O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI
SIRTQI BO’LIM Yo’l MUHANDISLIGI YO’NALISHI
4-Kurs 674A-20 Guruh
Talabasi Jo’raboyev Azizbekning
Avtomobil yo'llarini qurish va rekonstruksiya qilish
texnologiyalari Fanidan
REFERAT
Qabul qildi : Tovboyev B.
Geosintetik materiallarni yo’l qurilishida qo’llash.
Reja.
1. Maksimal yuklanish.
2. Maksimal yuklanishda nisbiy cho‘zilish.
3. Ko‘ndalang yo‘nalish.
Mazkur davlat standarti avtomagistrallar, aerodromlar, umumiy foydalanishdagi yo‘llar, aholi punktlari, vaqtinchalik yo‘llar va yer osti yo‘llarini,
shuningdek avtotransport vositalari uchun to‘xtab turish
joylarini qurish va ta’mirlashda armaturalovchi va
ajratuvchi qatlam sifatida ishlatishga mo‘ljallangan yer
qoplamasi qatlamlarini ajratish va ortiqcha qismini chetlatish uchun geosintetik materiallar (keyingi o‘rinlarda — materiallar) bo‘yicha texnikaviy shartlarni belgilaydi.
maksimal yuklanish — sinov vaqtida olingan cho‘zishdagi maksimal kuch. maksimal yuklanishda nisbiy cho‘zilish —
maksimal yuklanish jarayonida cho‘zilishning foizda ifodalangan nisbiydeformatsiya; ko‘ndalang yo‘nalish — ishlab chiqarishda va
keyinchalik o‘rab joylashda rulonning harakat yo‘nalishiga perpendikulyar
bo‘lgan material polotnosining tekisligidagi yo‘nalish;
uzunasiga yo‘nalish — ishlab chiqarishda va
keyinchalik o‘rab joylashda rulonning harakat yo‘nalishiga
parallel bo‘lgan material polotnosining tekisligidagi
yo‘nalish;
cho‘zilishdagi mustahkamlik — sinov vaqtida
kuzatiladigan hamda namuna uzilgunicha cho‘zilgandagi
maksimal yuklanish;
Do'stlaringiz bilan baham: |