Referat ta’lim yo’nalishi: Sport gimnastikasi Guruh: gm 51-22 Bajardi: Azzamov Abbos


Download 1.8 Mb.
bet4/4
Sana08.05.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1442063
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
Azzamov Abbos

Epikard (epikardium). Yurak devorining tashqi pardasi – epikard yupqa biriktiruvchi to’qima qatlamidan iborat. Epikardda, odatda, ma’lum miqdorda yog’ kletchatkasi bo’ladi va u qon tomirlarga mo’l. Sirtdan u bir qavat yassi hujayralar – mezoteliy bilan qoplangan.
Yurak devori toj arteriyalar hisobiga oziqlanadi. Toj arteriyalar tarmoqlanib yurak devorining uchala qavatiga yo’naladi va kapillarlarga bo’linadi. Kapillarlar qo’shilib toj venalarini hosil qiladi. Toj venalar o’ng bo’lmachaga yoki g’ovak venasi ichiga quyiladi.
Yurak tibeziya tomirlari deb ataluvchi maxsus tomirlar sistemasi bo’lib, u tomirlar bevosita yurak kameralariga tutashadi.
Regeneratsiyasi. Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda va yosh bolalarda, kardiomiotsitlar hali bo’linish xususiyatiga ega bo’ladi. Shuning uchun bu davrda regeneratsiya jarayoni kardiomiotsitlar sonining oshishi bilan boradi. Kattalarda miokardning fiziologik regeneratsiyasi hujayralar sonining oshishi bilan emas, balki hujayra ichki regeneratsiyasi yo’li bilan boradi.
Uzluksiz jismoniy zo’riqishlar ta’sirida miokardda hujayralar soni oshmaydi, ammo ularning sitoplazmasida umumiy organellalar va miofibrillalar miqdori oshadi, hujayra kattalashadi (funksional gipertrofiya ro’y beradi).

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling