14. Bank riski(bozor riski) deganda bozor narxlari darajasining noqulay
tomonga o’zgarishi natijasida bankning balans va balansdan tashqari operatsiyalari
bo’yicha moliyaviy yo’qotishlar yuzga kelish ehtimoli tushuniladi.
29
Ta’rifda ko’proq bozor riskiga urg’u berilgan bo’lib, uning moliyaviy
yo’qotishlarni keltirib chiqarishi aytib o’tilgan. Yo’qotishlar nafaqat balans
hisobvarqlarida, balki balansdan tashqari hisobvaraqlarda ham yuzaga kelishi,
oqibatda bankning xarajatiga sabab bo’lishi mimkin.
15. Bank riski bank foydasining ko’payishi yoki kamayishiga, bank resurs
bazasining ko’payishi yoki kamayishiga, berilgan kreditlar bo’yicha to’lanmagan
qarzlarning ko’payishi yoki kamayishiga, foizlarning to’lanmasligi va boshqalarda
o’z aksini topadi.
30
Ta’rifda keltirilgan holatlar riskka aloqasi bo’lmagan jarayonlarda ham
kuzatilishi mumkin. Xususan berilgan kreditlar bo’yicha to’lanmagan qarzlarning
kamayishi bank uchun odatiy hol. Ya’ni mijoz kredit bo’yicha o’z majburiyatini
qisqartirsa, berilgan kreditlar bo’yicha to’lanmagan qarzlarning kamayishi sodir
bo’ladi.Shuning uchun ta’rifni yanada konkretlashtirish lozim.
Xususiy fikr:
Do'stlaringiz bilan baham: |