Referat ta’lim yo’nalishi: Sport gimnastikasi Guruh: gm 51-22 Bajardi: Azzamov Abbos


Download 1.8 Mb.
bet1/4
Sana08.05.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1442063
TuriReferat
  1   2   3   4
Bog'liq
Azzamov Abbos



O‘ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI
SPORTNI BOSHQARISH VA TURIZIM FAKULTETI


REFERAT
Ta’lim yo’nalishi: Sport gimnastikasi
Guruh: GM 51-22
Bajardi: Azzamov Abbos
Tekshirdi : ___________________


Mavzu: Yurakning oʻtkazuvchi yoʻllari.Yurak innervasiyasi


Toshkent-2023 yil
Yurakning oʻtkazuvchi yoʻllari.Yurak innervasiyasi
Reja:
1. Yurak tuzulishi haqida tushunchalar.
2. Yurakning o’tkazuvchi sistemasi.
3. Yurak innervasiyasi.

Bu sistemaga qon va limfa tomirlari hamda yurak kiradi. Yurak va tomirlar sistemasi organizmni qon bilan ta’minlaydi, qon orqali a’zo va to’qimalarga har xil oziqa moddalar, kislorod va biologik aktiv moddalarni yetkazib beradi, shu bilan birga, organizmda modda almashinish natijasida hosil bo’lgan keraksiz mahsulotlarni va gazlarni olib chiqishda xizmat qiladi. Bu sistemaga kiruvchi a’zolar tuzilishini o`rganish, odatda, qon tomirlardan boshlanadi.


Yurak taraqqiyoti embrion rivojlanishining ikkinchi haftasida chap va o’ng tomonda, endoterma va mezodermaning vistseral varag’i orasida mezenxima hujayralarining to’plamlaridan boshlanadi. Bu hujayralarning siljishi natijasida cho’zinchoq naychalar – yurak kurtagi vujudga keladi. Yurak kurtagining mezenxima hujayralari differen-tsiallashib endoteliy hujayralariga aylanadi (133-rasm). Keyinchalik chap va o’ng naychalarning o’zaro qo’shilishi natijasida yagona nay hosil bo’lib, ular devoridan endokard vujudga keladi. Bu jarayon bilan ayni vaqtda mezodermaning visseral varag’i yurak kurtagini pastdan o’raydi. Bu varaq mioepikardial plastinka deb ataladi. Mioepikardial plastinka ikki xil yo’nalishda rivojlanib, plastinkaning naychalarga yondoshgan qismidan m i o k a p d, tashqi qatlamidan esa epikard taraqqiy etadi. Embrion rivojlanishining 2-oyida miokard kurtak hujayralarining hajmi kattalashadi va ularda turli yo’nalishda joylashgan, ko’ndalang-targ’il miofibrillalar paydo bo’ladi. Bir qator buklanish, burilish, siqilish va muayyan qismlarda to’siqlar hamda kengaymalar hosil bo’liish natijasida rivojlanayotgan yurakning shakli o’zgaradi va nihoyat u to’rt kamerali bo’lib qoladi. Yurak klapanlari endokardning duplikaturalari sifatida rivojlanadi.

133-rasm. Yurak taraqqiyoti. A – B – embrionda yurak shakllanishi uchta ketma-ket bosqichining ko’ndalang kesimlari.
A – yurakning ikki juft kurtagi; B – ularning yaqinlashuvi; D – ularning bitta toq kurtakka qoshiluvi; 1- ektoderma; 2 – entoderma; 3 – mezodermaning parietal varag’i;
4 – vistseral varaq; 5 – xorda; 6 – nerv plastinkasi; 7 – somit; 8 – tananing ikkilamchi bo’shlig’i; 9 – yurakning endotelial kurtagi; 10 – nerv nayi; 11 – nerv tarnovi; 12 – aorta; 13 – hosil bo’layotgan ichak; 14 – bosh ichak; 15 – yurakning orqa tutqichi; 16 – yurak bo’shlig’i; 17 – epikard; 18 – miokard; 20 – yurak oldi xaltasi; 21 – pericardial bo’shliq; 22 – reduksiyaga uchrayotgan tutqich (I.V.Almazov, L.S.Sutulovdan)



Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling