionalligi, katod sirtidan vaqt birligida urib chiqarilgan elektronlar soni yorug‘lik intensivligjga proporsionalligini ko'rsatadi. Bunday bog’lanish Stoletov tomonidan tajribada aniqlangan. Xulosa Men bu referatda Stoletov qonunlarini o’rgandim .Stoletov qonunlaro orqali katotga tushayotga yorug’lik nuri tasirida urib chiqarilgan elektronlar soni intensivligiga bog’liq ekanligini ko’rdim .Ya’ni intensivlikni orttirsam anotga boradigan elektronlar soni ham ortarkan . Kuchlanish ma’lum qiymatga yetganda tok to’yinib qoladi. Bunga sabab katotydagi barca elekteronlarning anotga yetib borganligidandir. Biz labaratoriya mashg’ulotida seziy uchun chiqish ishini topdik .Har bir fotokatot materiali uchun minimal chastota mavjud .Bu chastota qizil chegara deyiladi .Bu chastotadan past chjastotada fotoeffekt kuzatilmaydi. Foydalanilgan adabiyotlar 1.G.Ahmedova ,O.B.Mamatqulov,I Xolbayev ”Atom fizikasi ’’Toshkent-2013 y. 2.’’Atom fizikasi” R.Bekjonov,B Ahmadxo’jayev. Internet saytlari . www.arxiv.uz 0> Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling