Referat shifrlash klassifikasiyasi. Blokli va uzluksiz shifrlash algoritimlari. Farg‘ona 2023 -yil mavzu: Shifrlash klassifikasiyasi. Blokli va uzluksiz shifrlash algoritimlari


Download 155.79 Kb.
bet3/6
Sana17.02.2023
Hajmi155.79 Kb.
#1207239
TuriReferat
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Refarat

Simmetrik kriptotizimlardagi muammolar. Simmetrik shifrlash tizimlari ma’lumotni shifrlashda va rasshifrovkalashda aynan bir kalitdan foydalanadi. Bu esa tarmoq bo‘ylab shifrlangan ma’lumotni uzatishdan oldin shifrlash kalitini uzatishni taqozo etadi. Boshqacha aytganda, kalitlarni tomonlar orasida xavfsiz uzatish simmetrik kriptotizimlar oldidagi asosiy muammo sanaladi.
Bundan tashqari, bir foydalanuvchining, qolganlari bilan ma’lumot almashishida, ularning har biri bilan alohida kalitlarga ega bo‘lishi talab etiladi. Bu esa foydalanuvchiga ko‘p sonli kalitlarni xavfsiz saqlash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Simmetrik kriptotizimlarda kalit uzunligi. Amalda kriptografik tizimlarning kalit uzunligiga qat’iy talablar qo‘yiladi. Ushbu talablar vaqt o‘tishi bilan hisoblash qurilmalari imkoniyatining o‘zgarishiga bog‘liq holda o‘zgarib boradi. Kriptotizimlarda foydalanilgan kalitni joriy vaqtdagi hisoblash qurilmalari orqali hisoblab topishning imkoniyati bo‘lmasligi zarur. Bu yerda kalitni topish deganda biror uzunlikdagi kalitni bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha variantlarini hisoblab chiqish nazarda tutiladi. Masalan, kalit uzunligi 4 bitga teng bo‘lsa, u holda bo‘lishi mumkin bo‘lgan variantlar soni 24 = 16 ga teng bo‘ladi yoki, umumiy qilib aytganda, 𝑛 bitli kalitlarni bo‘lishi mumkin bo‘lgan variantlari 2𝑛 ga teng bo‘ladi.
Hozirgi kunda simmetrik kriptotizimlarda foydalaniluvchi kalitlarning uzunligi kamida 128 bitli bo‘lishi zarur. 3.3-jadvalda turli uzunlikdagi kalitlarning bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha variantlarini
hisoblash uchun turli qiymatli qurilmalardan foydalanilganida sarflanadigan vaqt ko‘rsatilgan. Ko‘rsatilgan natijalar 2005 yildagi narx asosida keltirilgan.


Turli uzunlikdagi kalitlarning barcha variantlarini hisoblash
vaqtlari


Download 155.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling