Referat shakliga namuna Mavzu: Yer tuzishning tarixiy bosqichlari
Mustaqillik yillaridagi yer tuzishning vazifalari
Download 118 Kb.
|
Реферат намуна
Mustaqillik yillaridagi yer tuzishning vazifalari
Mamlakatimizda samarali ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini yaratish agrosanoat majmuasida tub o‘zgarishlarni o‘tkazishni nazarda tutadi, ularning eng ahamiyatlisi bu - yer islohoti hisoblanadi. Ishlab chiqarish vositalariga bo‘lgan mulkchilik shakllarining o‘zgarishi, bozor tipidagi iqtisodiyotga o‘tish hamda bular bilan bog‘liq korxonalarni xususiylashtirish, ishlab chiqarishning tarkibini, o‘lchamlarini va joylashishlarini o‘zgartirish, bozor infratizimining (birjalar, tijorat banklari va sh.o‘.) paydo bo‘lishi, albatta, yirik yer o‘zgarishlariga olib keladi. Bu sharoitda yer tuzishning mavjud nazariyasi va usullari, yerdan oqilona foydalanishni va uni muhofaza etishni tashkil etish tizimi to‘la jiddiy qayta ko‘rib chiqishni va mazmunan rivojlantirishni talab etadi. Eng avvalo shuni esda tutish kerakki, yer tuzish har qanday yer islohotini amalga oshirishda asosiy qurol hisoblanadi va shuning uchun davlat tomonidan nazorat qilinadigan va moliyalanadigan tarmoq boshqaruvlaridan ustun bo‘lgan, turg`un faoliyat ko‘rsatuvchi yer tuzish xizmatini, loyiha va ilmiy - tekshirish institutlarini, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun o‘quv yurtlarini o‘z ichiga oladigan, o‘zining xususiy maqsadlariga, vazifalariga ega aniq tashkiliy tizimdan iborat bo‘lishi kerak. Faqat shundagina davlatning yagona yer siyosatini olib borish, zarur «Yer resurslari» axborot-ma‘lumotnoma tizimini yaratish, yer aylanishini ro‘yxatga olish va noqonuniy kelishimlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun yerdan foydalanishni nazorat etish va ekspertizani amalga oshirish, yer tortishuvlarini yechish uchun yer kadastri va yer monitoringini olib borish, yer tuzish ishlarini yagona texnik va uslubiy- ko’rsatma asosda o‘tkazish mumkin. Хo‘jalik yuritishning ko‘p ukladli shakliga va bozor munosabatlariga o‘tish natijasida ishlab chiqarishning, ayniqsa agrosanoat sohasida uning rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi, qishloq xo‘jalik mahsulotini yetishtiruvchini yerdan ajratuvchi yerga bo‘lgan davlat mulkchiligi yakka hokimligi buzila boshladi. 1992 yildan boshlab kolxozlar va sovxozlarni tugatib ular o‘rniga xo’jalik yuritishning yangi shakllarini tashkil etish bo’yicha yer tuzish ishlari bos‘lab yuborildi. Dastlab bozor iqtisodi sharoitida o‘zini oqlamagan davlat xo’jaliklari - sovxozlar tugatilib, ular o‘rnida jamoa va fermer xo‘jaliklari tashkil etildi. Keyinchalik jamoa xo‘jaliklarini qishloq xo‘jalik shirkatlariga aylantirish bo‘yicha ishlar olib borildi. Yangi tashkil etilgan xo‘jaliklarga ularning yerga bo‘lgan huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlarni berish ishlari ham bajarildi. O‘zbekistonda yagona yer siyosati 1998 yili qabul qilingan Yer kodeksiga asoslandi. Yer tuzish, yer kadastri, yer monitoringi bo‘yicha ishlarni bajarish, yer islohoti davrida yer munosabatlarini davlat tomonidan tartibga solish uchun O‘zbekiston hukumati tarkibida Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasi tashkil etildi. Yer islohoti yer tuzish ishlarining yangi turlari paydo bo‘lishiga olib keldi; ularning hajmi sezilarli oshdi, mazmuni o‘zgardi. Yer tuzishga yangi talablar qo‘yildi. Zarar bilan ishlayotgan xo‘jaliklar tugatilib, ularning yerlarida fermer xo‘jaliklari tuzildi.Fermer xo‘jaliklarini tashkil etish jarayonida 2001 yilning oxiriga kelib respublika bo‘yicha 50 mingdan ortiq fermer xo‘jaligi tashkil etildi. Хozirgi kunda respublikamizda kishloq xo‘jaligini isloh qilish bo‘yicha aniq maqsadga qaratilgan ishlar olib borilmoqda. Qishloq xo‘jaligi kooperativ(shirkat)larni fermer xo‘jaliklariga aylantirish jarayoni amalda nihoyasiga yetdi. Fermer xo‘jaliklari, o‘z mohiyatiga ko‘ra, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishning asosiy shakliga, sohani barqaror va samarali rivojlantirishni ta’minlaydigan yetakchi kuchga aylandi. Eng muhimi, qishloqda haqiqiy mulkdor - yer egasi paydo bo‘ldi. So‘ngi yillarda fermer xo‘jaliklarining yer uchastkalari hajmlarini maqbullashtirish (optimallashtirish) ishlari bir necha marta olib borilib, izchil va aniq maqsadga yo‘naltirilgan holda, ular faoliyatini samaradorligi oshirilishining muhim omili ekanligi asoslandi. Bu jarayon tahlili shuni ko‘rsatdiki, yiriklashtirilgan, yanada barqaror fermer xo‘jaliklarini shakllantirish, ularning shaxsiy aylanma pul mablag`larini sezilarli darajada oshirishga, yerlar, mineral o‘g‘itlar, qishloq xo‘jalik texnikasi va boshqa resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlashga, shuningdek mehnatni yanada aniq tashkil etish imkonini yaratishga, fermer xo’aliklarining moddiy-texnika bazasi mustahkamlashga olib keladi. Fermer xo‘jaliklarining tasarrufidagi yer uchastkalarini maqbullashtirish (optimallashtirish) borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish yo‘li bilan ular faoliyati samaradorligini yanada oshirish, fermerlarni, yerning haqqoniy egalari sifatida xolis va oshkora tanlab olish, shu asosda yer va boshqa resurslardan oqilona foydalanish, kelgusida hosildorlikni oshirish hamda qishloq xojalik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini kopaytirish, xo’jaliklarning moliyaviy ahvolini va qishloq aholisi daromadlari o’sishini yaxshilash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishlari qabul qilindi, jumladan 2010 yil 18 oktabrdagi “Fermer xo‘jaliklarining yer uchastkalari hajmlarini yanada maqbullashtirish chora-tadbirlari to’g‘risida”gi F-3512-sonli Farmoyishidir. Ushbu farmoyishning ijrosini ta’minlash maqsadida, Respublikamizda faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklarining ishlab chiqarish, iqtisodiy va moliyaviy ko‘rsatkichlarini chuqur tahlil qilish hamda ularning yer maydonlarini maqbul hajmlarga keltirish bo‘yicha yer tuzuvchilar joylardagi ishchi komissiyalar bilan ishlar olib borib, fermer xo‘jaliklari tasarrufidagi yer uchastkalarining o‘lchamlarini maqbullashtirish(optimallashtirish) ishlarini bajarishdi. Undan tashqari respublikamizninig ayrim hududlarida ekologik vaziyatning keskinlashishi, yerlarning meliorativ holatining yomonlashishi yerdan va suvdan samarali foydanishga o‘z tasirini ko‘rsatmoqda. Bu vaziyatda yer tuzish–nafaqat yer resurslarini saqlash balki tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ekologik mezonlarning ishlab chiqarish mezonlari ustidan aniq ustivorligini saqlash masalasida ish olib boradi. Va nihoyat, barcha yer tuzish ishlari kompleks bajarilishi zarur.Yer tuzish - yagona texnologik va axborot zanjirining - topografik-geodezik, tuproq va boshqa izlanishlardan tortib yer tuzishni loyihalashgacha bo‘lgan jarayonning elementlari bo‘lishi kerak. Faqat shu asosdagina yerdan oqilona foydalanishni tashkil etish bo‘yicha ilmiy asoslangan qarorlar qabul qilinishi mumkin. Хulosa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning «Тarixiy xotirasiz kelajak yuq» risolasida va boshqa asarlarida olg‘a surilgan tariximizga tegishli dolzarb masalalar o‘tmishimizni o‘rganishga muhim nazariy va konseptual-uslubiy poydevor rolini o‘ynaydi. Islom Karimov o‘tmishni o‘rganishda tarixiy tahlilni ilmiy jihatdan holisona va halol amalga oshirish asosiy vazifadir, deb uqdirgan edi. Yer tuzishning tarixiy bosqichlarini o‘rgananar ekanmiz, kishilik jamiyatining turli bosqichlarida turlicha yer munosabatlari va yerdan foydalanish shakllari rivojlanganligini guvoxi bo‘lamiz. Yer tuzish ko‘p asrlik tarixga ega.Uning rivojlanish jarayonida hozirgacha o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan katta va har tomonlama amaliy tajriba to‘plangan.U hamma vaqt davlatning agrar siyosatini amalga oshirish vositasi bo‘lib keldi va har bir tarixiy bosqichda yechiladigan vazifalar bilan chambarchas bog‘langan. Тarixiy jarayonlarda hattoki, krizis(tanglik) davrlarida, davlat qishloq xo‘jaligining tangligiga, yerlardan nooqilona foydalanishga olib keladigan samarasiz iqtisodiy va ijtimoiy siyosat olib borgan davrlarda ham, yer tuzish qandaydir darajada bu jarayonlarga to‘sqinlik qilgan. Yer tuzuvchilar hamma vaqt o‘z imkoniyatlari darajasida yerlarning talon-toroj qilinishiga va buzilishiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilishgan. Ularni tarixiy nuqtai-nazardan o‘rganish keyingi bosqichlarning yanada rivojlanishlari uchun muhim omil bo‘ladi. Shu sababli yer munosabatlari, yerdan foydalanish va ularning shakllantirish hamda tartibga solishda davlatning asosiy tadbirlaridan biri hisoblangan yer tuzish bo‘yicha ma‘lum darajada zaruriy bilimlar olishimiz hozirgi zamon talablariga mos yetuk mutaxassis sifatida shakllanishimizda katta ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda yer tuzishnig maqsadi - yerdan foydalanishda tartib va aniqlikni ta’minlash, yerga bo‘lgan mulkiy huquqlarni mustahkamlash, mulkiy huquqlarning bir shaxsdan (tashkilot, muassasa) ikkinchi shaxsga o‘tish jarayonini yengillashtirish, yerdan maqsadga muvofiq holda foydalanishni va uni muhofaza qilishni tashkil etishdir. Yer tuzish davlat tadbiri hisoblanib, bu xizmatga yer kadastrini yuritish, yerlarni ajratish va qaytarib olish, yer bahslarini yechish, xo‘jaliklarda hududni tashkil etish, yerdan foydalanishni rejalash va nazorat qilish hamda yer qonunlarini hayotga joriy etish vazifalari yuklanadi. Yuqoridagilardan shuni xulosa qilish mumkinki, yer tuzish tarixini o‘rganish uning tabiatini, rivojlanish qonuniyatlarini yaxshi tushunish va shunga asosan uni hozirgi sharoitda takomillashtirishning samarali yo‘llarini topish imkonini beradi. Download 118 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling